Termiz davlat universiteti psixologiya kafedrasi



Yüklə 3,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/171
tarix23.12.2023
ölçüsü3,08 Mb.
#157153
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   171
umumiy psixologiya(1)

 
2. Imkoniyatlar
-faoliyatning muvaffaqiyatli amalga oshishini ta‘minlovchi 
tizim. O‘zaro ta‘sir etuvchi va o‘zaro bog‘liq bo‘lgan turlicha qobiliyatlar. 
3. Xarakter.
Ijtimoiy muhitda shaxsning xulq-atvor uslubini aniqlaydi. 
Odamning ruhiy hayoti shakli va mazmuni unda namoyon bo‘ladi. Xarakter 
tizimidan irodaviy va ma‘naviy sifatlar ajratiladi. 


46 
4. Mashqlar tizimi.
Hayot va faoliyat, harakat va xulq-atvorni tuzatish 
(korreksiyalash), o‘zini o‘zi nazorat qilish, o‘zini o‘zi boshqarishni ta‘minlaydi. 
Shaxsning psixologik tuzilishi modellari tahlili 
Psixologiya fanida sistemali yondashuvga oid tadqiqotlarning ko‘rsatishiga 
qaraganda, har qaysi tizimning tavsifi sifatida uning tuzilishi qabul qilinadi. 
Odatda, ya‘ni struktura - bu ob‘ektning bir qator tarkiblari o‘rtasidagi uning 
yaxlitligi, o‘ziga o‘zining ayniyatlashuvini ta‘minlovchi barqaror ichki aloqalar 
majmuasidir. 
Biz shaxs strukturasi, ya‘ni tuzilishi muammosini bayon, talqin qilishda 
tayanch va jabha, komponent tushuncha tariqasida yaxlit tuzilishning nisbiy 
mustaqil qismidan, tahlilning birligi sifatida element tushunchasidan (atamasidan), 
har qanday kontekstlardan yaxlitlik xususiyatini aks ettirmasa ham ulardan 
foydalanamiz. Bunday tafovut (farq) shaxs xususiyatlarini yaxlit holda mukammal 
ochish uchun tarkibiy tizimli va elementli tizimli darajalarini namoyon etish uchun 
mutlaqo zarur. 
Shaxsning tuzilishi to‘g‘risidagi muammo o‘zining dolzarbligi bilan fanning 
tadqiqot doirasidan, predmetidan tashqari chiqadi. Shaxs tuzilishiga oid ilmiy 
tasavvurlarning yaratilishi, ishlab chiqilishi yaxlit nazariyaning zaruriy sharti 
hisoblanib, insonning ijtimoiy mohiyatini qirralarini ochish imkoniyatiga egadir. 
Xuddi shu boisdan psixologiyaga falsafa, pedagogika, tibbiyot singari fanlarning 
namoyandalari tomonidan uni muhokama qilish namoyon bo‘layotganligi tufayli 
unga qiziqishning yuksakligidan dalolat bermoqda. 
Psixologiya fani shaxs strukturasining modelini yaratishga boshqa fanlardan 
izchilroq kirishadi, uning tabiatini aks ettirish imkoniyatiga erishadi, natijada u 
psixologiya muammolari majmuasida markaziy o‘rin egalladi. Psixologiya olimlari 
tomonidan tadqiqot qilinayotgan dolzarb muammolar bilan shaxs tuzilishiga oid 
masala u yoki bu jabhasi orqali uzviy bog‘likka ega. Bu kontekstda xulq 
motivatsiyasi, shaxsning tipologiyasini ishlab chiqish, shaxsga ta‘sir o‘tkazishning 
samarali yo‘l-yo‘riqlarini qidirishni eslatib o‘tishning o‘zi kifoya. 
Psixologiya fanida shaxsga strukturaviy yondashish bo‘yicha eng salmoqli 
ilmiy izlanishlar amalga oshirilganligi qonuniy holat bo‘lib, xilma-xil shaxs 
strukturasining modeli yaratilganligi fikrimizning yorqin dalilidir. Bu borada 
B.G.Ananevning fikricha, psixologik hodisalarni aql (intellekt), hissiyot (emotsiya) 
va irodaga ajratilish... inson psixologiyasida strukturaviy yondashish tajribasining 
dastlabki ko‘rinishi bo‘lib, uning haqchilligi ko‘pgina psixologlar tomonidan tan 
olinishidir. B.G.Ananev strukturaviy yondashishning boshqa variantlari tariqasida 
turlicha psixik hodisalar bilan qarama-qarshi aloqalarning e‘tirof etilishi - psixik 
aktlarning psixik funksiyalar, ongning ongsizlik, tendensiyalarning potensiyalar 
bilan uyg‘unligini ta‘kidlaydi. L.S.Vigotskiyning mulohazasiga ko‘ra, insonning 
psixik funksiyalarini yuksak, madaniy, quyi, tabiiy turlarga ajratishni kiritish 
mumkin, chunki ularning negizida ta‘lim bilan insonning oliy nerv faoliyatida 
birinchi va ikkinchi signallar sistemasi o‘zaro ta‘sirining ifodalanishi yotadi. 
Hozirgi davrda psixologiya fanida psixologik hodisalarni psixik 
jarayonlarga, holatlarga, shaxsning xususiyatlariga ajratish qabul qilinganligi 
muhim ahamiyatga ega. Bunday yondashuvning mavjudligi B.G.Ananev 
tomonidan strukturaviy konsepsiyaning bir tajribasi sifatida qaraladi. Bu voqelik 


47 
―hodisalarni bir qator jabhalari bilan to‘ldirishga intilish psixofiziologik xususiyat 
kasb etib, psixik jarayonlar uchun dastlabki materiallarni to‘plash imkoniyatini 
(idrok, tafakkur, emotsiya, iroda) beradi‖. Uning fikricha, dastlabki materiallar, bir 
tomondan, psixik funksiyalar (sensor, mnemik), xulqning, ikkinchi tomondan, 
elementar, motivlari (ehtiyoj, ustanovka) hisoblanadi. Olimning mulohazasicha, bu 
qo‘shimchalar ―genetik ma‘no kasb etib, fiziologiyadan miya mexanizmlarini 
umumpsixologik va neyrogumoral regulyatorlarini qamrab olish psixologiyaga 
o‘tishga imkon beradi‖. Lekin ushbu strukturaviy yondashuvning maxsus 
psixologik deb qarashdan qat‘i nazar, hozirgi zamon sintetik insonshunosligi uchun 
umumiy ahamiyatli jihatni yuksaklikka ko‘tarishga qodir emas. 
Yuqorida ta‘kidlab o‘tilgan psixik hodisalarning turli ko‘rinishlarini 
fenomenlarga ajratishning qonuniyligi bo‘yicha bahs yuritmasdan turib, jumladan 
jarayonlarga, holatlarga, xususiyatlarga bo‘linishdan ko‘z yumib, ushbu 
kategoriyalar, ularning turlicha talqini shaxs strukturasining tarkibiy qismlariga 
tenglashtirish mumkin emasligini qayd etish zarur. Chunki ular sof psixologik 
asnoda vaqt va fazo o‘lchami bo‘yicha aniqlikka ega emasdirlar. Shuning uchun 
B.G.Ananev tomonidan kiritilgan ilmiy qo‘shimchalar umumpsixologik vaziyatni 
keskin o‘zgartirish imkoniyatiga ega bo‘lmasa-da, uning ayrim tomonlarni 
to‘ldirishga ega. 
Shaxs tuzilishining modelini ishlab chiqishdagi muhim qiyinchiliklarning 
eng asosiy sababi har xil nuqtai nazarlar mavjudligida yorqin namoyon bo‘ladi, 
ular ―shaxsning tuzilishiga ko‘ra, substansional va ideal, irsiy va egallaganlik, 
ijtimoiy va psixologik, somatik va psixologik tomonlariga ega‖ (V.M.Banshikov). 
Mulohazadan ko‘rinib turibdiki, bunda shaxsning ―substansional tomoni‖ ni irsiy, 
turmushda egallaganlik, somatik jabhalar bilan taqqoslaganda mustaqil 
strukturaviy tarkib sifatida alohida reallikka ega emas. Bunday talqin biron bir 
psixologik hodisani turlicha nuqtai nazardan izohlash bilan bog‘liq bo‘lib, 
yakkahol, ya‘ni individual voqelik (reallik) ustida gap borayotganligini bildiradi. 
Psixologiya fanida qo‘llanilib kelinayotgan va nisbatan barqarorlashgan 
shaxsni yo‘nalganlikka, temperamentga, xarakter va qobiliyatlarga bo‘lish etarli 
darajada keskin e‘tirozlarga sabab bo‘layotgani yo‘q. Shuning uchun ko‘pgina 
psixologlar 
umumiy 
tizimning 
majmuasini 
tashkil 
qiluvchi 
murakkab 
xususiyatlarning tuzilishi sifatida qaraydilar va shaxsning yaxlit tavsifini 
ifodalaydi, deb tushunadilar. A.G.Kovalevning fikricha, temperament tabiiy (irsiy) 
xususiyatlarning tizimini bildirib keladi, yo‘nalganlik - ehtiyoj, qiziqish, ideallar 
tizimi, qobiliyatlar - intellektual, irodaviy va emotsional xislatlar ansambli, 
xarakter - xulq-atvor usullarining va munosabatlarining sintezidir. 
Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, shaxsning murakkab tuzilishga ega 
bo‘lgan ko‘p qirrali xususiyatlari, fazilatlari, xislatlari o‘zaro bir-birlarining ichiga 
singib ketganligi natijasida tabiiy, emotsional, ehtiyojlar, munosabatlar, xulq-atvor 
usullari to‘g‘risidagi mulohazalar umumlashmalar umumlashmasidir. Chunki 
qiziqishlar va ideallarni intellektual, emotsional, irodaviy xususiyatlarisiz tasavvur 
qilish mumkin bo‘lmaganiday, munosabatlar va xulq-atvor usullari ham alohida 
hukm surishi g‘ayritabiiy holatdir. 
B.D.Pariginning fikricha, shaxsning statik tuzilishga quyidagilar kiradi: 
1) umuminsoniy psixologik xususiyatlar; 


48 
2) milliy, kasbiy, iqtisodiy, siyosiy, sinfiy birlikka aloqador ijtimoiy o‘ziga 
xos xususiyatlar; 
3) shaxsning individual betakror xususiyatlari. Bizningcha, olim tomonidan 
ta‘kidlab o‘tilgan xususiyatlarning har qaysisi shaxs psixikasida mavjud bo‘lib, 
ular alohida xislatlar guruhi ko‘rinishiga ega emasdirlar. 
Yuqorida tahlil qilingan modellarning hech qaysisi sistemali yondashuv 
doirasidagi hozirgi zamon shaxs strukturasi to‘g‘risidagi modelga mos kelmas edi. 
Ushbu modellarning tarkib (jabha) larida nisbiy mustaqil birlik xususiyati aks 
topmaganligi tufayli bir vaziyatda ular o‘zaro tobe elementlarga, ikkinchi 
hodisalarda esa takroriy xislatlar ko‘rinishiga o‘xshab ketadi. SHuningdek, shaxs 
tuzilishi umuman muayyan nazariy yoki amaliy ahamiyatga tomon (jabha) lari 
bilan ajralib turmaydi. SHuning uchun ta‘kidlangan hech bir model psixologik 
mohiyatini o‘zida aks ettiruvchi, jamiyat a‘zosi sifatidagi insonning tipiklik va 
individuallik qiyofalarini tahlil qilishni ta‘minlay olmaydi. 
Uzoq chet el psixologlarining shaxs tuzilishining mohiyatini ochib berishga 
qaratilgan ko‘pgina yondashuvlari ham yuksak ko‘rsatkichlarga erishmaganligi 
tufayli bu masalani yoritish uchun keskin o‘zgarish kiritilmadi. G.Ollport, 
G.Myurrey, R.Linton, K.Rodjers, A.Maslou va boshqa olimlarning yaqqol 
shaxsning psixologik mohiyatini tushunchalar tizimi yordami bilan xaspo‘shlashi 
ijobiy izlanish tarzida o‘ziga tortadi, lekin unda shaxs ―kundalik turmushimizda biz 
bilgan shaxsning aynan timsolidir‖ deb ta‘riflanadi. 
Mazkur ijobiy ezgu niyatlarni amaliyotda qaror toptirishga shaxsning tizimi 
tashkiliy tomonini baholay olmaslik va ichki omillar rolini bir tomonlama orttirish 
holati to‘sqinlik qiladi. Jumladan, R.Linton shaxs tuzilishini ―individuumga 
aloqador psixik holatlar va hodisalar tashkiliy agregati‖ deb talqin qilishni taklif 
qiladi, buning natijasida ularning shunchaki yig‘indisi yuzaga keladi, xolos. 
Taniqli AQSH psixologi G.Ollportning fikricha, shaxs ―ichki tizim‖, 
―dinamik qurilma‖, ―Men‖, ―qandaydir metapsixologik Men‖ o‘zida oldindan 
maqsad va dispozitsiyani aks ettiruvchi, inson tafakkuri va xulq-atvorida 
mutanosib ravishda qaror toptiruvchi jonzotdir‖. Xuddi shu boisdan shaxsning 
sinfiy-tarixiy jihatdan yaqqol baholanishi ochilmay qoladi, ijtimoiy tahlil o‘rnini 
psixologik talqin egallaydi chamamda. 
Psixologlardan T.Parsons, G.Mid va boshqalar ―shaxsning rolli tuzilishi‖ 
nomli konsepsiyani ishlab chiqib, odamning yaxlit sub‘ektiv dunyosini, uning 
psixologik qiyofasini diqqat markazidan, idrok maydonidan chetda qoldiradilar. 
Shunga qaramasdan, sobiq sovet faylasuflari va psixologlari shaxsning 
strukturasiga biryoqlama yondashishga barham berishga intildilar, uning jamiyatda 
bajaradigan rolini adolatli bahslab, ijtimoiy, ijtimoiy-psixologik, psixologik 
tizimlarda rolning turli kontekstda maqsadga muvofiq bajarilishini ko‘rsatib 
o‘tdilar. 
Bu 
kontekstdagi 
asosiy 
yoki 
bosh 
muammo 
rollarni 
internalizatsiyalashning yaqqol psixologik mexanizmlari, ular bilan bog‘liq 
bo‘lgan normalari, rollar o‘rtasidagi psixologik farqlar, shaxs tuzilishida 
mustahkam joy olgan, unga nisbatan tashqi omillar; qo‘zg‘atuvchilar tarzida 
saqlanuvchilar hisoblanadi. 
Chet el psixologiyasida olimlar diqqatini keyingi yillarda shaxs modelining 
psixologik omillari tortmoqda, ularning asosiy variantlari G.Ayzenk, R.Kettell 


49 
konsepsiyalari bilan bevosita bog‘liqdir. Mazkur konsepsiyalar ko‘p yoki oz 
miqdordagi ―omillar‖ (Ayzenkda ular 2-3 ta, Kettellda esa 20 tadan ziyod) ga 
asoslangan bo‘lib, ular muayyan darajada umumlashgan individuallikning yoki 
shaxs qiyofasini ifodalovchi, psixologik xususiyatlarni aks ettiruvchi ruhiy tizimni 
qayd qilishga suyanadi. Ammo tub ma‘nodagi shaxsning psixologik konsepsiyasi 
ham individuallik qiyofalarini haqiqiy ijtimoiy-psixologik mohiyatini ochish 
imkoniyatiga ega emas, chunki xususiyatlarning qonuniy ravishdagi o‘zaro 
aloqalari tavsif qilinmay qolingan. 
Ta‘kidlangan paradoks sistemasi yondashuv pozitsiyasi orqali izohlanishi 
mumkin, lekin yaxlit tizimning tavsifisiz ayrim komponentlarning mazmundor 
tasnifini amalga oshirish imkoniyati yo‘q. Darhaqiqat shuning uchun ―insonning 
ijtimoiy-psixologik xususiyatlari yoki alohida psixologik tizimdan kelib chiqqan 
holda majmua‖ deb atashga suyanib ish yuritish orqali hech qanday ―shaxs 
tuzilishi‖ ni yaratib bo‘lmaydi. 
Shaxsning dinamik tuzilishidagi modellari sobiq sovet psixologlari taxmin 
qilgan qiyinchiliklarning oldini olish mazmunida ifodalangan. 
B.D.Pariginning qat‘iy asoslanib aytishiga ko‘ra, shaxsning dinamik 
strukturasining yetakchi (farqlanuvchi) alomati yaqqol vaqt oralig‘iga bog‘liqligi, 
shaxs faoliyati yoki psixikaning muayyan holatiga aloqadorligidir. Shaxsning 
dinamik strukturasining ikki asosiy jabhaga taalluqligiga, ya‘ni psixik holatlarga va 
xulqqa ishora qilgan B.D.Pariginning mulohazasicha, shaxsning kayfiyati yoki 
psixologik jihatdan o‘zining tayyorgarlik xislati yuksak ahamiyatli yangilanishdir. 
Olimning talqiniga ko‘ra, psixologik tayyorgarlik - bu integral strukturaviy 
tuzilmadan iborat bo‘lib, muayyan vaqt oralig‘ida inson psixikasining jismli 
yo‘nalganlik darajasi va tonalligini tavsiflaydi. Psixologik tayyorgarlik o‘zining 
tuzilishi bo‘yicha uch xil jabhani qamrab oladi (konstantli, dolzarbli, vaziyatli) va 
faoliyatda muhim funksiyalarni bajaradi. a) muayyan vaqt birligida individ 
tomonidan qayta ishlanuvchi va idrok qilinuvchi barcha joriy axborotlarning 
akkumlyatori; b) inson faolligining tonizatori va regulyatori; v) faoliyat va 
axborotni qabul qilish ustanovkasi; g) shaxsning qadriyatga yo‘nalganlik omili 
hisoblanadi. Inson hayoti va faoliyatining u yoki bu lahzalarida psixikasining 
(komponentlari) tarkibiy qismlari bilan sodir bo‘lishlikning psixik tayyorgarligi 
sintetik ravishda birlashgandir. Bu muammo pariginchasicha, psixik tayyorgarlik 
psixik holatlarning dominantligi degan tushunchaga yaqinlashib qoladi. Vaholanki, 
shaxsning dinamik va statik tuzilishi munosabatini hisobga olmaydi, psixologik 
tayyorgarlikning miqdoriy tavsifi yo‘llarini ko‘rsatib o‘tmaydi, natijada uning 
ko‘lami cheksizga aylanib qoladi. 
V.S.Merlin ham shaxsning tuzilishi masalasiga alohida ahamiyat bergan 
olimlardan biri sanaladi. Uningcha, shaxsning qismlariga ajratib talqin 
qilinmaydigan jabha (komponent) - bu uning xislatlaridir. Ularning har biri 
muayyan yo‘nalganlik mohiyatini o‘zida mujassamlashtirgan bo‘lib, shaxs 
munosabatini aks ettiradi. Shunga binoan shaxs ning tuzilishi deganda V.S.Merlin 
insonning o‘z-o‘ziga, o‘zgalarga, mehnatga u yoki bu munosabatini o‘zida 
birlashtiruvchi shaxs xususiyatlarining tashkiliy va o‘zaro aloqadorligini 
anglatuvchi o‘ziga xos ―simptomokompleks‖ ni tushunadi. 


50 
Olimning muammoga bunday yondashuvi go‘yoki juda o‘rinli, to‘la 
ashyoviy daliliy tasavvurni vujudga keltiradi. Shaxs tuzilishi muammosini uzil-
kesil hal qilinishi, echimini topish uchun ayrim shartlarga rioya etilishi lozim. 
Birinchidan, ―shaxsning munosabati‖ tushunchasi mohiyatini yaqqol ochish, 
ikkinchidan, shaxsning xususiyatlari to‘g‘risidagi tasavvurlarni detallashtirgan 
holda ishlab chiqish darkor. V.S.Merlinning faktlar konstatatsiyasiga binoan 
―simptomokompleks‖ shaxs tuzilishining bayoniy va statik tavsifini bildiradi, 
xolos‖, holbuki shunday ekan ―mazkur ijtimoiy sharoitlarda shaxs tuzilishining 
rivojlanishi va yuzaga kelishi qonuniyatlari‖ o‘rnatilishi joiz. 
Ko‘pgina psixologlarning qarashlarida shaxsning ijtimoiy-psixologik tavsifi 
qiyofasining tuzilishida yetakchi rol o‘ynashi va qayd etishi ta‘kidlanadi. Shu 
jumladan, tadqiqotchi N.I.Reynvaldning fikricha, shaxsning tuzilishi va uning har 
bir qiyofasi (xislati) uch mezon asosida tahlil qilinishi joiz: 
1) orientirovkaning darajasi va anglanganlik xususiyatiga; 
2) u yoki bu ehtiyojiy holatlarni harakatlantirishning xususiyati hamda 
tashkiliyligi; 
3) paydo bo‘lishning jadalligi, jiddiyligi va zo‘riqishga, ya‘ni insonning 
emotsional irodaviy, bilishga oid sifatlari nuqtai nazariga va boshqalar. 
N.I.Reynvaldning 
izohlashicha, 
faoliyatning 
regulyasiyasida 
psixik 
funksiyalarni umumlashgan guruhlashtirish ularning uch o‘lchovli (mezonli) 
tasnifining aql (intellekt), hissiyot (emotsiya) va iroda mohiyati zimmasiga tushishi 
shaxs tuzilishini temperament, xarakter va qobiliyatlarga, ikkinchi tomondan esa 
ekstraversiya, introversiya omillariga ajratishga barham beradi. 
N.I.Reynvaldning ushbu yondashuvi A.R.Luriyaning miya faoliyatining uch 
blokli roli tasnifiga bevosita mos tushadi, chunonchi, aql (intellekt) ko‘p hollarda 
informatsion blok orqali amalga oshadi, iroda (tashkiliylilik) programmalashtirish 
bloki bilan, xilma-xil emotsional holatlar (hissiyot) yuzaga kelishining negizida 
―energetik‖ blok yotadi. Aql, hissiyot, iroda va ularni ro‘yobga chiqaruvchi 
miyaning bloklari, harakatlantiruvchilarni emas, balki o‘zaro uzviy bog‘liq bo‘lgan 
insonning atrof-muhitga nisbatan munosabatining uch lahzasini anglatadi. 
Xullas, qarashlarning rang-barangligi muammo echimining har xil 
variantlari, invariantlari, modifikatsiyalari, modullari va modellari bir davrning 
o‘zida hukm surishini ta‘minlaydi hamda sistemali yondashuv majmuasi yuzaga 
kelishi uchun puxta negiz, mexanizm va barqaror manba hozirlaydi. 

Yüklə 3,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə