Teskor (ekspres) tesr sinovlarini o‘tkazishga oid ko‘rsatmalar


O‘xshash va o‘xshash bo‘lmagan xususiyatlarini top



Yüklə 127,83 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/11
tarix19.12.2023
ölçüsü127,83 Kb.
#151124
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
SINF O YINLARI BONUS

O‘xshash va o‘xshash bo‘lmagan xususiyatlarini top.
Agar trening vaqti kam
chegaralangan bulsa, tanishuvning kengroq shakllaridan foydalanish mumkin. Masalan,
trening ishtirokchilarini 5-6 ta ishtirokchidan iborat kichik guruhlarga bo‘lib, har bir guruhga
guruh a’zolarini o‘zaro bog‘laydigan 5 ta umumiy o‘xshash xususiyatlarni yoki hammada har
xil bulgan 3 ta xususiyatni topish topshirig‘i beriladi. So‘ngra guruhlar barcha guruh
ishtirokchilarining ismini aytib, topshiriq natijasini taqdim etadilar.
Panelli munozara
Ta’rifi
Katta guruhda o`tkaziladi (40 kishi va undan ortiqroq):
Munozara muammosi o`qituvchi tomonidan ifodalanadi;
O`quvchilar 5-6 kishidan iborat kichik guruhlarga bo`linib, auditoriyada doira
shaklida joylashadilar;
Har bir guruh a’zolari munozara davomida ularning nuqtai nazarini himoya
qiladigan vakilni yoki raisni tanlab oladilar;
Muammo kichik guruhda 15-20 daqiqa davomida muhokama etilib, umumiy
nuqtai nazar ishlab chiqiladi;
Guruhlar vakillari doira o`rtasiga to`planib, guruhning nuqtai nazarini himoya
qilish uchun guruh fikrini bayon etish imkoniga ega bo`ladilar. Qolgan
ishtirokchilar muhokama jarayoni va kichik guruhlar vakillari umumiy nuqtai
nazarni qanchalik aniq ifodalayotganlari kuzatadilar. Ular o`z fikrlarini bayon
etishlari mumkin emas, lekin muhokama davomida o`z mulohazalarini yozib
qo`ygan kichik maktublarni uzatish imkoniga ega bo`ladilar;
Guruhlar vakillari boshqa a’zolar bilan maslahatlashib olish uchun tanaffus
olishlari mumkin;
Panelli muhokama ajratilgan vaqt tugaganidan so`ng yoki qaror qabul qilinganidan
keyin yakunlanadi;
Munozara tugaganidan so`ng guruhlar vakillari muhokama qanday kechganligi
yuzasidan tanqidiy mulohaza yuritadilar, qarorlar esa barcha ishtirokchilar
tomonidan qabul qilinadi.
Foydalanish doiralari
Ko`proq tabiiy fanlar darslarida qo`llaniladi.


Afzalliklari 
Ishtirokchilarga berilgan muammo bo`yicha fikr almashish va uni hal qilish
uchun o`z nuqtai nazarini bayon etish imkonini beradi. Tahliliy fikrlash
qobiliyatini rivojlantiradi.
Qiyinchiliklari
“Panelli munozaraning” barcha ishtirokchilari muhokama qilinayotgan
muammoni yechishdan manfaatdor bo`lishlari muhim ahamiyatga ega, chunki
faqat shundagina auditoriya e’tibori begona narsalarga chalg`ib ketmaydi.

Yüklə 127,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə