Teskor (ekspres) tesr sinovlarini o‘tkazishga oid ko‘rsatmalar



Yüklə 127,83 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/11
tarix19.12.2023
ölçüsü127,83 Kb.
#151124
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
SINF O YINLARI BONUS

Maqsad sari bir qadam
Ta’rifi
Mashq qo`yilgan maqsadga erishish uchun amalga oshirish mumkin va
lozim bo`lgan harakatlarni aniqlashtirishga qaratilgan. Ishtirokchilardan gorizontal
chiziq chizish va unda teng masofada 11ta nuqta qo`yish va ularni 0dan 10gacha
bo`lgan raqamlar bilan belgilab chiqish iltimos qilinadi. Bu chiziq maqsadga
erishish yo`lini ifodalaydi.CHap tomondagi nuqta (0) maqsadga umuman
erishilmaganligini aks ettiradi, o`ng tomondagi chiziq esa (10) maqsadga butunlay
va eng muvaffaqiyatli ravishda erishilganligi vaziyatidan darak beradi.
Ishtirokchilardan ushbu har bir ikki nuqtaning oldida eng yomon va eng yaxshi
vaziyatni ta’riflaydigan bir necha so`zlarni yozish iltimos qilinadi.
SHundan so`ng ishtirokchilardan hosil bo`lgan shkala yordamida o`zlarining
ishdagi ahvollarini – ular maqsadga qanchalik yaqinlashib qolganlarini baholash
iltimos qilinadi. Ishtirokchilar tegishli raqamni belgilaydilar va uning yonida
ishlarning joriy ahvolini ifodalaydigan bir necha so`zlarni yozadilar. Keyin esa
ulardan ularning hozirgi vaziyatini aks ettiradigan nuqtadan navbatdagi nuqtagacha
strelka chizish iltimos qilinadi. «Bu maqsadingizga erishish uchun eng qisqa yo`l.
Hozircha bu maqsadga to`liq erishib bo`lmasa-da, biroq hech bo`lmasa bu qadamni
amalga oshirish mumkin va kerak. Bu qadamni amalga oshirish uchun siz qanday
aniq harakatlarni qilishingiz mumkin va aynan qachon siz buni bajarishingizni
o`ylab ko`ring va yozib oling».


Foydalanish doiralari
Tabiiy va aniq fanlarni o`qitishda, savollarni ma’lum o`quv mavzusi va turli
yoshdagi o`quvchilar guruhiga moslashtirishda.
Afzalliklari 
Ushbu mashq masalalarni aniqlashtirish qobiliyatini rivojlantirish va unga
erishish yo`lidagi qadamlarni tushunishga hamda mulohazalar yuritishdan aniq
harakatlarga o`tishga imkon beradi. Ko`pincha odam istayotgan maqsadiga kerakli
xususiyatlar va sharoitlarga ega bo`lmaganligi uchun emas, balki maqsad uning
uchun juda yrik bo`lib ko`ringanligi va odam unga erishish jarayonini hozirning
o`zidayoq qilish mumkin va lozim bo`lgan aniq harakatlarga, bosqichlarga ajrata
olmasligi uchun erisholmaydi. Mashq ushbu cheklovni hech bo`lmasa qisman
bartaraf etishga imkon beradi. 
Qiyinchiliklari
Mashqni bajarish uchun kerak bo`lgan vaqtni hisoblash chiqish.

Yüklə 127,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə