Teskor (ekspres) tesr sinovlarini o‘tkazishga oid ko‘rsatmalar



Yüklə 127,83 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/11
tarix19.12.2023
ölçüsü127,83 Kb.
#151124
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
SINF O YINLARI BONUS

«Mozaika» (terma ish)
Ta’rifi
Bu ish to`rt bosqichda amalga oshiriladi (har bosqichning davomiyligi 10
daqiqagacha). Ishtirokchilar oldindan tayyorlab qo`yilgan va har bir stolga
qo`yilgan harfli indekslar (A, V, S) bilan belgilangan kartochkalar bo`yicha
uchliklarga bo`linadilar.
O`qituvchi uchliklarga topshiriq beradi: masalan, biron mavzu bo`yicha tezislar
tuzish, o`rganilayotgan hodisa yoki voqeaning o`ziga xos xususiyatlarini aniqlash,
o`rganilayotgan mavzu bo`yicha boshqa guruh o`quvchilari uchun savollar
tayyorlashni taklif qiladi. Natijada uchlikning har bir o`quvchisida kichik guruhda
kelishilgan qaror yozilgan varaq hosil bo`ladi.
Ikkinchi bosqichda ishtirokchilar boshlang`ich guruhlarini tark etib, harfli
indekslarni birlashtirish (A-A; V-V va sh.o`.) asosida muvaqqat juftliklarni hosil
qiladilar. Juftliklarda ishtirokchilar boshqa takliflar bilan tanishadilar, o`z
yechimlari konspektini to`ldiradilar va aniqlashtiradilar, zarur bo`lsa – ikki turli
guruhlarning yondashuvlarini o`zida mujassamlashtiradigan yangi konspektni
tuzadilar.
Navbatdagi bosqich shakli bo`yicha avvalgi bosqichni deyarli takrorlaydi: barcha
ish “harflar birligi” asosidagi juftliklarda, biroq yangi sheriklar bilan olib boriladi.
SHu tariqa, uchinchi bosqich yakuniga kelib har bir ishtirokchi muammoni hal
qilishning ko`p variantli konspektiga ega bo`ladi.
YAkunlovchi bosqichda ishtirorkchilar dastlabki uchliklarga qaytadilar, va boshqa
guruhlarning fikrini bila turib, eng to`liq qarorni qabul qilish, o`z nuqtai nazariga
“sayqal berish” imkoniga ega bo`ladilar.
Foydalanish doiralari


Tabiiy va aniq fanlarni o`qitishda.
Afzalliklari 
Ushbu uslubiyat o`qituvchiga yechilayotgan masalalarning variativligini,
ya’ni bir necha yo`llar orqali yechish mumkinligini namoyish etishga imkon
beradi. Ayni paytda, o`quvchilar diqqatini bu jarayonda “to`g`ri” va “noto`g`ri”
yechimlar bo`lishi mumkin emasligiga qaratish lozim. Taklif etilgan har bir
variantda oqilona fikr mujassamlashgan, faqat uni “o`stirish”, ya’ni rivojlantirish
lozim.
Qiyinchiliklari
Katta vaqt ajratilishini talab qiladi, shuning uchun o`qituvchiga ushbu
mashqni darsga moslashtirish yoki belgilangan vaqtga qat’iy rioya qilish lozim. 

Yüklə 127,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə