Teskor (ekspres) tesr sinovlarini o‘tkazishga oid ko‘rsatmalar



Yüklə 127,83 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/11
tarix19.12.2023
ölçüsü127,83 Kb.
#151124
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
SINF O YINLARI BONUS

Asso
 
 t sia
t siyalar
 
 
Ta’rifi
O`quvchilarning har bir guruhiga bo`lajak mavzuni o`rganish bilan bog`liq
bo`lgan so`z yoki gap yozilgan plakat beriladi. Uning quyiga o`quvchilar ana shu
so`z yoki gap ularning ko`zlari oldida gavdalantiradigan tasavvurlarini yozib
qo`yadilar. Masalan: plakatda vertikal yo`nalish bo`yicha tanlangan mavzu bilan
bog`liq bo`lgan tushuncha yoziladi. Ushbu so`zning har bir harfiga ishtirokchilar
o`z tasavvurlarini bayon qiladilar va yozadilar. Masalan:
M – muammo, muloqot, mantiq, misol, masala…
U – uddalamoq, uzluksiz, uyg`unlashtirmoq….
N – nazariya, najot, navbahor, nafosat…
O – oqilonalik, omil, omma, ong…
Z – zimma, zukko, zamon, zarar, ziynat…
A – axborot, agrotexnika, ajoyibot, avaylash…
R – reja, ravnaq, rag`bat, raqam, rahnamo…
A – ahamiyat, ahvol, aql, ahillik, afzallik…
Turli guruhlarda bo`lajak mavzuni o`rganish bilan bog`liq bo`lgan har xil 
so`zlar bo`lgani maqsadga muvofiqdir. Barcha plakatlar ilib qo`yiladi, o`qib 
eshittiriladi, lekin izohlab berilmaydi.
Foydalanish doiralari
Tabiiy va aniq fanlarni o`qitishda.
Afzalliklari 
Mulohaza yuritish jarayoniga barcha o`quvchilar fikrini jalb qilish,
ishtirokchilarning emosional holati. 
Qiyinchiliklari
Aniqlanmagan.


BAHS
Bahs – o`z fikrini ifoda etishni xohlovchilar orasida biron bir munozarali masalani muhokama 
qilish, haqiqatni aniqlash va to`g`ri qarorni qabul qilish

Bahs ishtirokchisiga eslatma:
1. Bahs munosabatlarni hal etish usuli emas balki muammoni hal etish 
usulidir. 
2. Boshqa ishtirokchilarga ham so`z berish uchun uzoq vaqt nutq so`zlama. 
3. Har bir so`zni o`ylab, to`g`ri ifoda qil, hissiyotlaringni nazorat qil, chunki 
sening aqliy fikrlaring o`z maqsadiga yetishi kerak. 
4. Opponent nuqtai nazarini tushunishga harakat qil, uni hurmat qil. 
5. Opponent fikrini buzmasdan e’tirozlaringni aniq bildir. 
6. Faqat bahs mavzusi bo`yicha fikr bildir, ko`p o`qiganliging va umumiy 
bilimdonligingni ro`kach qilma. 
7. Kimgadir yoqishni ko`zlab hushomad qilishingga va o`z nutqing bilan 
ranjitishga qarshi kurashgin.

Yüklə 127,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə