Termiz davlat universiteti psixologiya kafedrasi


odamning o‟z-o‟zi bilan muloqoti



Yüklə 3,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/171
tarix23.12.2023
ölçüsü3,08 Mb.
#157153
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   171
umumiy psixologiya(1)

odamning o‟z-o‟zi bilan muloqoti
dir. T. Shibutani 
―Ijtimoiy psixologiya" darsligida: «Agar odam ozgina bo‘lsa ham o‘zini anglasa, 
demak, u o‘z-o‘ziga ko‘rsatmalar bera oladi»— deb to‘g‘ri yozgan edi. Odamning 
o‘z-o‘zi bilan muloqoti aslida uning boshqalar bilan muloqotining harakterini va 
hajmini belgilaydi. Agar odam o‘z-o‘zi bilan muloqot qilishni odat qilib olib
doimo jamiyatdan o‘zini chetga tortib, tortinib yursa, demak u boshqalar bilan 
suhbatlashishda, til topishishda jiddiy qiyinchiliklarni boshdan kechiradi, deyish 
mumkin. Demak 
boshqalar bilan muloqot
— muloqotning ikkinchi bosqichidir. 
Muloqotning hayotimizdagi shakl va ko‘rinishlariga kelsak uning har bir 
shaxsning hayotiy vaziyatlarga mos keladigan, o‘sha vaziyatlardan kelib 
chiqadigan ko‘rinishlari va turlari haqida gapirish mumkin. Lekin umumiy holda 
har qanday muloqot yo rasmiy yoki norasmiy tusda bo‘ladi. Agar 
rasmiy
muloqot


39 
odamlarning jamiyatda bajaradigan rasmiy vazifalari va xulq-atvor normalaridan 
kelib chiqsa, masalan, rahbarning o‘z qo‘l ostida ishlayotgan xodimlar bilan 
muloqoti, professorning talaba bilan muloqoti va hokazo, norasmiy muloqot — bu 
odamning shaxsiy munosabatlariga tayanadi va uning mazmuni o‘sha 
suhbatdoshlarnnng fikr-o‘ylari, niyat-maqsadlari va emotsional munosabatlari 
bilan belgilanadi. Masalan, do‘stlar suhbatdoshi, poezdda uzoq safarga chiqqan 
yo‘lovchilar suhbati, tanaffus vaqtida talabalarning sport, moda, shaxsiy 
munosabatlar borasidagi munozaralari. Odamlarning asl tabiatlariga mos bo‘lgani 
uchun ham 
norasmiy muloqot
doimo odamlarning hayotida ko‘proq vaqtini oladi 
va bunda ular charchamaydilar. Lekin shuni ta‘kidlash kerakki, odamda ana 
shunday muloqotga ham qobiliyatlar kerak, ya‘ni uning qanchalik sergapligi, ochiq 
ko‘ngilligi, suhbatlashish yo‘llarini bilish, til topishish qobiliyati, o‘zgalarni 
tushunishi va boshqa shaxsiy sifatlari kundalik muloqotning samarasiga bevosita 
ta‘sir ko‘rsatadi. Shuning uchun hamma odam ham rahbar bo‘lolmaydi, ayniqsa, 
pedagogik ishga hamma ham qo‘l uravermaydi, chunki buning uchun undan ham 
rasmiy, ham norasmiy muloqot texnikasidan xabardorlik talab qilinadi. 
3.5.1-rasm 
Muloqot mavzui va yo‘nalishiga ko‘ra, uning: 

ijtimoiy yo‟naltirilgan
(keng jamoatchilikka qaratilgan va jamiyat 
manfaatlaridan kelib chiqadigan muloqot); 

guru¦dagi predmetga yo‟naltirilgan
(o‘zaro hamkorlikdagi faoliyatni amalga 
oshirish mobaynidagi muloqot — mehnat, ta‘lim jarayonidagi yoki konkret 
topshiriqni bajarish jarayonida guruh a‘zolarining muloqoti); 

shaxsiy muloqot
(bir shaxsning boshqa shaxs bilan o‘z muammolarini ochish 
maqsadida o‘rnatgan munosabatlari); pedagogik muloqot (pedagogik jarayonda 
ishtirok etuvchilar o‘rtasida amalga oshiriladigan murakkab o‘zaro ta‘sir jarayoni) 
turlari farqlanadi. 

Yüklə 3,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə