Texnologiya fanidan sayohatlar tshkil etish


Texnik vositalar yordamida dars o‘tish



Yüklə 92 Kb.
səhifə5/6
tarix27.09.2023
ölçüsü92 Kb.
#124340
1   2   3   4   5   6
TEXNOLOGIYA FANIDAN SAYOHATLAR TSHKIL ETISH kur ishi

Texnik vositalar yordamida dars o‘tish. O‘qituvchiga dars berishda yordam beruvchi asosiy qurol darslik, unga yozilgan metodik qo‘llanma, savol va masalalar hamda mashqlar to‘plami, didaktik materiallar va hokazolar. Shular qatoridan yaxshi o‘rin olgan texnik vositalardir. Yaʼni kino apparatlari, video, kodoskop va boshqalar. Ko‘z bilan ko‘rib, quloq bilan eshitishga yordam beradigan bunday asboblar o‘quvchilarning bilim olish samaradorligini oshiradi.

XULOSA
Xulosa qilib aytganda, o‘quvchilarni mehnatga ruhiy jihatdan tayyorlash - bu unda mehnatga nisbatan uning yoshiga muvofiq keluvchi ongli va ijobiy munosabatlarni tarkib toptirish, unda amaliy malaka va ko‘nikmalarni egallashga qiziqishni shakllantirish demakdir.O‘quvchilarning to‘g‘ri yo‘naltirilgan mehnat jarayonlari diqqatni bir yerga to‘plashni, serharakatlilikni, qiyinchiliklar bo‘lishiga qaramasdan, boshlagan ishini oxirigacha yetkaza olish odatlarini tarbiyalashga, o‘quvchilarning ijodiy tashabbusini o‘stirishga imkon beradi.
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida texnologiya o‘quv fanini o‘qitishning asosiy maqsadi - o‘quvchilarda texnik-texnologik hamda texnologik jarayon davomida bajariladigan operatsiyalar yuzasidan olgan bilim, ko‘nikma va malakalarini mustaqil amaliy faoliyatida qo‘llash, kasbhunar tanlash, milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida ijtimoiy munosabatlarga kirisha olish kompetensiyalarini shakllantirishdan iborat. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida texnologiya o‘quv fanini o‘qitishning asosiy vazifalari: materiallar va ularning xossalari, xususiyatlari hamda texnik obyekt va texnologik jarayonlarga oid ma’lumotlarni o‘rganish; texnik obyekt hamda texnologik jarayonlarda maxsus va umummehnat operatsiyalarini bilish; texnologik jarayonlarni boshqarish, maxsus va umummehnat operatsiyalarini amaliyotda qo‘llay olish; texnik va kreaktiv fikrlashni, intellektual qobiliyatlarini shakllantirish; texnologik jarayon va tayyorlangan mahsulotlarni bajarish ketma-ketligi hamda mahsulot sifatini tahlil qila olish; buyum va jarayonlarni bajarishga oid xulosalar chiqarish hamda mehnat operatsiyalarini, mahsulot sifatini baholay olish; ongli ravishda kasb tanlashga tayyorlash ishlarini amalga oshirishda tayanch va texnologiya faniga oid kompetensiyalarni shakllantirish hamda rivojlantirishdan iborat. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida texnologiya fani boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishida umumlashgan holda, 5-9-sinflarda “Texnologiya va dizayn”, “Servis xizmati” yo‘nalishlarida o‘qitiladi.


Yüklə 92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə