Tillar kafedrasi” Jismoniy madaniyat fanidan


O‘yin qoidalarini o‘rganish uchun uslubiy tavsiyalar



Yüklə 1,4 Mb.
səhifə14/18
tarix01.06.2023
ölçüsü1,4 Mb.
#114882
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Ganbol

O‘yin qoidalarini o‘rganish uchun uslubiy tavsiyalar
Final sirenasidan so‘ng bajariladigan erkin to‘p tashlash: Final sirenasidan so‘ng erkin to‘p tashlash bajarish kup hollarda jamoa uchun darvoza olinishi muammosi qiziqtirmaydi. Aksincha, o‘yin natijasi ma’lum yoki erkin to‘p tashlash joyi raqib darvozasidan ancha yiroq bo‘lgan hollarda. Lekin erkin to‘p tashlash qoida talabiga binoan bajarilishi shart, unga hakamlar to‘p tashlash imkoniyatini yaratib berishi kerak, to‘p otishni bajaruvchi o‘yinchi uni tashlab yuborishi yoki hakamlar qo‘liga berishi mumkin.
Jamoa to‘pni darvozaga kiritishga harakat qilishi anik bo‘lgan holatlarda, hakamlar bu uchun barcha sharoit yaratib berishlari lozim, lekin bunday holat o‘yinni susaytirilishi va uning manzarasining yomonlashishiga olib kelmasligi kerak. Bunda hakamlar ikkala jamoa o‘yinchilariga kechiktirmay tez va xatosiz erkin to‘p tashlashni bajarish dastlabki holatda turish uchun sharoit yaratib beradi. To‘p tashlashni bajaruvchi jamoaning faqat bir o‘yinchisi to‘p bilan bo‘lishini nazorat qilishi zarur. Bunday holatda o‘yinchilar almashtirilishi mustakil amalga oshiriladi, lekin hakamlar o‘yinchilarni almashtirish sababli to‘p tashlashni bajarish uchun beriladigan hushtakni kechiktirishi shart emas.
Shuningdek, hakamlar ikkala jamoa tomonidan qoida buzilmasligini juda aniq ko‘rsatishlari lozim. Hujumdagi jamoa o‘yinchilari ham qoida buzilishlarga yo‘l qo‘yadi, masalan, to‘p tashlashga hushtak berilib lekin to‘p tashlashni bajarmasdan avval bir yoki bir nechta o‘yinchilar erkin to‘p tashlash chizig‘idan o‘tib ketadilar. Yoki to‘p tashlashni bajaruvchi o‘yinchi harakat qiladi yoki sakrab to‘p otishni bajaradi. Xatolik bilan gol hisoblanmaslik uchun bunday qoida buzilishlarni darhol qayd etilishi lozim.
Taym-aut: taym-aut albatta olishishiga kerakligiga karamay ayrim holatlarda hakamlarga, boshqa holatlarda taym-aut belgilash imkoniyati yaratiladi. Taym-aut olinishi shart bo‘lmagan holatlar ham uchrab turadi, lekin qo‘yidagi sharoitlarda u o‘z g‘oyasini saqlab koladi:
tashki muhit sabab, masalan, maydonni tozalash zarurligida;
o‘yinchi jarohat olganda;
jamoa tomonidan ataylab o‘yin sur’atini sekinlashtirganda. Masalan, jamoa standart to‘p tashlashni bajarilishini kechiktirsa, o‘yinchi ataylab to‘pni boshqa tarafga tashlasa yoki uni uzok ushlab tursa;
agar to‘p maydon ustida zalning shiftiga yoki boshqa narsalarga tegsa va erkin to‘p tashlash joydan to‘p uzoqroq masofaga sapchip ketib o‘yin susayish holati yuzaga kelsa.
Taym-aut olishga va shuningdek boshqa holatlarni qayd etishga qaror qilishdan avval, hakamlar avvalam bor bu holatlarni to‘g‘ri baholashlari kerak, o‘yinni to‘xtatish birorta jamoaga ustunlik bermasligi uchun. Agar o‘yin susaytirilishidan ushbu jamoa rag‘batlantiriladigan bo‘lsa, unda maydonni tozalash uchun taym-aut olishga zaruriyat qolmaydi. Agar jamoaga qandaydir sabab bilan taym-aut berilganda boshqa jamoa ustunlikni yo‘qotadigan bo‘lsa bunday holatda ham taym-aut olishga zaruriyat qolmaydi.
Tanaffusning cho‘zilishi ham boshqa muhim omil hisoblanadi. Jarohat natijasida tanaffusning cho‘zilishini baholash qiyin bo‘lganligi uchun taym-aut berish maqsadga muofiqdir. Shuningdek, hakamlar to‘p maydondan chiqib ketganda taym-aut berishga qaror qilishga shoshilmasliklari lozim. Ko‘pincha bunday holatlarda to‘p maydonga qaytib o‘yin sekinlashishiga o‘rin qolmaydi. Agar to‘pni maydonga qaytarishmasa, unda hakamlar taym-aut olishga zaruriyat bo‘lmasligi uchun darhol zaxiradagi to‘pdan foydalanishlari lozim.
Jamoaviy taym-aut: Har bir jamoa o‘yinning asosiy vaqtini har bir taymda bir daqiqali taym-aut olishga xaqlidir (ammo, bu xuquq o‘yinning qo‘shimcha vaqtida berilmaydi). Agar jamoa taym-aut olishga qaror qilsa ularning vakili sekundometrist joylashgan stolga "yashil kartochka" ni qo‘yishi lozim ("yashil kartochka" 15x20 sm bo‘lib uning har tarafida katta "T" xarfi ifodalangan bo‘lishi tavsiya etiladi).
Jamoa taym-autni o‘zlari to‘pga egalik qilganda talab qilishi mumkin (to‘p o‘yinda bo‘lgan holatda yoki o‘yinning tanaffus vaqtida). Agar jamoa sekundometrist signaligacha to‘pni nazorat qilishni yo‘qotmasa, u holda ularga darhol jamoaviy taym-aut beriladi (aks holda jamoaga "yashil kartochka" qaytariladi). Shundan so‘ng, sekundometrist o‘yinni to‘xtatishga hushtak berib, taym-­aut jestidan foydalanib va taym-aut so‘ragan jamoa tarafiga qo‘lini cho‘zib ko‘rsatadi (zaldagi shovqin va boshqa tartibsizlik tufayli zaruriyat bo‘lsa bu holatni o‘rindan turib ko‘rsatishi mumkin). "Yashil kartochka" stolini taym-aut so‘ragan jamoa tarafiga qo‘yiladi va shu holatda taym-aut vaqti tugaguncha koladi.
Taym-aut berilgandan so‘ng sekundometrist vaqtni to‘xtatadi. So‘ng hakamlar jamoa taym-autini tasdiqlaydi va sekundometrist jamoa taym­aut vaqtini nazorat qiluvchi boshqa soatni yurgizadi. Kotib jamoaviy taym-aut olingan vaqti bayonnomada o‘sha jamoaga tegishli katakka qayd qilib qo‘yadi. Jamoaviy taym-aut olinganda o‘yinchilar va rasmiy shaxslar o‘z jamoasiga tegishli o‘yin maydonida bevosita, o‘yinchilar almashtirish xududida bo‘lishlari lozim. Hakamlar maydon markazida bo‘lishadi, lekin hakamlarning biri kengashish uchun sekundometrist yoniga kelib ketishi mumkin.
50 soniyadan so‘ng sekundometrist tovush signalini beradi, shundan so‘ng 10 soniyadan keyin o‘yin davom ettirilishi shart. Jamoaviy taym-aut tugashi bilan jamoa darhol o‘yinni davom ettirishi lozim. O‘yinni davom ettirish, taym-aut berilgan vaqtda o‘yin to‘xtatilgan hakamga bog‘lik bo‘lib, usha joydan taym-aut olgan jamoa tomonidan erkin to‘p tashlash bilan o‘yin davom ettiriladi. Hakam hushtagidan so‘ng sekundometrist tomonidan vaqt belgilovchi soat yurgiziladi.
Sust o‘yin: Asosiy holatlar: "Sust o‘yin" qoidasi o‘yinni faol bo‘lmagan uslub yoki uni to‘liq ta’kidlash va unga qarshilik qilish imkoniyatini yaratish uchun qo‘llaniladi. Bu holat hakamlarga sust o‘yin turlarini ifodalash va unga karshi barcha ruxsat etilgan uslub bilan kurashishga yordam beradi. "Sust o‘yin" turlari butun o‘yin davomida, jamoaning barcha bo‘laklarida o‘rin olishi mumkin, ya’ni hujum boshlashdan avval unga tayyorgarlik qilish va hujumni yakunlashda bunday holat yakkol sezilib koladi.
"Sust o‘yin" ko‘pincha qo‘yidagi holatlarda qo‘llaniladi: jamoa uchrashuv yakunida hisobni ushlab qolishga harakat qilganda; jamoa tarkibi son jixatdan kam bo‘lganda ya’ni o‘yinchini chetlatilganda; himoyadagi jamoa o‘yinni omili - muvaffaqiyatli himoya bo‘lsa.

Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə