Tillar kafedrasi” Jismoniy madaniyat fanidan


Ogohlantirish "jest" ini qo‘llanilishi



Yüklə 1,4 Mb.
səhifə15/18
tarix01.06.2023
ölçüsü1,4 Mb.
#114882
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Ganbol

Ogohlantirish "jest" ini qo‘llanilishi: Qo‘yidagi holatlarda ogohlantirish "jest"i qo‘llaniladi: O‘yinchilarni almashtirish natijasida yoki jamoa himoyadan hujumga o‘tish jarayonida vaqt cho‘zilsa.
Qo‘yidagi o‘ziga xos holatlar sodir bo‘lganda:
o‘yinchilar maydon markazida o‘yinchini almashtirish jarayonini kutib turib qolsa;
o‘yinchi statik holatda to‘pni yerga urib turaversa;
to‘pni o‘z maydoniga qaytarishga majburlik bo‘lmasa, lekin qaytarilsa;
o‘yin jarayonida dastlabki yoki boshqa har qanday to‘p tashlashlar kechiktirilsa.
Darvozaga to‘p otishga tayyorlanish jarayonida o‘yinchilarni almashtirmokchi bo‘lgan payt. Qo‘yidagi o‘ziga xos holatlar sodir bo‘lganda:
barcha o‘yinchilar hujum uchun o‘z joylarini egallasa;
jamoa o‘yin jarayoni to‘p uzatib boshlash uchun tayyor bo‘lganda;
agar, jamoa o‘yinchini almashtirib bo‘lmagunga qadar to‘p uzatib o‘yinni boshlamasa.
Sportchiga xos bo‘lmagan xulq: Sportchiga xos bo‘lmagan xulq qo‘yidagilardan iborat:

  1. 7 metrli jarima to‘p otishni bajaruvchi o‘yinchiga baqirish;

  2. o‘yin to‘xtatilgan paytda, raqiblar darhol belgilangan to‘p tashlashni bajarmasligi uchun to‘pni boshqa tomonga tashlab yuborsa;

  3. so‘z bilan raqiblarni yoki o‘zining jamoasi a’zolarini xaqorat qilish;

  4. o‘yin maydonining yon chizig‘i tashqarisiga chiqib ketgan to‘pni o‘yinchilar yoki jamoa mas’ul shaxslari qaytarib bermasa;

  5. standart to‘p tashlash bajarilish jarayonini cho‘zib yuborish;

  6. raqibni formasidan tortib ushlab kolish;

  7. darvozasiga 7 metrli to‘p tashlash belgilangandan so‘ng darvozabon to‘pni raqiblariga bermasa;

  8. maydon o‘yinchisi oyoqning tizzadan pastki kismi bilan takroran to‘pni qaytarsa;

  9. himoya o‘yinchilari takroran o‘ziga tegishli darvoza maydoniga kirsa;

  10. raqibni xatoga yo‘l qo‘ydirish maksadida ataylab ayyorlik qilish.

Sportchiga xos bo‘lmagan qo‘pol xulq: Sportchiga xos bo‘lmagan qo‘pol xulq qo‘yidagicha ifodalanadi:
a) ishtirokchilarga qarshi (hakamlar, kotib, sekundometrist, vakillar, mas’ul shaxslar, muxlislar va yana boshqalar) qaratilgan xaqoratli harakatlar (og‘zaki, imo-ishora yoki jismoniy);
b) hakamlar qaroridan so‘ng o‘yinchi tomonidan tashlangan to‘p uzoq masofaga ketsa, bunday holatni sportchiga xos bo‘lmagan oddiy holat deb hisoblab bo‘lmaydi;
v) raqib tomonidan 7 metrli jarima to‘p otishni bajarishda darvozabon tomonidan bo‘shang (passiv) harakat namoyish etilsa, bunday holni hakam darvozabon to‘pni qaytarishga harakat qilmaslik degan xulosaga kelishga majbur;
g) raqib tomonidan qoida buzilgandan so‘ng, unga javoban harakat qilishga intilish (javoban zarba yoki boshqa javob harakatlar);
d) o‘yin to‘xtatilgan paytda raqibni to‘p bilan urish. Bunday holat, raqibga nisbatan jismoniy zurlik deb baholanadi.
Boshlang‘ich to‘p tashlash: Hakamlar boshlang‘ich to‘p tashlashni tez bajarish uchun barcha sharoit yaratib berishlari lozim. Bu degani agar jamoa to‘p tashlashni tez bajarmoqchi bo‘lganda hakamlar o‘yinga aralashish uchun sabab qidirmasligi lozim. Dastlabki to‘p tashlashni o‘rta chiziq markazi nuqtasidan taxminan 1,5 metr joydan bajarilishi qoida tarkibiga qaramay, hakamlar bu masofani santimetrigacha to‘g‘ri bo‘lishini xaddan tashqari talab qilmasligi tavsiya etiladi, chunki asosiy maqsad raqiblarga nisbatan g‘irromlik va dastlabki to‘p tashlash uchun aniq bo‘lmagan sharoit yuzaga kelmaslikdir.
Bundan tashqari, ko‘p maydonlar markazida reklama qilish maqsadida har hil rasmlar chizilgan bo‘ladi, bunday holatlarda to‘p tashlashni bajaruvchi o‘yinchilar va hakamlar to‘g‘ri holatni taxminan aniklaydi, buni tug‘rilash uchun urunishga o‘rin qolmaydi.
"Yaqqol darvoza olinish imkoniyati" ta’rifi: yaqqol darvoza olinish imkoniyati tushunchasi qo‘yidagi holatlarda yuzaga keladi:
a) to‘p bilan o‘z harakatini nazorat qiluvchi o‘yinchi raqib darvoza maydoni chizig‘i yonida darvozaga to‘p otish imkoniyatiga ega bo‘lganda, hech bir raqib ruxsat etilgan uslubda unga xalaqit bera olmasa;
b) to‘p bilan o‘z harakatini nazorat qiluvchi o‘yinchi qarshilikda darvozabon bilan birga-bir chiqqanda va raqiblardan hech biri unga qarshi hujum qila olmasa;
v) o‘yinchi xali to‘pga ega bo‘lmasa, lekin u darhol to‘p olishga tayyor bo‘lsa; bunday holatda uning to‘p egallashiga raqiblar tomonidan hech kanday ruxsat etilgan usullar yordam bera olmasligiga hakamlar to‘liq ishonch xosil qilganda;
g) darvozabon o‘z darvoza maydonidan chiqib ketganda, to‘p bilan harakat qiluvchi o‘yinchi qarshiliksiz bo‘sh darvozaga to‘p otish imkoniyatiga ega bo‘lganda.
Sekundometrist tomonidan o‘yinni to‘xtatish: Agar sekundometrist almashtirish yoki o‘ynashga ruxsat etilmagan o‘yinchilar xatosi sababli o‘yin to‘xtatilsa, u holda qoida buzilgan joydan raqib jamoasi o‘yinchilari tomonidan erkin to‘p tashlash bilan o‘yin davom ettiriladi. Ammo, agar o‘yin to‘xtatilgan paytda to‘p raqiblar uchun ustunlik holatga olib keladigan bo‘lsa, u holda erkin to‘p tashlash qoida buzilgan joydan bajariladi.
Xatoga yo‘l qo‘yilgan bunday holatlarda sekundometrist "ustunlik qoidasi" ni hisobga olmay darhol o‘yinni to‘xtatishi shart. Agar o‘yin to‘xtatilishi sababli yaqqol darvoza olinish imkoniyati buzilsa, xatoga yo‘l qo‘ygan jamoa darvozasiga 7 metrli to‘p tashlash belgilanadi.
Boshqa turdagi xatolarga yo‘l qo‘yilganda sekundometrist asosan navbatdagi o‘yin to‘xtatilishini kutib hakamlarga ma’lum qilishi lozim. Agar sekundometrist bunday xatolar sababli o‘yinni to‘xtatsa, unda bunday xatolik jamoaning to‘p yo‘qotishiga olib kelmasligi kerak. O‘yin to‘xtatilishidan avval to‘pga ega bo‘lgan jamoa erkin to‘p tashlash bilan o‘yinni davom ettiradi. Himoyadagi jamoa o‘yinchilari tomonidan qoida buzish va o‘yinni to‘xtatilishi yaqqol darvoza olinish yo‘qotishga sabab bo‘lsa va hakamlar 7 metrli to‘p tashlash belgilanadi.

Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə