Termiz davlat universiteti psixologiya kafedrasi


Mavzu yuzasidan test savollari



Yüklə 3,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/171
tarix23.12.2023
ölçüsü3,08 Mb.
#157153
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   171
umumiy psixologiya(1)

Mavzu yuzasidan test savollari 
1. Muloqotning maqsadi bu … 
A). Jamiyatning ijtimoiy formulasini aks ettiradi. B) Kishilarning birgalikdagi 
faoliyatiga eqtiyojini aks ettiradi. S). Aloqa va o‘zaro ta‘sirlar yiqindisidir. D). 
Birgalikdagi ijtimoiy sharoitda yuzaga chiqadi. 


40 
2. Shaxslar aro munosabatlar –bu? 
A). Odamlar o‘rtasida faoliyat va guruhlardagi muloqotda o‘rganiladigan 
munosabatlar. 
B). Rahbarlar va xodimlar o‘rtasidagi munosabatlar. 
S). Tarbiyachilar va tarbiyalanuvchilar o‘rtasidagi munosabatlar. 
D). Faoliyat jarayonidagi odamlar o‘rtasidagi munosabatlar. 
3.Xodimlar orasida mulqotga kirishuvchan, vaziyatlarga moslasha oladigan,
yetakchilikka moyil, ochiq, mas‘uliyatga nisbatan befarqlikni namoyon etishga 
mansub tip qaysi ? 
A)Sangvinik. B). Xolerik. S). Flegmatik. D). Melanxolik. 
 
4-MAVZU: SHAXS. SHAXSNING O‟Z-O‟ZINI ANGLASHI
Reja: 
4.1. Shaxs haqida tushuncha. 
4.2. Individ va individuallik 
4.3. Shaxsning ijtimoiylashuvi. 
4.4. Shaxsning o‘zini-o‘zi anglashi. 
Tayanch so‟z va iboralar:
Shaxs, faollik, ehtiyoj, “Men”, harakat, nazariya, individ, individuallik.
 
4.1. Shaxs haqida tushuncha 
Shaxs tushunchasi keng va ko‘p qirralidir. Mehnat qila olish ko‘nikmasining 
mavjudligi, insonlar bilan birgalikda faoliyat munosabatni amalga oshirayotgan 
kishi asta – sekin shaxsga aylanib boradi. Bevosita moddiy dunyoni, jamiyatni va 
xususan o‘zini o‘rganish va faol tarzda qayta o‘zgartirish jarayonining sub‘ektga 
aylanmoqda. Shu o‘rinda haqli bir savol tug‘iladi, ya‘ni shaxs, individ, 
individuallik tushunchasining o‘zaro bog‘liqlik jihatlari mavjudmi? Buning uchun 
mazkur tushunchalarning mazmunini tahlil qilish samarali hisoblanadi. Shuning 
uchun ham dastlab individ tushunchasining mazmuniga to‘xtalish lozim. 
A.V.Petrovskiy tahriri ostida chiqqan ―Umumiy psixologiya‖ darsligida ―Individ‖ 
tushunchasida kishining nasl-nasabi ham mujassamlashgandir. Yangi tug‘ilgan 
chaqaloqni, katta yoshdagi odamni ham, mutafakkirni ham, aqli zaif ovsarni ham, 
yovvoiylik bosqichidagi qabilaning vakilini ham, madaniyatli mamlakatda 
yashayotgan yuksak bilimli kishini ham individ deb hisoblash lozim. Individ 
tushunchasi professor E.G‘oziyevning ―Umumiy psixologiya‖ darsligida 
tavsiflanishicha, individ lotincha ajralmas, alohida zot ma‘nolarini anglatib, inson 
zotiga xoslik masalasini belgilab beradi. Shuningdek, katta yoshdagi ruhiy sog‘lom 
odamlar ham, chaqaloq ham, nutqi yo‘q, oddiy malakalarni o‘zlashtira olmaydigan 
aqli zaiflar ham individlar deb ataladi. 
M.G.Davletshin tahriri ostida chiqqan ―Psixologiyadan qisqacha izohli 
lug‘atda‖ individ bo‘linmas, ayrim jins, shaxs ma‘nolarini anglatib, biologik turga 
kiruvchi alohida tirik mavjudot sifatida ko‘rsatib o‘tiladi. 
Keltirilgan ta‘riflardan shuni xulosa qilish mumkinki 
shaxs 
deb muayyan 
jamiyatda yashovchi faoliyatning biror turi bilan shug‘ullanuvchi, kishilar bilan 
normal til orqali munosabatga kirishuvchi ongli individga aytiladi.

Yüklə 3,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə