Termiz davlat universiteti psixologiya kafedrasi


Mavzu yuzasidan test savollari



Yüklə 3,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/171
tarix23.12.2023
ölçüsü3,08 Mb.
#157153
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   171
umumiy psixologiya(1)

Mavzu yuzasidan test savollari 
1.
Sobiq sovet psixologiyasida shaxs rivojlanish bosqichlari kim tomonidan 
davriylashtirildi? 
A) K.K.Platonov. B). A.N.Leontev. S). B.G.Ananev. D). S.L.Rubenshteyn. 
2. Sublimatsiya nima? 
A). Shaxsni o‘rganish usuli. B) Shaxsning himoya mexanizmi. S). Shaxsni 
psixologik xususiyati. D). Shaxsni tadqiq etish usuli. 
3. Shaxsning ijtimoiy jihatdan o‘ziga xosligini ifodalovchi xususiyatlari nima deb 
ataladi? 
A). Sub‘ekt. B). Shaxs. S) Individuallik. D). Individ. 
4. I.P.Pavlov bo‘yicha kuchli barqaror tip: 


51 
A). Xolerik. B) Sangvinik. S). Flegmatik. D). Melanxolik. 
5. K.Yung bo‘yicha shaxs tiplari qaysi? 
A). Ekstrapunitiv, intropunitiv. B). Ekstrapunitiv, impunitiv. S). Eksternallik, 
internallik. D) Ekstraversiya, introversiya. 
 
5-MAVZU: DIQQAT. SEZGI. IDROK 
Reja: 
5.1. Diqqat haqida tushuncha. Diqqatning nerv-fiziologik asoslari 
5.2. Sezgi haqida umumiy tushuncha, introretseptiv, ekstroretseptiv, proproetseptiv 
sezgilar. 
5.3.Idrok haqida tushuncha. Idrokning xossalari, idrokda ob‘ekt va fon, 
appersepsiya, idrokning konstantligi. 
5.4. Idrokda illyuziya va gallyusinatsiya. Vaqt, harakat, fazoni idrok qilish. 
Tayanch so‟z va iboralar 
Diqqat, 
yo‟nalganlig, 
barqarorligi, 
beqarorligi, 
ko‟chuvchanligi, 
Dominanta printsipi, "bu nima" refleksi, ixtiyoriy va ixtiyorsiz diqqat, sezi, teri 
sezish, ekstroretseptiv sezgilar, introretseptiv sezgilar, proprioretseptiv sezgilar
analizator, idrok, ilyuziya, galyusinatsiya. 
5.1. Diqqat haqida tushuncha 
Diqqat inson faoliyatining barcha turlarini muvaffaqiyatli amalga oshirishning 
va ularni samaradorligini ta‘minlovchi muhim shartlardan biridir. Kishi faoliyati 
qanchalik murakkab, serzahmat, davomiylik jihatdan uzoq muddatli, mas‘uliyat 
hissini taqozo qilsa, u diqqatga shunchalik yuksak shartlar va talablar qo‘yadi. 
Inson ziyrakligi, farosatliligi, tez payqashi, sinchkovligi, dilkashligi uning turmush 
sharoitida, shaxslararo munosabatida muhim omil sifatida xizmat qiladi. Diqqat 
aqliy faoliyatning barcha turlarida ishtirok etadi, insonning xatti-harakatlari ham 
uning ishtirokida sodir bo‘ladi.
Psixologiya fanida diqqatga har xil ta‘rif beriladi, uni yoritishda psixologlar 
turli nazariyaga asoslanib yondashadilar. Diqqat deb ongni bir nuqtaga to‘plab, 
muayyan bir ob‘ektga aktiv (faol) qaratilishi aytiladi (P. I. Ivanov). P.I.Ivanovning 
fikricha, biz faoliyatimiz jarayonida idrok va tasavvur qiladigan har bir narsa, har 
bir xodisa, o‘zimiz qilgan ishimiz, o‘y va fikrlarimiz diqqatning ob‘ekti bo‘la 
oladi.
N.F.Dobrinin. N.V.Kuzmina, I.V.Straxov, M.V.Gamezo, F. N.Gonobolin va 
boshqalarning nuqtai nazaricha, diqqatning vujudga kelishida ongning bir nuqtaga 
to‘planishi ong doirasining torayishini bildiradi, go‘yoki ong doirasi bir muncha 
tig‘izlanadi. Bunday torayish va tig‘izlanish natijasida ong doirasi yanada 
yorqinlashadi. Ongning eng toraygan, tig‘izlangan yorqin nuqtasi diqqatning 
markazi (fokusi) deb nomlanadi. Xuddi shu markaz (fokus) ga tushgan idrok 
qilinayotgan jismlar, tasavvur obrazlari, o‘y va fikrlar to‘la, yorqin va aniq 
ifodalanadi. Jahon psixologlarining fikricha, diqqat uzluksiz ravishda, muayyan 
darajada aktivlik xususiyatini saqlab turadi. Bunday aktivlik, ongning biron bir 
ob‘ektga o‘ynalishining kuchayishi va ma‘lum vaqt davomida diqqat yo‘naltirilgan 
narsaga ongning faol (aktiv) qaratilishini regulirovka qilib turadi hamda mazkur 
holatning saqlanishini ta‘minlaydi.


52 
Shuni alohida ta‘kidlab o‘tish kerakki, diqqat sezgi, idrok, xotira, tafakkur, 
xayol, nutq kabi alohida psixik jarayon emas. SHuning uchun barcha psixik 
jarayonlarda qatnashadi, ularning mahsuldorligini oshirishga ta‘sir etadi. Shu 
boisdan diqqat qaratilgan ob‘ektlar ong to‘plangan nuqtasida aniq, yaqqol aks 
ettiriladi. 
Demak, 
diqqat-aqliy 
jarayonlarning 
sifati, 
mahsuldorligi 
va 
samaradorligini ta‘minlovchi insonning ichki aktivligidan iboratdir. Shuningdek, u 
har qanday inson faoliyatining zaruriy shartidir.
Psixologiya tarixining sahifalarini varaqlasak, diqqatning kishi faoliyatidagi 
roliga berilgan yuksak va qimmatli mulohazalar uchraydi. Jumladan, fransuz olimi 
Kyuve geniallikni chidamli diqqat deb ta‘riflashi, Nyutonning kashfiyot fikrini 
doimo shu masalaga qaratilish jarayoni deyishi, Ushinskiyning diqqat psixik 
hayotimizning yagona eshigi deb baho berishi bunga yorkin misol bo‘la oladi.
Bilish jarayonlari kechishining eng muhim xususiyati uning tanlovchanlik va 
yo‘nalganlik bilan xarakterlanadi. Shu boisdan inson atrof-muhitning ko‘plab 
qo‘zg‘atuvchilari, ta‘sirlari orasidan alohida nimanidir idrok etadi, faraz qiladi, 
allaqaysi narsa to‘g‘risidagina mulohaza yuritadi, xolos. Ongning bu xossasi diqqat 
xususiyati bilan bog‘liq ravishda namoyon bo‘ladi. Diqqat bilish jarayonlari singari 
o‘zining alohida mazmuniga, muayyan mahsuliga ega emas, shuning uchun u 
barcha jarayonlarning jo‘shqinligi, ildamligini ta‘minlaydi. Demak, diqqat 
individning hissiy, aqliy yoki harakatlantiruvchi faolligi darajasining oshirilishini 
taqozo etadigan tarzda ongning yo‘naltirilganligi va biror narsaga qaratilganligidir 
(E.B.Pirogova). Berilgan ta‘rifga binoan, ushbu yo‘naltirilganlik sub‘ektning 
ehtiyojlariga, uning faoliyati maqsadlari va vazifalariga mos keladigan 
ob‘ektlarning tanlanganligida, ixtiyorsiz yoki ixtiyoriy tanlashda va ajratishda 
vujudga keladi. Diqqatning muayyan ob‘ektlarga to‘planishi, to‘planganligi 
(konsentratsiyalanishi) ayni paytda boshqa jismlardan chalg‘ishni yoki ularning 
vaqtincha (muvaqqat) inkor etilishini talab qiladi. Ana shu omillarga ko‘ra, aks 
ettirish ravshanlanib boradi, tasavvurlar, mulohazalar faoliyat yakunlangunga 
qadar, qo‘yilgan maqsadga erishguncha ongda saqlanadi. Ana shu yo‘sinda diqqat 
faoliyatini nazorat qilib boradi va uni boshqaradi. SHuning uchun ko‘pgina 
psixologlar (P. YA. Galperin va uning shogirdlari) diqqatni yuksak turini bilish 
jarayonlari, kishining xulq-atvori kechishini boshqarish imkoniyatiga ega 
ekanligini ta‘kidlaydilar. Diqqatning biror ob‘ektga yo‘nalishiga ko‘ra sensor 
(perseptiv), aqliy (intellektual), harakatlantiruvchi (harakat) shakllariga ajratish 
mumkin.
Diqqat muayyan ob‘ektga to‘planishi ko‘p jihatdan insonning his-tuyg‘usi, 
irodaviy sifati, qiziqishi kabilarga bog‘liqdir.
His-tuyg‘ular va emotsional holatlar diqqatning ob‘ekti bilan uzviy 
bog‘langandagina uning uchun ijobiy ahamiyat kasb etadi. His-tuyg‘ular, 
emotsional holatlar qanchalik kuchli va ko‘tarinki tarzda namoyon bo‘lsa, demak 
diqqat ham shunchalik ob‘ektga mustahkam qaratiladi. Hislar, emotsiyalar 
diqqatning ham ixtiyorsiz, ham ixtiyoriy turlarini zo‘raytiradi. Insonning amaliy va 
aqliy faoliyati jarayonida uning ongi muayyan darajada yangi bilimlar ma‘lumotlar 
bilan boyib borishi natijasida diqqat ham takomillashadi. YAngilikni payqash hissi 
odam aqliy faoliyatini faollashtiradi (aktivlashtiradi), shu bilan birga, diqqatning 
ob‘ektga uzoqroq to‘planishini ta‘minlaydi. Insonning barqarorlashgan kayfiyati 


53 
diqqatning kuchi va ildamligini oshiradi, tanlovchanligiga ijobiy ta‘sir etadi. 
Stress, affekt singari emotsional holatlar diqqatga salbiy ta‘sir etib, uning tashqi 
ta‘sirlariga beriluvchan, kuchsiz qilib qo‘yadi. Ana shuning oqibatida diqqat 
chalg‘iydi, bo‘linadi, parishonlik namoyon bo‘ladi, faoliyatdagi bir tekislik 
buziladi.
Psixologiyada diqqatning ixtiyoriy turi, ko‘pincha irodaviy deb nomlanadi. 
Bu, albatta, bejiz emas, chunki, diqqatning muayyan ob‘ektga yo‘naltirilishi iroda 
kuchi bilan saqlab turiladi. Hatto ixtiyorsiz diqqat faoliyatida qatnashsa, u ham 
irodaning zo‘ri bilan yo‘naltirilgan ob‘ektda to‘planib turadi. Irodaning faoliyatni 
amalga oshirishda ishtirok qilishi ko‘p jihatdan kishining maqsadiga intilishi, 
ishchanlik qobiliyati, psixologik tayyorligiga bog‘liq. SHu boisdan diqqatning 
kuchi, barqarorligi, mustahkamligi ildamligi odamning muayyan faoliyatini 
bajarishga moyilligi, shayligi bilan o‘lchanadi. Diqqatning yuksak darajada 
mujassamligini ta‘minlab turishda odamning faoliyatni bajarishga muvafiqlashgani 
muhim rol o‘ynaydi. Har qanday faoliyatni amalga oshirishning boshida 
qiyinchiliklar yuzaga keladi va ular kishidan irodaviy zo‘r berishni talab qiladi. 
Faoliyatni bajarishdagi nuqsonlarning namoyon bo‘lishi diqqatni to‘plashdagi 
qiyinchiliklarning oqibati bo‘lib hisoblanadi.
Diqqatning ob‘ektga to‘planishi, mustahkamlanishi odamning qiziqishlariga 
bog‘liqdir. Hatto ixtiyorsiz diqqatning faoliyatda mujassamlashishida kishining 
ishtiyoqi va qiziqishi katta ahamiyatga egadir. Odatda faoliyatga qiziqish bevosita 
va bilvosita shaklda namoyon bo‘ladi. Bevosita qiziqish faoliyat jarayoniga, xatti-
harakatlarning o‘ziga, ish uslublariga qaratilgan qiziqishdan iboratdir. Bilvosita 
qiziqish esa, faoliyatning maqsadgi, uning natijasiga yo‘naltirilgan qiziqishdir. 
Ixtiyoriy, irodaviy diqqat bilvosita qiziqish bilan aloqadordir. Psixologik 
ma‘lumotlarning 
tahliliga 
ko‘ra, 
diqqatning 
ob‘ektga 
to‘planishi 
va 
mustahkamlanishi ko‘zlangan maqsadni, faoliyat mahsulining zarurligi hamda 
sifatining ahamiyatini inson tomonidan anglash orqali ta‘minlab turiladi. Faoliyat 
maqsadini anglash o‘z ish-harakatida kishi diqqatining yuksak darajada 
mujassamlanishini ta‘min etuvchi eng muhim shart va sharoitlardan biridir.
Diqqatning ixtiyorsiz va ixtiyoriy ravishda vujudga kelishi o‘zining 
yo‘nalishiga ko‘ra tashqi va ichki bo‘lishi mumkin. Agar diqqatning manbai 
ongimizdan tashqarida bo‘lsa tashqi deb ataladi. Masalan, shofer, tikuvchi, 
muharrir kabilarning faoliyatida sodir bo‘ladigan diqqat tashqi diqqatdir. Tashqi 
diqqat faqat idrok qilish jarayonidagina namoyon bo‘lmasdan, balki fikr 
yuritilayotgan narsalarga ham qaratiladi. Jumladan, ixtirochining o‘zi yaratgan 
narsasini tasavvur qilishi, rassomning obrazlarni kashf qilish jarayoni, 
muhandisning to‘g‘on qurilishini ko‘z o‘ngiga keltirish bilan bog‘liq holatlar 
bunga misol bo‘la oladi. Inson ongining o‘zida sodir bo‘layotgan o‘z hissiyotlarini, 
fikrlarini, orzu istaklarini va shu kabilarni kuzatishda ichki diqqat yuzaga keladi. 
Diqqatning har ikkala ko‘rinishi ham faoliyatning muvaffaqiyatli yakunlanishiga 
munosib hissa qo‘shish imkoniyatiga egadir.
a) Diqqatning ma‘lum vaqt oralig‘ida saqlanish diqqatning barqarorligi deb 
ataladi. Agar biron bir kiobni e‘tibor bmlan o‘qishga kirishilganda bu xususiyat 
kuzatiladi. Diqqatning barqarorligining tebranishi lahzali ondan bir necha 
soatgacha davom etishi mumkin. 


54 

Yüklə 3,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə