Tijorat banklari



Yüklə 2,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə123/134
tarix19.12.2023
ölçüsü2,67 Mb.
#153056
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   134
Тижорат банклари. Сатторова Н. -

Nazorat uchun savollar: 
1.
Bank daromadlari nima va u qanday tashkil topadi?
2.
Bank xarajatlari nima va u qanday tashkil topadi?
3.
Bank foydasi nima va u qanday tashkil topadi?
4.
Bank sof foydasi nima va u qanday tashkil topadi?
5.
Foizli xarajatlar va ularning tarkibini tushuntiring.
6.
Foizsiz xarajatlar va ularning tarkibini tushuntiring.
7.
Foizli daromadlar va ularning tarkibini tushuntiring.
8.
Foizsiz daromadlar va ularning tarkibini tushuntiring.
9.
Foizsiz daromadning afzalliklari.
10.
Foizsiz daromadning kamchiliklari. 
11.
Operatsion xarajat nima? 
12.
Foiz marjasi qanday aniqlanadi? 
13.
Tijorat banklarining foyda tushunchasi. 
14.
Sof foyda qachon yuzaga keladi? 
 
 


224 

BOB. 
TIJORAT 
BANKLARINING 
TO’LOVGA 
LAYOQATLIGI VA LIKVIDLIGI 
10.1. Tijorat banklarining to’lovga layoqatliligi va likvidliligi 
haqida tushuncha. Tijorat banklarining likvidlik ko’rsatkichlari 
 
Har qanday mamlakat iqtisodiyotining tayanadigan asosiy ustunlardan 
biri bo’lib moliyaviy jihatdan mustahkam va barqaror faoliyat ko’rsatuvchi 
bank tizimi hisoblanadi. Har bir mutsaqil davlatning ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlanish darajasi va kelajakdagi taraqqiyoti avvalo mazkur mamlakatda 
barpo etilgan va muntazam ravishda takomillashtirilib boriladigan bank 
tizimining faoliyatiga bog’liqdir. 
Ma’lumki tijorat banklari har kuni o’zaro bog’liq bir necha masalalarni 
yechmoqlari lozim: 
a) o’z operatsiyalarining foydaliligiga erishish
b) likvidlik darajasini zarur darajada saqlash; 
v) to’lov qobiliyatini mustahkamlash va boshqalar. 
Ammo shuni ta’kidlash lozimki bankning daromadliligi va likvidligi 
o’zaro teskari mutanosibdir. Yuqori likvidlikni ta’minlash bankning yuqori 
daromadlikka erishish maqsadiga ziddir, chunki likvid aktivlar nolikvid 
aktivlarga nisbatan kam foiz daromadlari keltiradilar. Boshqa tomondan 
yuqori foydaga erishish maqsadida aktiv siyosat yurgizayotgan banklar 
likvid aktivlarini mumkin bo’lgan minimal darajada ushlab turish 
tenedensiyasiga ega bo’ladilar. 
Likvidlik va daromadlik o’rtasidagi bunday o’zaro bog’liqlik bank 
siyosati noratsional tuzilgan sharoitda yuqori likvidlik mavjud holda uning 
norentabelligiga yoki xatarli darajada pas bo’lgan likvidlik sharoitida 
bankning yuqori daromadligiga olib kelishi va bu uning bankrotligiga sabab 
bo’lishi mumkin. Likvidlik va foydalilikning optimal darajada bo’lishini 
ta’minlash uchun banklar bu ko’rsatkichlarni kompleks tahlil qilishlari 
zarur, buning uchun esa avvalo «bankning likvidligi» va «bankning to’lov 
qobiliyati» kabi tushunchalarni ko’rib chiqmoq zarur. 
Hozirgi iqtisodiy adabiyotlarda likvidlik va to’lov qobiliyati iqtisodiy 
terminlari ko’pincha bir-birini o’rnini almashtirgan holda talqin etiladi.
Likvidlik termini moddiy qiymatliklarning va boshqa aktivlarning 
tezda sotilishini va pulga aylanishini ifodalaydi. Bankning likvidligini 
shuningdek ko’pgina hollarda naqd mablag’larni O’zbekiston Respublikasi 
Markaziy bankidan yoki korrespondent banklardan sotib olish qobiliyati deb 
kam baholashadi. To’lig’icha bank likvidligi deganda likvid aktivlarini 


225 
sotish, pul mablag’larini Markaziy bankdan sotib olish va aksiyalar
obligatsiyalar, depozit va omonat sertifikatlari xamda boshqa qarz 
intsrumentlarini emissiyasini amalga oshirish imkoniyatlari nazarda tutiladi. 
To’lov qobiliyati - bu birmuncha kengrok bo’lib u faqatgina aktivlarni 
tezda pulga aylantirish imkoniyatlarini emas, balki tijorat bankining o’z 
kreditorlari - omonatchilar, banklar va davlat oldidagi kredit va boshqa pul 
harakteridagi operatsiyalaridan kelib chiqadigan o’z to’lov majburiyatlarini 
o’z vaqtida va to’lig’icha bajarish qobiliyatini ham o’z ichiga oladi. 
Shunday qilib, likvidlik to’lov qobiliyatining zarur va majburiy sharti 
sifatida maydonga chiqadi. Uning bajarilishi ustidan nazoratni faqatgina 
yuridik yoki jismoniy shaxsning o’zigina emas, balki muayyan tashqi 
nazorat organi ham o’z zimmasiga oladi. 
Tijorat bankining likvidligi uning passiv bo’yicha pul shaklidagi o’z 
majburiyatlarini o’z vaqtida bajarilishini ta’minlash qobiliyatidir. Bankning 
likvidligi bank balansining aktiv va passivlarini balanslashtirilganlik 
darajasi, bank tomonidan joylashtirilgan aktivlar va jalb qilingan 
passivlarning muddati bo’yicha o’zaro moslik darajasi bilan belgilanadi. 
Bank likvidligining me’yorlari odatda balans aktivlarining turli moddalarini 
passivlarning jami summasiga yoki ma’lum moddalariga, yoki aksincha 
passivlarning aktivlarga bo’lgan nisbati sifatida o’rnatiladi. 
Bankning to’lov qobiliyatiga uning o’z majburiyatlari bo’yicha zarur 
summada javob bera olish qobiliyati deb ta’rif beriladi. 
Likvidli aktivlar — qiymati bozorda shakllanadigan, bozor qiymati 
bo‘yicha qisqa muddat ichida ularni sotib olishga osonlik bilan xaridor 
topiladigan, doimiy ravishda ko‘zda tutilmagan (nomaqbul) yo‘qotishlarsiz 
sotiluvchi va sotib olinuvchi aktivlardir
86

Likvidli aktivlarga quyidagilar kiradi: 

naqd pullar; 

sof quyma oltin; 

bankning O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida (bundan 
buyon matnda Markaziy bank deb yuritiladi) ochilgan hisobvaraqlaridagi 
mablag‘lar; 

bankning boshqa banklarda ochilgan vakillik hisobvaraqlaridagi 
mablag‘lar; 

O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining va Markaziy bankining 
qimmatli qog‘ozlari; 

qisqa muddatli (30 kungacha) banklararo kreditlar va depozitlar; 
86
“Tijorat banklarining likvidliligini boshqarishga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risida”gi NIZOM. 
13.08.2015
yil. №2709.


226 

tavakkalchilik darajasi past bo‘lgan mamlakatlar hukumatlari va 
Markaziy banklari tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar, shuningdek 
bu mamlakatlar hukumatlari va Markaziy banklariga boshqa moliyaviy 
talablar;

“Standard & Poor`s”, “Fitch Ratings” va “Moody`s Investors 
Service” kompaniyalarining investitsion reyting darajasidan kam bo‘lmagan 
yoki O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tan olinadigan 
boshqa reyting kompaniyalarning ushbu baho darajalariga teng bo‘lgan 
reyting baholariga ega, rivojlangan fond birjalari ro‘yxatlariga kiritilgan, 
tavakkalchilik darajasi past bo‘lgan mamlakatlarning yetakchi 
kompaniyalari qimmatli qog‘ozlari. 

Yüklə 2,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   134




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə