Termiz davlat universiteti psixologiya kafedrasi



Yüklə 3,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/171
tarix23.12.2023
ölçüsü3,08 Mb.
#157153
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   171
umumiy psixologiya(1)

 


41 
4.1.1-rasm 
 
4.2.Individ va individuallik 
Individ
sifatida dunyoga kelgan odam ijtimoiy muhit ta‘sirida keyinchalik 
shaxsga aylanadi, shuning uchun bu jarayon ijtimoiy-tarixiy xususiyatga egadir. 
Dunyoga kelayotgan chaqaloqning gavda tuzilishi unda tik yurish uchun 
imkoniyatining mavjudligini taqozo etsa, miyasining tuzilishi aql-hushining 
rivojlanishi uchun imkoniyat tug‘diradi, qo‘llarining shakli shamoyili mehnat 
qurollaridan foydalanish istiqbollarining mavjud-ligini ko‘rsatadi. Yuqorida 
aytilganlarning barchasida chaqaloqning inson zotiga mansubligini ta‘kidlanadi va 
bu fakt individ tushunchasida qayd etiladi. Buni quyidagi sxema asosida 
tushuntirish lozim.
4.2.1-rasm 
Shaxsning eng muhim xususiyatli jihatlaridan biri – bu uning 
individualligidir. 
Individuallik
deganda 
insonning 
shaxsiy 
psixologik 
xususiyatlarining betakror birikmasi tushuniladi. Individuallik kishining o‘ziga 


42 
xosligini, uning boshqa odamlardan farqini aks ettiruvchi psixologik fazilatlar 
birikmasidir. Individuallik tarkibiga xarakter, temperament, psixik jarayonlar, 
holatlar, hodisalar, hukmron xususiyatlar yig‘indisi, iroda, faoliyat motivlari, inson 
maslagi, dunyoqarashi, iqtidori, har xil shakldagi reaksiyalar, qobiliyatlari va shu 
kabilar kiradi. Individuallik individning boshqalardan farqlaydigan ijtimoiy 
xususiyatlari va psixikasining o‘ziga xosligi hamda uning qaytarilmasligidir. Zikr 
etilgan 
psixologik 
xususiyatlarning 
bir 
xildagi 
birikmasini 
o‘zida 
mujassamlashtirgan odam yo‘q, inson shaxsi o‘z individualligi jihatidan 
betakrordir. 

Yüklə 3,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə