Termiz davlat universiteti psixologiya kafedrasi



Yüklə 3,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/171
tarix23.12.2023
ölçüsü3,08 Mb.
#157153
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   171
umumiy psixologiya(1)

Shaxs va uning faolligi:
Jamiyat bilan doimiy munosabatni ushlab 
turuvchi, o‘z-o‘zini anglab, har bir harakatini muvofiqlashtiruvchi shaxsga xos 
bo‘lgan eng muhim va umumiy xususiyat - bu uning faolligidir. Faollik (lotincha 
―actus‖ - harakat, ―activus‖ - faol so‘zlaridan kelib chiqqan tushuncha) shaxsning 
hayotdagi barcha xatti - harakatlarini namoyon etishini tushuntiruvchi 
kategoriyadir. Bu - o‘sha oddiy qo‘limizga qalam olib, biror chiziqcha tortish bilan 


44 
bog‘liq elementar harakatimizdan tortib, toki ijodiy uyg‘onish paytlarimizda 
amalga oshiradigan mavhum fikrlashimizgacha bo‘lgan murakkab harakatlarga
aloqador ishlarimizni tushuntirib beradi. Shuning uchun ham psixologiyada shaxs, 
uning ongi va o‘z-o‘zini anglashi muammolari uning faolligi, u yoki bu faoliyat 
turlarida ishtiroki va uni uddalashi aloqador sifatlari orqali bayon etiladi. 
Fanda inson faolligining asosan ikki turi farqlanadi: 
A.Tashqi faollik - bu tashqaridan va o‘z ichki istak-xohishlarimiz ta‘sirida 
bevosita ko‘rish, qayd qilish mumkin bo‘lgan harakatlarimiz, mushaklarimizning 
harakatlari orhali namoyon bo‘ladigan faollik. 
B.Ichki faollik - bu bir tomondan u yoki bu faoliyatni bajarish mobaynidagi 
fiziologik jarayonlar (moddalar almashinuvi, qon aylanish, nafas olish, bosim 
o‘zgarishlari) hamda ikkinchi tomondan, bevosita psixik jarayonlar, ya‘ni aslida 
ko‘rinmaydigan, lekin faoliyat kechishiga ta‘sir ko‘rsatuvchi omillarni o‘z ichiga 
oladi. 
Misol tariqasida hayotdan shunday manzarani tasavvur qilaylik: uzoq 
ayriliqdan so‘ng ona o‘z farzandi visoliga etdi. Tashqi faollikni biz onaning 
bolasiga intilishi, uni quchoqlashi, yuzlarini silashi, ko‘zlaridan oqqan sevinch 
yoshlarida ko‘rsak, ichki faollik - o‘sha ko‘z yoshlarini keltirib chiqargan
fiziologik jarayonlar, ichki sog‘inchning asl sabablari (ayriliq muddati, nochorlik 
tufayli ayriliq kabi yashirin motivlar ta‘siri), ko‘rib idrok qilgandagi o‘zaro bir-
birlariga intilishni ta‘minlovchi ichki, bir qarashda ko‘z bilan ilg‘ab bo‘lmaydigan 
emotsional holatlarda namoyon bo‘ladi. Lekin shu manzarani bevosita guvohi 
bo‘lsak ham, uni ifodalagan rasmni ko‘rsak ham, taxminan qanday jarayonlar 
kechayotganligini tasavvur qilishimiz mumkin. Demak, ikkala turli faollik ham 
shaxsiy tajriba va rivojlanishning asosini tashkil etadi. Bir qarashda har bir 
konkret shaxsga va uning ehtiyojlariga bog‘liq bo‘lib tuyulgan bunday faollik 
turlari aslida ijtimoiy xarakterga ega bo‘lib, shaxsning jamiyat bilan bo‘ladigan 
murakkab va o‘zaro munosabatlarining oqibati hisoblanadi. 

Yüklə 3,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə