Texnologiya fanidan sayohatlar tshkil etish



Yüklə 92 Kb.
səhifə2/6
tarix27.09.2023
ölçüsü92 Kb.
#124340
1   2   3   4   5   6
TEXNOLOGIYA FANIDAN SAYOHATLAR TSHKIL ETISH kur ishi

Tadqiqot maqsadi: Texnologiya fanidan sayohatlar tshkil etish ” mavzusini o’qitishda interfaol metodlaridan foydalanishni o’quv jarayoniga tadbiq etis
Tadqiqot vazifasi:Muammoning nazariy va amaliyotdagi holatini o’rganish va uning taxlili;interfaol metodlarni”Texnologiya ta’lim metodikasi“ mashg’ulotlariga joriy etishning o’ziga xos xususiyatlarini aniqlash;
Texnologiya ta’limi metodikasi fanini o’qitishda o’quvchilarga kasb hunarga oid bilimlar berish va ko’nikmalarini shakllantirishda interfaol metodlarni ishlab chiqish;
Tadqiqot ob’ekti:-Umumiy o’rta ta’lim maktablaridagi texnologiya darslarini hisoblanib, interfaol metodlardan foydalanish jarayoni.
Tadqiqot predmeti:Sifatida umumiy o’rta ta’lim maktablarining texnologiya darslari jarayoni, unda qo’llaniladigan o’qitish usullari :“ Texnologiya fanidan sayohatlar tshkil etishning mazmuni,shakli,kasbga yo’naltirish ishlari.
Tadqiqot maqsadi:”Texnologiya ta’lim metodikasi“ mashg’ulotlarida” “Texnologiya fanidan sayohatlar tshkil etish ”ga oid bilim va ko’nikmalarini shakllantirishda interfaol metodlaridan foydalanish,o’quvchilarning bu fanni o’zlashtirishini samaradorligini oshirish.Buning uchun
-o’qitish jarayonida kompyuter va interfaol metodlar uyg’unlikda olib borilsa;
-texnologiya va dizayn fanidan dasturiy-pedagogik vositalar ishlab chiqilsa;
-taqdimot tayyorlashda animasiya va multmediadan foydalanilsa;
-mashg’ulot jarayonida grafik organayzerlardan foydalanilsa; mashg’ulotlarga doir keyslar ishlab chiqilsa va tadbiq qilinsa; nostandart testlar ishlab chiqilsa,maqsadga muvofiq bo’ladi.

O’QUVCHILAR UCHUN TEXNOLOGIYA DARSLARI


Umumiy o`rta ta`lim maktablarining boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun texnologiya darslari qiziqarli fanlardan biri hisoblanadi. Ko‘pgina fanlar qatorida yosh avlodning har tomonlama yetuk bo‘lishi ta’lim-tarbiya jarayonini to‘g‘ri tashkil etishda texnologiya fani o‘zining muhim o‘rniga ega. O‘quvchi voyaga yetib, qaysi kasbni egallamasin, kim bo‘lmasin, “Texnologiya” fanidan olgan bilim va ko‘nikmalari hayotda, albatta, naf keltiradi. Bugungi kunda yoshlarga kasb tanlashlarida, barkamol shaxs bo‘lib yetishishlarida, ijodiy qobiliyatlarini rivojlanishlarida texnologiya fani asosiy ko‘makchi va muhim manba bo‘lib xizmat qiladi.
Texnologiya darslari o‘quvchilarga quvonch bag‘ishlaydi. Chunki ular bu darsda o‘z mehnatlarining rohatini ko‘radi, bajargan ishlaridan zavqlanadi, bu esa o‘z navbatida o‘quvchilarda bir qancha ijobiy hislatlarni shakllanishiga yordam beradi. Texnologiya darslarida o‘quvchilarning bilim doirasi kengayadi, mehnatga bo‘lgan hurmati oshib boradi, kasbga bo‘lgan qiziqish uyg‘onadi. Bu jarayonlar sodir bo‘lishi uchun esa o‘qituvchi darsni samarali tashkil qilishi va har bir darsga puxta tayyorgarlik ko‘rishi kerak bo‘ladi.Texnologiya darslarida samaradorlikka erishishning hamda o`quvchilarning qiziqishini oshirishning yo‘llari ko‘p. Quyida ularning ayrimlari bilan tanishib chiqamiz.
Texnologiya darslarida uyishtiriladigan sayohatlar - dars mavzusidan kelib chiqqan holda maktab rahbarining ruxsati bilan sayohatlarni rejalashtirishni dars jarayonlarida yoki darsdan bo‘sh vaqtlarda ham tashkil qilsa bo‘ladi. O‘quvchilar bilan birgalikda milliy hunarmandchilik uylari, muzeylarga, ko‘p yillik tajribaga ega hunarmandlar va duradgorlar oldiga borish ularning qo‘l mehnatlarini tomosha qilish, tayyorlanish texnologiyasi bilan tanishish ularga o‘zgacha zavq bag‘ishlaydi. Texnologiya darslarida uyushtiriladigan sayohatlar davomida o‘quvchilar duradgorlik, chilangarlik, tikuvchilik hamda pazandachilik sohalarga oid ko‘plab kasb-hunarlar bilan tanishadilar. Bu esa o‘quvchilarni kelajak hayotlarida shu kabi kasb-hunarlardan birini egallab, sohaning mohir mutaxassisi bo‘lib yetishishlariga qiziqishlarini oshishiga ham sabab bo‘ladi.
Texnologiya darslarida “master-klass”larni tashkil qilish-dars jarayoniga ko‘p yillik tajribaga ega, hunarmandlar, duradgor, tikuvchi va boshqa kasb egalarini taklif qilish. Ularning hayotiy tajribasi bilan o‘rtoqlashish. O‘quvchilarning qiziqqan savollariga javob olishi va ular bilan birgalikda ma’lum bir mehnat faoliyatini birgalikda bajarishi ular uchun unutilmas jarayon va tajriba bo‘ladi. Natijada o‘quvchilar texnologiya darslarida ulardan o‘rgangan ish tajribalarini yodga oladi va amaliy darslarda o‘zlarini sinab ko‘rishadi.
Texnologiya dars jarayonida AKTdan foydalanish- hozirda hech bir sohani AKTsiz tasavvur qilishni imkoni yo‘q. Texnologiya darslari amaliy mehnat jarayonlariga asoslangan bo‘lsada, axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish dars jarayonining muvaffaqiyatli o‘tishiga yordam beradi. Maktabning boshlang‘ich sinf o‘quvchilari rangli qog‘ozdan har xil gullar, maketlar, tabriknomalar, turli ko‘rinishdagi o‘yinchoqlar, parranda va jonivorlar shaklini yasash, gazlamalardan ajoyib buyumlar tayyorlashni o‘rganib boradilar. Dars jarayonida faqatgina bitta usuldan foydalanib mehnat jarayonlarini tashkil qilish o‘quvchilar uchun ozroq zerikarli bo‘lib qolishi mumkin. Shuning uchun o‘qituvchi yangi dars yuzasidan izlanishi, yangi materiallarni yig‘ishi kerak bo‘ladi. Hozirda inson mehnati tufayli ko‘plab go‘zalliklar yaratilmoqda. Bunday qo‘l ishlarini topish va ularni o‘quvchilar bilan birgalikda bahramand bo‘lishi uchun ko‘pgina internet saytlari mavjud. Oddiygina qog‘ozdan gul yasash jarayonini mingdan ortiq turi mavjud.Shunga o‘xshash eng yaxshi namunalarni izlab topish va ularni o‘quvchilarga ko‘rsatish natijasida darsda yanada ko‘proq o`quvchilarni qiziqishlarini oshishiga erishish mumkin. Bu jarayon o‘quvchilarning ijodkorlik qobiliyatlarni rivojlanishiga ya’ni faqat ko‘rgan narsasini yasashni emas, balki o‘zlari mustaqil ravishda ijod qilishiga turtki bo‘ladi.
“Texnologiya” darsligi insonlar hayotida muhim o‘rin tutuvchi amaliy mehnat faoliyatiga tayyorgarlik ko‘rishda muhim o‘rin tutadi. Voyaga yetib, qaysi kasbni egallamang, kim bo‘lmang, “Texnologiya” fanidan olgan bilim va ko‘nikmalaringiz Sizga hayotda, albatta, naf keltiradi. “Texnologiya” darslarida materialshunoslik, asbob-uskunalar, moslamalar va ulardan foydalanishga oid bilimlarni o‘zlashtirasiz. Mahsulot ishlab chiqarish va uyro‘zg‘or buyumlarini ta’mirlashga oid ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lasiz. Bu maqolada o’quvchilarning turli materiallarga ishlov berish usullarini egallashida kerak bo’ldigan qobiliyatlar va ularni shakllantirishga doir jihatlar keltirib o’tilgan. Zero, materiallarga ishlov berish bilan bog‘liq umummehnat ko‘nikmalari har bir inson hayotida muhim o‘rin tutadi. Jamiyatimizning har bir a’zosining bilim va salohiyatini to‘la ro‘yobga chiqarishga qaratilgan bozor munosabatlarining rivojlanib borayotganligi bu ko‘nikmalarning zaruratini yanada oshirmoqda. Ijodkorlik – bu yangi g‘oyaga asoslangan moddiy va ma’naviy boyliklarni yaratishdir. Ijodiy faoliyat tufayli hayotimiz yanada qulay va qiziqarli bo‘lib bormoqda. Sizni o‘rab turgan barcha buyumlar, jihoz va uskunalar ijodkor insonlartomonidan yaratilgan texnik vosita va texnologiyalarning mahsuli hisoblanadi. Ular mehnati natijasida ulkan samolyotlar, zamonaviy avtomobillar, katta imkoniyatlarga ega kompyuterlar va biz uchun qadrli boshqa ne’matlar yaratilgan. Siz ham kelajakda voyaga yetib, tanlagan kasbingizni mukammal egallab, bu taraqqiyotga o‘z hissangizni qo‘shasiz deb umid qilamiz. Bu vazifalarni uddalashingizda muvaffaqiyatlar tilaymiz. Asosiy qism: Texnologiya darslarida zamonaviy (innovatsion, pedagogik va axborot) texnologiyalarini qo‘llashning asosiy bo'limlari «Texnologiya va dizayn», «Servis xizmati» hamda «Qishloq xo‘jalik asoslari» yo‘nalishlari berilgan. Siz ulardan birini to‘liq o‘rganasiz. Shuni e’tiborga olish kerakki, «Texnologiya va dizayn» yo‘nalishi uchun darslikda «Elektrotexnika ishlari» hamda «Uy-ro‘zg‘or buyumlarini ta’mirlash» nomli boblar berilgan. Bu boblarni «Qishloq xo‘jalik asoslari» yo‘nalishlarini o‘rganayotgan o‘quvchilar ham o‘rganadilar. Siz mashg‘ulotlar va uyushtiriladigan sayohatlar davomida ko‘plab sohalarga oid kasbhunar turlari bilan tanishasiz. Kelajak hayotingizda shu kabi kasb-hunarlardan birini egallab, o‘z sohasining mohir ustasi bo‘lib yetishasiz. Bu bilan siz jamiyatimiz ravnaqi uchun o‘z hissangizni qo‘shasiz. Ta’lim sohasidagi ilmiy-pedagogik adabiyotlarda texnologiya, pedagogic texnologiya, texnologik yondoshuv, ta’limni texnologiyalastirish, texnologik tayyorgarlik haqida so’z yuritilib, ularga turlicha talqin va ta’riflar beriladi. Menimcha, avvalo «texnologiya» so’zining ma’nosini bilish maqsadga muvofiq. «Texnologiya» so’zining grek tilidan tarjimasi tayyor mahsulot, buyumlar olish maqsadida ishlab chiqarishning mos keladigan qurilma va jihozlari bilan xom-ashyo va materiallarini ishlov berish usullari majmuasini tizimlashtiruvchi fanni anglatadi. Shuning uchun bo’lsa kerak, ba’zida uni «texno» - hunar yoki san’at, «logos» - fan deb, buyum olish uchun xom-ashyolarga ishlov berish san’ati haqidagi fan sifatida e’tirof etishadi. Shu nuqtai nazardan bo’lsa kerak,Yevropa mamlakatlarida, jumladan Germaniya va Rossiya maktablarida «Mehnat ta’limi» o’quv predmetini «Texnologiya» yoki «Texnologik ta’lim» deb yuritilishi maqsadga muvofiq hisoblayman. Bundan tashqari, o'quvchilarni texnologiya darslarida texnik ijodkorlikni, qobiliyatini, tafakkurini rivojlantirish, dars jarayonida turli va tabiiy hamda metall va metallmas materiallarga texnologiya asosida ishlov berish usullarini o‘rgatish orqali kasb-hunarga yo‘naltirishni yanada kuchaytirish, xalq hunarmandchiligi asoslari, ro‘zg‘orshunoslik, elektrotexnika ishlarini bajarishda kasb-hunarga yo‘llash bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarni egallash hamda ularni hayotda qo‘llay olish layoqatini shakllantirish ko‘zda tutilgan.

Innovatsiya - lotincha so‘z bo‘lib, “yangilik kiritaman, tatbiq etaman, o‘zgartiraman” degan maʼnolarni bildirib, u quyidagi usullardan iborat: modellashtirish (trenirovka), namoyish qilish, lichik guruhlarda bo‘lish, aqliy hujum, tanqidiy tafakkur, debatlar, nuqtai nazaring bo‘lsin, har kim har kimga o‘rgatadi, rolli uyinlar, muayyan holatni (vaziyatni) o‘rganish, modifikatsiyalangan maʼro‘za, o‘yinlar,


Texnologiya darslarida anʼanaviy dars o‘tish metodlari quyidagilardan iborat:

  1. o‘quv mavzusini og‘zaki bayon qilish;

  2. suhbat;

  3. darslik va kitob bilan mustaqil ishlash;

  4. demonstratsiya, illyustratsiya (tasvirlash, rasmlar bilan kursatish) va ekskursiya;

  5. og‘zaki, yozma mashq hamda grafik ishlar, maktab maʼro‘zasi;



  1. amaliy mashg‘ulotlar (laboratoriya ishi, masala ishlash).

O‘quv materiallarini og‘zaki bayon qilish metodi bayon qilinayotgan bilimlarni tug‘ridan-tug‘ri o‘qituvchining jonli nutqi orqali bayon qilinishi bilan tavsiflanadi.

Bu metod: a) hikoya qilish; b) tushuntirish; v) maktab maʼro‘zasidan iborat bo‘lishi mumkin.


Yüklə 92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə