Tijorat banklari


 O’zbekiston tijorat banklarining likvidlik holati



Yüklə 2,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə125/134
tarix19.12.2023
ölçüsü2,67 Mb.
#153056
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   134
Тижорат банклари. Сатторова Н. -

10.2. O’zbekiston tijorat banklarining likvidlik holati 
Banklarning likvidliligini boshqarish tizimini doimiy ravishda 
takomillashtirish zarurati dolzarb hisoblanadi. Tijorat banklarini 
boshqarishni moliyaviy barqarorlik talablariga muvofiq bank faoliyatining 
yuqori rentabelligini ta’minlash muammolarini hal etishga ilmiy jihatdan 
to‘g‘ri keladigan yangi yondashuvlarni ishlab chiqish kerak.
Bank tizimining likvidligi banklar majmuining o‘z funksiyalari va 
majburiyatlari o‘z vaqtida bajarilishini, shu jumladan, moliya institutlari 
o‘rtasida pul bozori orqali mablag‘larni qayta taqsimlashni ta’minlash 
imkoniyatini anglatadi. 


228 
Markaziy bank bank tizimi umumiy likvidligining ortib borishi 
sharoitida pul-kredit operatsiyalariga tegishli o‘zgartirishlar kiritib bordi. 
Mijozlar oldidagi majburiyatlarni belgilangan muddatlarda qaytarish 
imkonini beruvchi ishonchli likvidlilik zaxirasini yaratish bo‘yicha 
ko‘rilgan choralar natijasida 2022 yilda yuqori likvidli aktivlar hajmi 104 
trln so‘mga yetib, 2021 yilga nisbatan qariyb 1,4 barobarga oshdi. 
Bunda, yuqori likvidli aktivlar tarkibida milliy valyutadagi aktivlar 
qariyb 12 trln so‘mga, xorijiy valyutadagi aktivlar esa 15 trln so‘mga oshib, 
ularning hajmi mos ravishda 51 va 53 trln so‘mni tashkil etdi. 
 
10.1-rasm. Yuqori likvidli aktivlarning (YuLA) tarkibi va jami 
aktivlardagi ulushi dinamikasi
87
 
Yuqori likvidli aktivlar hajmining ko‘payishi aktivlar tarkibida boshqa 
banklardagi mablag‘larning 
1,4 barobarga
, davlat qimmatli qog‘ozlarining 
1,6 barobarga
, bank kassalaridagi naqd pullarning 
1,8 barobarga 
oshishi 
hisobiga shakllandi.
Natijada, 
yuqori likvidli aktivlarning jami aktivlardagi ulushi 
2022 
yil boshiga nisbatan 

Yüklə 2,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   134




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə