Termiz davlat universiteti psixologiya kafedrasi


Shaxsning ijtimoiylashuvi



Yüklə 3,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/171
tarix23.12.2023
ölçüsü3,08 Mb.
#157153
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   171
umumiy psixologiya(1)

4.3.Shaxsning ijtimoiylashuvi 
Odamning ijtimoyligi uning biologik holati bilan ajratilgan emas. Shaxsning 
individligi boshidayoq kiritilgan va shaxsiy sifati keyinchalik yuzaga keladi. 
Kelgusida u yuqori shaxsiy darajasi bilan namoyon bo‘ladi. Ularning o‘zaro 
bog‘likligi haqida E.A.Klimov quyidagi misolni keltiradi, odamning ―biologikligi‖ 
yoki ―ijtimoiyligi‖ to‘g‘risidagi tortishuv shunchalik to‘g‘ri va mantiqiydirki, u 
xuddi kitobning kog‘ozi yoki kitob kog‘ozi haqidagi tortishuvga o‘xshaydi. 
Odam tug‘ilgan onidan boshlab shaxslar qurshovida bo‘ladi va uning butun 
ruhiy potensiali ana shu ijtimoiy muhitda namoyon bo‘ladi. CHunki agar insonning 
ontogenetik taraqqiyoti tarixiga e‘tibor beradigan bo‘lsak, hali gapirmay turib, 
odam bolasi o‘ziga o‘xshash mavjudotlar davrasiga tushadi va keyingina ijtimoiy 
muloqotning barcha ko‘rinishlarining faol ob‘ekti va sub‘ektiga aylanadi. Odam 
bolasining jamiyatga qo‘shilib yashashining psixologik mexanizmlari fanning 
muhim vazifalaridan biri bo‘lib, bu jarayon psixologiyada 
ijtimoiylashuv 
yoki 
sotsializatsiya 
deb yuritiladi. Ijtimoiylashuv yoki sotsializatsiya – inson 
tomonidan ijtimoiy tajribani egallash, hayot – faoliyat jarayonida uni faol tarzda 
o‘zlashtirish jarayoni bo‘lib, bunda har bir shaxsning jamiyatga qo‘shilishi, uning 
normalari, talablari, kutishlari va ta‘sirini qabul qilgan holda, har bir harakati va 
muomalasida uni ko‘rsatishi va kerak bo‘lsa, shu ijtimoiy tajribasi bilan o‘z 
navbatida o‘zgalarga ta‘sirini o‘tkaza olishi jarayoni tushuniladi. Ijtimoiylashuv 
eng avvalo odamlar o‘rtasidagi muloqot va hamkorlikda turli faoliyatni amalga 
oshirish jarayonidir. 
G‘arbiy Evropaning eng muhim nufuzli nazariyalaridan biri bu rollar 
nazariyasidir. Ushbu nazariyaning mohiyatiga binoan jamiyat o‘zining har bir 
a‘zosiga status (haq-huquq) deb nomlangan xatti-harakat (xulq)ning barqaror 
usullari majmuasini taklif qiladi. Inson ijtimoiy muhitda bajarishi shart bo‘lgan 
maxsus rollari shaxsning xulq-atvor xususiyatlarida o‘zgalar bilan munosabat 
muloqot o‘rnatishda sezilarli iz qoldiradi. 
AQSHda keng tarqalgan nazariyalardan yana biri bu individual tajriba va 
bilimlarni egallash (mustaqil o‘zlashtirish) nazariyasidir. Mazkur nazariyaga 
binoan shaxsning hayoti va uning voqelikka nisbatan munosabati ko‘pincha 
ko‘nikmalarni egallash, bilimlarni o‘zlashtirishdan iborat bo‘lib, uning samarasi 
qo‘zg‘atuvchini uzluksiz ravishda mustahkamlab borilishining mahsulidir. Bu 
nazariyaning tarafdorlari E.Torndayk va B.Skinnerlar hisoblanadi. 
K.Levin tomonidan tavsiya qilingan ―fazoviy zarurat maydoni‖ nazariyasi 
psixologiya fani uchun (o‘z davrida) muhim ahamiyatni kasb etadi. K.Levinning 
nazariyasiga ko‘ra, individning xulqi (xatti-harakati) psixologik kuch vazifasini 


43 
o‘tovchi ishtiyoq (intilish) maqsadlar bilan boshqarilib turiladi, va ular fazoviy 
zarurat maydonining ko‘lami va tayanch nuqtasiga yo‘naltirilgan bo‘ladi. 
Psixologiyada psixogenetik yondashish ham mavjud bo‘lib, u biogenetik, 
sosiogenetik omillarning qiymatini kamsitmaydi, balki psixik jarayonlar 
taraqqiyotini birinchi darajali ahamiyatga ega, deb hisoblaydi. Ushbu yondashuvni 
uchta mustaqil yo‘nalishga ajratib tahlil qilish mumkin, chunki ularning har biri 
o‘z mohiyati, mahsuli va jarayon sifatida kechishi bilan o‘zaro tafovutlanadi. 
Psixologiyaning irrasional (aqliy bilish jarayonlaridan tashqari) tarkibiy 
qismlari bo‘lishi emosiya, mayl va shu kabilar yordamida shaxs xulqini tahlil 
qiluvchi 
nazariya 
psixodinamika 
deyiladi. 
Mazkur 
nazariyaning 
yirik 
namoyondalaridan biri amerikalik psixolog E.Eriksondir. U shaxs rivojini 8 ta 
davrga ajratadi va ularning har qaysisi o‘ziga xos betakror xususiyatga egaligini 
ta‘kidlaydi.
Kognitiv yo‘nalishning asoschilari qatoriga J.Piaje, J.Kelli va boshqalarni 
kiritish mumkin. 
J.Piajening intellekt nazariyasi ikkita muhim jihatga ajratilgan bo‘lib, u 
intellekt funksiyalari va intellekt davrlari ta‘limotini o‘z ichiga qamrab oladi. 
Intellektning asosiy funksiyalari uyushqoqlik (tartiblilik) va adaptasiya 
(moslashish, ko‘nikish) dan iborat bo‘lib, intellektning funksional invariantligi deb 
yuritiladi. 
Sobiq 
sovet 
psixologiyasida 
shaxsning 
rivojlanishi 
muammosi 
L.S.Vigotskiy, P.P.Blonskiy, S.L.Rubinshteyn, A.N.Leontev, B.G.Ananev, 
L.I.Bojovich singari yirik psixologlarning asarlarida o‘z aksini topa boshlagan. 
Keyinchalik bu masala bilan shug‘ullanuvchilar safi kengayib bordi. Xuddi shu 
boisdan shaxsning tuzilishi, ilmiy manbai, rivojlanishning o‘ziga xosligi bo‘yicha 
yondashuvda muayyan darajada tafovutga ega. Hozirgi davrda shaxsning 
rivojlanishi yuzasidan mulohaza yuritilganda olimlarning ilmiy qarashlarini 
muayyan guruhlarga ajratish va undan so‘ng ularning mohiyatini ochish maqsadga 
muvofiq. Ontogenezda shaxs taraqqiyotini bir necha bosqichlarga ajratish va 
ularning har biriga alohida ilmiy psixologik ta‘rif berish nuqtai-nazaridan 
yondashishni quyidagi nazariya va yo‘nalishlarini ko‘rsatib berish mumkin. 
Jumladan, rivojlanishdagi inqirozga binoan (L.S.Vigotskiy); motivatsion 
yondashish (L.I.Bojovich); faoliyatga ko‘ra munosabat (D.B.Elkonin); shaxsning 
ijtimoiylashuv xususiyatiga e‘tiboran (A.V.Petrovskiy); shaxsning tutgan 
pozitsiyasini hisobga olib (D.I.Feldshteyn) va hokazo.
Shunday qilib, jahon va hamdo‘stlik mamlakatlari psixologlari tomonidan 
bir qator puxta ilmiy-metodologik asosga ega bo‘lgan shaxsning rivojlanishi 
nazariyalari ishlab chiqilgan. Ularning aksariyati ontogenezda shaxsning 
shakllanishi qonuniyatlarini ochishga muayyan hissa bo‘lib, xizmat qiladi, amaliy 
va nazariy muammolarni echishda keng ko‘lamda qo‘llaniladi. 

Yüklə 3,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə