Termiz davlat universiteti psixologiya kafedrasi


Muloqot to‟g‟risida umumiy tushuncha



Yüklə 3,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/171
tarix23.12.2023
ölçüsü3,08 Mb.
#157153
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   171
umumiy psixologiya(1)

 
3.5.Muloqot to‟g‟risida umumiy tushuncha 
Muloqot
 
odamlar amalga oshiradigan faoliyatlar ichida yyetakchi o‟rinni 
egallab, u insondagi eng muhim ehtiyojni — jamiyatda yashash va o‟zini shaxs deb 
hisoblash bilan bog‟liq ehtiyojini qondiradi. Shuning uchun ham uning har bir 
inson uchun ahamiyati kattadir. 
Bir qarashda osongina tuyulgan shaxslararo muloqot aslida juda murakkab 
jarayon bo‘lib, unga odam hayoti mobaynida o‘rganib boradi. Muloqotning 
psixologik jihatdan murakkab ekanligi haqida B.F.Parigin shunday yozadi: 
«Muloqot shunchalik ko‘p qirrali jarayonki, unga bir vaqtning o‘zida quyidagilar 
kiradi: 
a) individlarning o‘zaro ta‘sir jarayoni
b) individlar o‘rtasidagi axborot almashinuvi jarayoni; 
v) bir shaxsning boshqa shaxsga munosabati jarayoni; 
g) bir kishining boshqalarga ta‘sir ko‘rsatish jarayoni; 
d) bir-birlariga hamdardlik bildirish imkoniyati; 
e) shaxslarning bir-birlarini tushunishi jarayoni».
 
Aslida har bir insonning ijtimoiy tajribasi, uning insoniy qiyofasi, fazilatlari, 
xattoki, nuqsonlari ham muloqot jarayonlarining mahsulidir. Jamiyatdan ajralgan
muloqotda bo‘lish imkoniyatidan mahrum bo‘lgan odam o‘zida individ sifatlarini 
saqlab qolishi mumkin, lekin u shaxs bo‘lolmaydi. Shuning uchun muloqotning 
shaxs taraqqiyotidagi ahamiyatini tasavvur qilish uchun uning funksiyalarini tahlil 
qilamiz. 
Uning 
ikkinchi
muhim funktsiyasi ijtimoiy tajribaga asos solishdir. Odam 
bolasi faqat odamlar davrasida ijtimoiylashadi, o‘ziga zarur insoniy xususiyatlarni 
shakllantiradi. Odam bolasining yirtqich hayvonlar tomonidan o‘g‘rilanib ketilishi, 
so‘ng ma‘lum muddatdan keyin yana odamlar orasida paydo bo‘lishi faktlari shuni 
ko‘rsatganki, «mauglilar» biologik mavjudot sifatida rivojlanaveradi, lekin 
ijtimoiylashuvda ortda qolib ketadi. Bundan tashqari, bunday xolat boladagi bilish 
qobiliyatlarini ham cheklashi ko‘plab psixologik eksperimentlarda o‘z isbotini 
topdi. 
Dastlabki bosqich-

Yüklə 3,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə