Teskor (ekspres) tesr sinovlarini o‘tkazishga oid ko‘rsatmalar



Yüklə 127,83 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/11
tarix19.12.2023
ölçüsü127,83 Kb.
#151124
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
SINF O YINLARI BONUS

Baholash mezonlari :
 
Javobi to‘g‘ri topilgan 5 ta test uchun – «besh» baho, 
4 ta test uchun -- «to‘rt» baho , 
3 ta test uchun -- «uch» baho qo‘yiladi.
Birorta ham javob topa olmagan, 1 ta yoki 2 ta test javoblarini to‘g‘ri topgan o‘quvchilarga baho
qo‘yilmaydi. Ular bilan keyingi darslarda va darsdan keyin ishlab, ularni han bu kabi testlardan ijobiy baho
olishlariga erishish lozim bo‘ladi. 
Chunki,
bu testlar, qayta ta’kidlaymiz, davlat ta’lim standarti talablari asosida tuzilgan va
har bir o‘quvchi ulardan ijobiy baho olishi shart.
«BIRGALIKDA O`QIYMIZ» BIRGALIKDA O`QISH TEXNIKASI
Birgalikda o`qish:
o`quv guruhi kichik guruhlarga bo`linadi. Har bir
kichik guruh o`rganilayotgan mavzuning ma’lum bir sohasida ekspert
bo`ladi va boshqalarni o`rgatadi.
Har bir guruhning maqsadi barcha boshqa guruhlar ishtirokchilari
mavzu savollarini to`la hajmda egallab olishidan iborat.
«Birgalikda o`qiymiz» texnikasidan foydalangan 
holda guruhlarda ishni tashkil etish jarayonining tuzilishi
1. Bilim darajasiga qarab 3-5 kishidan iborat bo`lgan har xil turdagi guruhlar
tuziladi.

2. Har bir guruhga
bitta
topshiriq beriladi –umumiy mavzuning bir
qismi,
uning ustida butun o`quv guruhi ish olib boradi hamda tayanchlar –
ekspert
varaqlari 
– taqdim etiladi. 

3. Har bir guruh ichida umumiy topshiriq taqsimlanadi.

4. Hamma 
yakka tartibdagi topshiriqni
bajaradi.

5. Barcha guruh a’zolarining mini-ma’ruzalarini tinglaydi. Umumiy natija
(butun ekspert varag`i bo`yicha savollar javobi)ni shakllantiradi va uni taqdimotga
tayyorlashadi.

6. Spiker yoki guruh barcha a’zolari birgalikda bajargan ish natijalarini
taqdimot etishadi.

Guruhning yakuniy bahosi ma’ruza uchun umumiy ballni va mustaqil ish
uchun individual ballarni o`z ichiga oladi.
Ekspert varag`i

Matnni o`qishda asoslanish zarur bo`ladigan savollardan iborat varaq.
Savollar o`quv materiali ustidan olib boriladigan mustaqil faoliyatni yo`naltiradi.



Odatda ekspert varag`i 3 ta savoldan iborat.
Birinchi ikkita savol javoblari butun o`quv matni bo`yicha oz-ozdan
yig`iladi.
Uchinchi savol javoblarini tayyorlash birinchi va ikkinchi savol javoblari
uchun yig`ilgan material asosida amalga oshiriladi. Bundan tashqari, ishlanma,
extimol, guruhdan o`z fikrini aniqlashni yoki masala mohiyati yuzasidan qator
isbotlarni tuzib chiqishni talab qiladi.

Yüklə 127,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə