Tijorat banklari


 O’zbekistonda tijorat banklarining to’lovga layoqatliligi va



Yüklə 2,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə128/134
tarix19.12.2023
ölçüsü2,67 Mb.
#153056
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   134
Тижорат банклари. Сатторова Н. -

 
10.4. O’zbekistonda tijorat banklarining to’lovga layoqatliligi va 
likvidliligini ta’minlash yo’llari 
Tijorat banklarining barqarorlik darajasini ekzogen va endogen 
faktorlar orqali aniqlanadi.
Bankning moliyaviy ahvolini tuzatish va uning iqtisodiy barqarorligini 
yaxshilash uchun quyidagi tadbirlarni amalga oshirish lozim deb 
hisoblaymiz: 
1. Bank sarmoyadorlarini imkoniyatlarini ko’rib chiqish va yil oxiriga 
qadar bankning ustav kapitalini e’lon qilingan miqdorga yetkazishni 
ta’minlash. 
2. Muddati o’tgan qarzlarni qaytarish uchun tegishli tadbir asosida 
choralar ko’rish va qaytishi mavhum bo’lgan kreditlar uchun zaxiralarni 
belgilangan me’yorga yetkazilishini taminlash.
3. Bankning aktivlarini daromad keltirmaydigan qismini kamaytirish 
va o’z navbatida daromadlik imkoniyatini oshirish uchun aktiv mablag’larni 
asosan tavakkalchilik darajasi kam bo’lgan DQQ bozoriga yo’naltirish. 
4. Bank ssudalari bo’yicha muddati o’tgan foizlarni to’liq qaytarib 
olib, shu summani bankning muddatsiz depozitlardagi majburiyatlarga 
ishlatish uchun bankning vakillik varaqasida saqlab turish. 
5. Bank mamuriyatiga, transportga, ish haqi va shu bilan birgalikda 
unga tenglashtirilgan xarajatlarni bank daromadligiga bog’liq ravishda 
hisoblash. 
6. Bankning aktivlarini marketing tadqiqotlariga bog’liq ravishda 
taqsimlashtirishni yo’lga qo’yish.
Xulosa qilib shuni ko’rsatishimiz mumkinki, banklarning bankrotlikka 
uchrash quyidagi eng asosiy holatlarda ro’y berishi mumkin: ssudalarning 
qaytmasligi va boshqa aktivlar qiymatining yo’qotilishi, likvid 
mablag’larning minimum darajadaligii va asosiy faoliyatdan ko’riladigan 


235 
zararlar shuningdek, ushbu zararlarni omonatchilar va mijozlar mablag’lari 
hisobidan qoplash. Bundan tashqari, bank majburiyatlarining aktivlarga 
nisbatan ortib ketishi, qimmatli qog’ozlar qiymatining tushib ketishi.
Bunga misol, 1930 - 1933 yillardagi dunyo mamlakatlarida tijorat 
banklarining yoppasiga bankrotlikka uchrashining asosiy sabablaridan biri, 
bank obligatsiyalarining bozor narxining keskin tushib ketishi va buning 
natijasida aholining o’z omonatlarini qaytarib olishi bo’lgan. Bunday 
vaziyat bank krizisi yoki sarosimalik deb ataladi. 
Bank likvidlikning o’zgarishiga ta’sir qiluvchi omillarni hisobga olgan 
holda likvidli aktivlarga zarur miqdorini beliglab olishlari shart. Mazkur 
omillarga quyidagilar kiradi: 
1) omonatchilarning ko’payishi yoki kamayishiga ko’ra mablag’larga 
ega bo’lish yoki ularni yo’qotish bank jalb qilingan mablag’lar bo’yicha 
majburiyatlarni yaqin muddatlarda bajarishi lozim, bu omonatlar va boshqa 
passivlarning muddatlari bilan bog’lik, hamda bankda qoladigan depozitlar 
miqdorini (asosiy deponentlar) hisob varaqdan olinadigan yoki darxol 
to’lanadigan depozitlar va boshqa passivlar bilan qiyoslangan holda tahlil 
qilish kerak; 
2) omonatlar summasining o’sishi yoki qisqarishiga muvofiq majburiy 
zaxiralar me’yoriy miqdorining ko’payishi yoki kamayishi ham likvidlikka 
bevosita ta’sir ko’rsatadi. 
3) ssudalar va investistiyalar summasining oshishi yoki kamayishiga 
ko’ra mablag’lar oqib kelishining ko’payishi yoki pasayishi ushbu omilning 
ta’siri shundan iboratki, ssudalar va investistiyalar miqdorini har bir oshishi 
likvidli aktivlar ulushini kamaytiradi,chunki investistiyalar uzoq muddatga 
asoslangan. 

Yüklə 2,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   134




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə