Tijorat banklari



Yüklə 2,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə122/134
tarix19.12.2023
ölçüsü2,67 Mb.
#153056
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   134
Тижорат банклари. Сатторова Н. -

9.4. Tijorat 
banklarining 
foyda 
tushunchasi. 
Tijorat 
banklarining foydasi va uni taqsimlash 
 
Foyda
- bu bankning odatiy faoliyati jarayonida yuzaga kelishi yoki 
yuzaga kelmasligi mumkin bo’lgan daromad ko’rinishi. Foyda, masalan, 
asosiy vositalarning chiqib ketishidan olingan foydani o’z ichiga oladi. 
Foyda ta’rifi realizatsiya qilinmagan foyda, masalan savdo uchun 
mo’ljallangan (bozor) qimmatli qog’ozlarni qayta baholashda yuzaga 
keladigan foydani ham o’z ichiga oladi. 
Tahlillarga tayangan holda shuni aytimiz mumkunki “Iqtisodiy inqiroz 
vaqtida Amerika tijorat banklarining yillik sof foydasi tarmoqlar bo’yicha 
foydaning ko’p miqdori rezervlarni boy berishda sezilarli darajada tushib 
ketdi”,- deb iqtisodiy manbalarda keltirilgan. 
Tijorat banklari daromadi (foydasi)ni shakllantirishning va ular 
faoliyatining asosiy tamoyillaridan biri, avvalo, o’zida mavjud bo’lgan 
tabiiy resurslar bilan ishlashdir. Tijorat banklari naqd pulsiz to’lovlarni 
amalga oshirishni, boshqa banklarga va mijozlariga kredit berishi va 
banklardan o’z hisobvarag’i chegarasida naqd pul olishi mumkin. 
Tijorat banklari o’zida mavjud bo’lgan haqiqiy resurslar chegarasida 
ishlashi deganda, tijorat banklarining nafaqat o’z mablag’lari bilan kredit 
qo’yilmalari o’rtasidagi miqdoriy munosabatni ta’minlashi zarur, balki bank 


222 
aktivlariga yo’naltirilgan mablag’lar xususiyati munosabatiga ham erishish 
zarur. Avvalo bu ularning muddatiga tegishlidir.
Bank aktividagi ssuda qarzi miqdorining ko’pligi undan o’z 
mablag’larini ko’paytirishni talab etadi. Bankning iqtisodiy normalarini va 
uning operatsiyalarini muvofiqlashtirish davomida bank aktivlarining 
passivlar tavfsilotiga mustahkam bog’liqligiga ahamiyati berilishi kerak. 
Shuning uchun bank operatsiyalari shart-sharoitlarini ishlab 
chiqayotganda, avvalo, tegishli passivlarni shakllantirish manbalari hisobga 
olinadi. 
Iqtisodiy normativ hujjatlar talablariga mos kelgan holda, tijorat 
banklari o’zida mavjud bo’lgan resurslar bilan aktiv operatsiyalarni yetarli 
darajada o’tkaza oladi. 
Tijorat banklarining o’zida mavjud bo’lgan chetdan jalb qilingan 
resurslar bilan faoliyat ko’rsatish tamoyili fundament sifatida uning alohida 
ko’rsatkichlariga ta’sir etadi: bankning depozitlarni jalb qilish xohishi ortib 
boradi, yagona davlat banki tomonidan 
ma’muriy yo’nalishda 
boshqaruvdan bo’shagan kredit resurslari harakatidan iborat passivlar uchun 
iqtisodiy raqobat rivojlanadi. Bank kapitalining yuqori rentabelli tarmoq 
(inflyatsiya sharoitida savdo tashkilotlari, birja faoliyati yuqori daromadli 
muomala sferasi bo’lib hisoblanadi) tomon ko’chishi yuz beradi. Kredit 
resurslarini planlashtirish va uning yordamida bank resurslarini hosil 
qilishga e’tibor kuchayadi. 
Mavjud bo’lgan banklar qonun-qoidalar tizimi tijorat banklariga 
o’zining foyda va fondlaridan erkin foydalanish huquqini beradi. Tijorat 
banklarining soliqlar to’langandan keyingi qoladigan daromadi (foydasi) 
umumiy aksionerlar yig’ilishi qarorlariga muvofiq taqsimlanadi. U 
bankning xar hil fondlariga ajratmalar ajratish tartibi va aksiyalar bo’yicha 
beriladigan dividendlar miqdorini belgilaydi. 
Banklar foiz siyosatini amalga oshirishda omonatlar bo‘yicha 
to‘laydigan foizni ularning o‘zlari taqdim etadigan ssudalar uchun oladigan 
ssuda foizidan pastroq qilib belgilaydi. Sodda qilib aytganda, olingan va 
to‘langan foizlarning summalari o‘rtasidagi farq banklarning foydasining 
asosini tashkil etadi. Bank foydasiga boshqa turdagi operatsiyalardan 
ko‘rilgan daromadlar ham kiradi. Bank foydaning bir qismini soliqlarni 
to‘lashga, o‘z harajatlarini (bank xizmatchilariga, xodimlariga ish haqi 
to‘lash, binolarni saqlash, idora chiqimlari, reklama harajatlari, transport 
xarajatlari va boshqalar uchun mablag‘ sarflash) qoplashga ishlatadi, 
soliqlar to‘lagandan qolgan qismi esa bankning sof foydasini tashkil etadi. 


223 
Ma’lumki, tijorat banklari yuqori foyda olish maqsadida o‘zlarining 
foiz siyosatini yuritadilar. Ammo, banklarda yuqori foyda olish 
imkoniyatlari keng bo‘lsada, ular bu imkoniyatlardan ehtiyotkorlik bilan 
foydalanishlari lozim. 
Chunki yuqori foyda olish doimo yuqori riskli jarayonlarni amalga 
oshirishni talab etadi. Yuqori risk ostida faoliyat olib borish hamma vaqt 
ham muvaffaqiyat keltirmasligi mumkin. Birinchidan, katta marja ortidan 
quvish mijozlardan mahrum bo‘lib qolishga olib kelishi muqarrar, chunki 
ular haddan tashqari yuqori qo‘yilgan foiz stavkali kreditlardan voz 
kechishlari mumkin. Ikkinchidan, banklararo raqobat sharoitida boshqa 
tijorat banklari bir qadar samaraliroq ishlar uchun ancha arzon kreditlar 
taklif etishlari mumkin. Foyda olish qoidasi tijorat banklari faoliyatining 
asosiy qoidalaridan hisoblanadi va bunday maqsadni qo‘ymagan bank bozor 
munosabatlari sharoitida to‘laqonli faoliyat ko‘rsata olmaydi. Bank 
tijoratining bu qoidasi asosan “Arzonroq sotib olish, qimmatroq sotish” 
formulasi orqali amalga oshadi. Biroq, bu qoidaga nafaqat iqtisodiy 
jihatdan, balki ijtimoiy jihatdan ham yondashmoq lozim. 

Yüklə 2,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   134




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə