Tijorat banklari


Likvidlilik ko‘rsatkichlariga qo‘yiladigan talablar



Yüklə 2,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə124/134
tarix19.12.2023
ölçüsü2,67 Mb.
#153056
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   134
Тижорат банклари. Сатторова Н. -

Likvidlilik ko‘rsatkichlariga qo‘yiladigan talablar.
Likvidlilikni 
qoplash me’yori koeffitsiyenti (bundan buyon matnda LQMK deb 
yuritiladi) yuqori likvidli aktivlarning keyingi 30 kun ichidagi jami sof 
chiqimga 
nisbati 
sifatida 
aniqlanadi 
(LQMK=yuqori 
likvidli 
aktivlar/keyingi 30 kun ichidagi jami sof chiqim). 
Keyingi 30 kun ichidagi kirim keyingi 30 kun ichidagi chiqimning 75 
foizidan oshgan taqdirda, keyingi 30 kun ichidagi kirim sifatida keyingi 30 
kun ichidagi chiqimning 75 foizi olinadi. 
Keyingi 30 kun ichidagi kirim va chiqimning qayta hisoblash 
koeffitsiyenti Markaziy bank tomonidan o‘rnatiladi va majburiyatlarning 
turi va muddatiga bog‘liq bo‘ladi. 
LQMK 100 foizdan kam bo‘lmasligi lozim. Ushbu ko‘rsatkich 2019-
yil 1-sentabrdan boshlab:
-
barcha valyutalarda;
-
milliy valyutada;
-
xorijiy valyutalarda (barcha xorijiy valyutalarning yig‘indisi) 
ta’minlanishi shart. 
-
2020-yil 1-iyundan boshlab banklarning yuqori likvidli aktivlari 
jami aktivlardagi ulushi kun oxiriga 10 foiz miqdoridan kam bo‘lmasligi 
lozimligi belgilab qo’yilgan. 
SBMMK barqaror moliyalashtirishning mavjud summasini barqaror 
moliyalashtirishning zarur summasiga nisbati sifatida aniqlanadi 
(SBMMK=barqaror 
moliyalashtirishning 
mavjud 
summasi/barqaror 
moliyalashtirishning zarur summasi).
SBMMK 100 foizdan kam bo‘lmasligi lozim. Ushbu ko‘rsatkich 
2019-yil 1-sentabrdan boshlab:

barcha valyutalarda;

milliy valyutada;


227 

xorijiy valyutalarda (barcha xorijiy valyutalarning yig‘indisi) 
ta’minlanishi shartligi belgilab qo’yilgan. 
SBMMK aktivlarni qaytarish muddatlarini hisobga olgan holda
moliyalashning barqaror resurslari mavjud bo‘lishi uchun, shuningdek 1 
yildan ortiq muddatdagi balansdan tashqari moddalardagi majburiyatlarni 
qo‘shib, likvidlilikka bo‘lgan talabni (zarur bo‘lgan barqaror 
moliyalashtirishni) qondirish uchun kerak. 
Barqaror moliyalashtirishning mavjud summasiga quyidagilar kiradi: 
-
jami kapital; 
-
amaldagi qaytarish muddati 1 yil va undan ortiq bo‘lgan bank 
majburiyatlari; 
-
qaytarish muddati belgilanmagan boshqa depozitlar va qarz 
mablag‘lari summasining 30 foizi; 
-
qaytarish muddati 1 yildan kam bo‘lgan boshqa depozitlar va qarz 
mablag‘lari summasining 30 foizi. 
Barqaror moliyalashtirishning zarur summasiga quyidagilar kiradi: 
-
qaytarilishiga 1 yil va undan ortiq muddat qolgan bank aktivlari, shu 
jumladan muammoli kreditlar va nomoliyaviy aktivlar (yer uchastkalari
binolar, mebel, kompyuterlar va avtomashinalar); 
-
sud jarayonida bo‘lgan yoki belgilangan tartibda undirilmagan 
aktivlar; 
-
qaytarish muddati 1 yildan kam bo‘lgan boshqa aktivlar 
summasining 30 foizi, qaytarish muddati 1 yildan kam bo‘lgan yoki 
muddatsiz likvidli aktivlar bundan mustasno; 
-
balansdan tashqari moddalarning 15 foizi, bundan depozit bilan 
ta’minlangan akkreditivlar va kafolatlar hamda kredit ajratish bo‘yicha 
shartli majburiyatlar mustasno. 

Yüklə 2,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   134




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə