Texnika falsafasi


Texnikaning rivojlanish qonuniyatlari



Yüklə 3,24 Mb.
səhifə40/75
tarix23.12.2023
ölçüsü3,24 Mb.
#155246
növüУчебник
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   75
Техника фалсафаси.23-24

Texnikaning rivojlanish qonuniyatlari. Texnika falsafa-si bo‘yicha e’lon qilingan ko‘pgina asarlarning mualliflari “texnikaning rivojlanish qonunlari”ni aniqlashga harakat qiladi-lar. Ammo mazkur qonunlarning aksariyati hech qanday tanqidga dosh berolmaydi, chunki ularning mualliflari texnikaga asosan substan-siya nuqtai nazaridan yondashadilar, ya’ni texnika deganda texnik qurilmalarnigina tushunadilar. O‘z-o‘zidan ravshanki, texnik quril-malar turli nuqtai nazarlardan (ularning samaradorligi va ahamiyati, tarkibiy tuzilishi, texnikani yaratishda foydalanilgan bilimlarning turlari, foydalanish vaqti, tatbiq etish areallari va h.k.) tavsiflanishi, binobarin, texnikaning rivojlanishini belgi-lovchi tegishli, lekin turli-tuman qonunlar aniqlanishi mumkin. Bu nuqtai nazarlar anglab yetilmagan va texnikaning intuitiv his qilinuvchi mohiyatiga muvofiq kelmaydi, shu tufayli ham tadqiqot-chilar qayd etgan “texnikaning rivojlanish qonunlari” yo boshqa olimlar tomonidan rad etiladi, yo umumiy qonunlar emas, balki empirik kuzatishlar deb hisoblanadi.
Xo‘sh, “texnikaning rivojlanish qonunlari” haqida qaysi ma’noda so‘z yuritish mumkin? O‘z-o‘zidan ravshanki, ular tabiat qonunlari emas. Ayni paytda, ularni faoliyatning sof qonunlari deb nomlash ham to‘g‘ri bo‘lmaydi, zero texnikaning mohiyati, faoliyat-dan tashqari, boshqa bir qancha elementlar, masalan, ijtimoiy-madaniy omillar bilan ham belgilanadi. Texnikaning rivojlanish qonunlari – artefaktlar bo‘ysunadigan qonunlar. Texnikaning o‘zgarishiga faoliyat qonunlari ham, semiotik qonunlar ham, madaniyatlarning o‘zgarishi ham, hatto texnikaning o‘z rivojlanish natijalari ham ta’sir ko‘rsatadi. Shuni e’tiborga olib texnika-ning rivojlanishini belgilovchi ayrim qonunlarni ta’riflashga harakat qilamiz.
O‘xshashlik” qonuni. Ma’lumki, yangi texnik qurilma (mehnat qurollari, mexanizmlar, mashina)lar yoki ularning elementlari ko‘pgina parametrlarga ko‘ra mavjud yoki o‘tmishda bo‘lgan qurilma-larga o‘xshaydi, Yangi muhandislik yoki texnik yechimlar esa odatdagi yechimlarning muayyan xususiyatlarini takrorlaydi. Bunday o‘xshash-likni “o‘xshashlik qonuni” deb nomlash va texnik-ishlab chiqarish faoliyatining tabiati bilan bog‘lash mumkin. Shu tariqa faoliyat muayyan qoidalarga muvofiq, andozalar (prototiplar)ga ko‘ra tavsif-lanishi mumkin. Yangi texnika ko‘pincha u yoki bu texnik qurilmalar yoki ularning elementlari o‘xshashligi g‘oyalariga muvofiq yaratiladi.
Texnik effekt” qonuni. Amaliy effekt va’da qiluvchi yangi tabiiy jarayonning kashf etilishi yoki tabiiy jarayonlardan foyda-lanish yangi sohasining shakllanishi aksariyat hollarda yangi texnikaning yaratilishiga ham olib keladi. Ayni hol yuz bergan, ya’ni boshqa zaruriy sharoitlar ham yaratilgan taqdirda “texnik effekt qonuni”ning amal qilishi haqida so‘z yuritish mumkin.
Muhandislik gomogenligi” qonuni. Mavjud texnikani tako-millashtirish yoki yangi texnika yaratish yo‘nalishlaridan biri – texnik qurilma yoki ularning elementlarini mavjud tabiiy fanlar yoki texnika fanlari asosida tavsiflash mumkin bo‘lgan texnik qurilma yoki ularning elementlari bilan bog‘lash. Boshqa bir yo‘l – texnik qurilmalarni muhandislik yo‘li bilan yaratilgan texnik qurilmalar yoki ularning elementlari bilan bog‘lash. Natijada texnik qurilmalar umuman emas, balki muhandislik faoliyatiga nisbatan gomogenlashadi (ya’ni, ularni tashkil etuvchi asosiy jarayonlar tabiiy jarayonlar bilan bog‘lanadi, mazkur jarayonlarni belgilovchi omillar nazariy jihatdan tabiiy fanlar yoki texnika fanlarida tavsiflanadi, tegishli texnik qurilmalarning parametr-lari hisoblanadi).
Texnologik gomogenlik” qonuni. Texnik qurilmaning tarkibiy tuzilishini gomogenlashtirish muhandislik faoliyatiga nisbatan emas, balki texnologiyaga nisbatan ham amalga oshiriladi. Texnolo-gik gomogenlashtirishning zaruriy sharti – tadqiqot, muhandislik, loyihalash, ishlab chiqarish va boshqa faoliyat sohalarida yarati-layotgan texnik qurilmalarni texnologik borliq birliklari, kichik tizim yoki voqealari sifatida tavsiflash. Texnologik borliq deganda, shunday borliqni tushunish mumkinki, unda texnologiyaga xos bo‘lgan jihatlar: sivilizatsion o‘zgarish va yutuqlarni ta’minlovchi faoliyatdagi novatsiyalar, ularni yaratish imkoniyatini beruvchi faoliyatning rivojlanish mexanizmlari, faoliyatning rivojlanish imkoniyatlarini belgilovchi va cheklovchi ijtimoiy-madaniy omillar farqlanadi. Oxir-oqibatda texnologik gomogenlik qonuni turli tabiiy ilmiy va texnik bilimlar, faoliyatlar, sohalarning yangi sintezlarini yaratish imkoniyatini belgilaydiki, bu texnologiyaning asosini tashkil etadi.
Funksionallik” qonuni. Mazkur qonunga muvofiq, muayyan texnik qurilma va yechimlar yangi funksiyalar paydo bo‘lishi natija-sida boshqa qurilma va yechimlar yaratilishiga sabab bo‘ladi. Masalan, mashinalarning yaratilishi ularni boshqarish organlari ishlab chiqi-lishini talab qildi, mashinani boshqarish organlarining yaratilishi nazorat va ikki tomonlama aloqa tizimlari ishlab chiqilishiga olib keldi, ko‘p sonli elementlardan iborat murakkab texnik tizimlar-ning yaratilishi esa ularning ishonchliligi ta’minlash tizimlari ishlab chiqilishiga sabab bo‘ldi.
Texnobiologik o‘xshashlik” qonuni. (Kudrin qonuni). I.B.Kud-rin har bir (loyihaviy, texnologik foydalanish) hujjatlarda qayd etiladigan texnik mahsulotlarni ommaviy loyihalash va ishlab chiqarishda, texnik mahsulotlar o‘zini populyatsiyalardagi biologik jonzotlar kabi tuta boshlaydi. Boshqacha qilib aytganda, texnik mahsulotlarning bunday populyatsiyalariga nisbatan biologik qonun-larga o‘xshash qonunlar ta’riflanishi mumkin14.
Texnikaning konseptuallashuvi” qonuni. Texnikani tushunish-ning turli shakllari (professional ong, fan metodologiyasi va muhandislik faoliyati, texnik ta’lim, texnika falsafasi sohasida) paydo bo‘lishi bilan texnikaning rivojlanish jarayoniga “texnika konsepsiyalari” ancha kuchli ta’sir ko‘rsata boshladi. Mexanizm va mashina g‘oyalari hamda konsepsiyalari, texnika dizaynerlik nazariya-lari, sistemotexnika, bionika, texnika texnologik konsepsiyalari uning rivojlanish jarayoniga ulkan ta’sir ko‘rsatgan konsepsiyalar hisoblanadi.
Xulosa. XVI-XVII asrlarda muhandislik hamda texnikani muhandislik faoliyati asosida rivojlantirish g‘oyalari nazariya va ayrim amaliy namunalar edi, xolos. Ammo yangi fan va muhandislik, XIX-XX asr-larda esa to‘laligicha muhandislik va loyihalashga tayanuvchi indust-rial ishlab chiqarish rivojlanishiga qarab, yangi texnik dunyo qiyofasi yanada aniqroq tus oladi. Ammo texnika falsafasini texnik dunyoning tashqi qiyofasi, texnikaning misli ko‘rilmagan darajada murakkablashuvi, hatto, texnik shakllarning rivojlanish qonuniyat-lari ham emas, balki texnikaning faoliyati va rivojlanishini belgilovchi manba va omillar qiziqtiradi. Ularning orasida XIX asr oxiri – XX asr boshida vujudga kelgan diskurslar va dunyoning ilmiy-muhandislik manzarasi, ayniqsa, muhim o‘rin egallaydi.



Yüklə 3,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə