Tillar kafedrasi” Jismoniy madaniyat fanidan



Yüklə 1,4 Mb.
səhifə11/18
tarix01.06.2023
ölçüsü1,4 Mb.
#114882
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18
Ganbol

To‘p bilan o‘ynash: Ruxsat etiladi: Otish, ilish, to‘xtatish, uzatish, qo‘l panjalarining ichkari va tashkari tomonlari bilan, bosh, gavda va tizzadan yuqori qismida. O‘yinchi to‘pni 3 soniyadan ortiq ushlashi mumkin emas, xatto u maydonda yotgan bo‘lsa ham.
To‘p bilan 3 qadamdan ortiq yurish qo‘yidagi holatlarda qadam qilindi hisoblanadi:
a) to‘p bilan turgan o‘yinchi bir oyog‘ini yerdan ko‘tarib yana qo‘ysa, yoki oyog‘ini bir joydan ikkinchi joyga qo‘yib harakat qilsa;
b) o‘yinchi bir oyoqda turib to‘pni ilib, ikkinchi oyog‘ini yerga qo‘ysa;
v) o‘yinchi sakragandan so‘ng bir oyog‘ida yerga tushsa, so‘ngra yana shu oyoqda sakrasa yoki ikkinchi oyog‘ini yerga qo‘ysa;
g) o‘yinchi sakragandan so‘ng ikki oyoq bilan bir vaqtda yerga tushsa va shundan so‘ng bir oyog‘ini yerdan ko‘tarib, yana yerga qo‘ysa yoki bir oyog‘ini bir joydan ikkinchi joyga siljitsa.
Statik holatda yoki harakatda:
a) to‘pni yerga bir marta urib va uni bir yoki ikki qo‘llab ilib olish;
b) bir qo‘llab to‘pni ko‘p marotaba yerga urib olib yurish, to‘pni ko‘p marta bir qo‘lda dumalatib so‘ngra bir yoki ikki qo‘llab uni olish;
v) to‘pni bir yoki ikki qo‘llab olgandan so‘ng, uni uch kadamdan ortiq harakat qilmasdan yoki darhol 3 soniyada sheriklariga uzatish zarur;
g) to‘p boshqa o‘yinchiga yoki darvozaga tegib qaytgandan so‘ng, o‘yinchi yana to‘p bilan muomala qiladi (dribling yoki uni olib yurish).
Bir qo‘ldan ikkinchi qo‘lga o‘tkazish. Tizzada turib, o‘tirib yoki yotgan holda to‘p bilan o‘ynash.
Ruxsat etilmaydi: Bir martadan ortiq to‘pga tegish (boshqa o‘yinchiga, darvozaga yoki yerga tegmasdan avval). Oyoqning tizzadan past qismi bilan to‘pga tegish, raqib o‘yinchilari tomondan oyoqga to‘p tashlash holati hisobga olinmaydi. O‘yin maydonida turgan hakamlarga to‘p tegsa o‘yin davom etaveradi.
Sust o‘yin: Jamoaga darvozani ishgol qilishga harakat qilmasdan to‘pni ushlab turishiga ruxsat etilmaydi. Bunday holat sust o‘yin deb baholanadi, natijada jamoa erkin to‘p tashlash bilan jazolanadi. Erkin to‘p tashlash o‘yin to‘xtatilgan joydan bajariladi. Agar sust o‘yin imkoniyatidan foydalanish qayd etilsa, u holda ogohlantirish ishorasidan foydalaniladi. To‘pni egallagan jamoaga esa, o‘yinda hujum qilish uslubini o‘zgartirishga imkoniyat beriladi. Agar jamoa hujum harakatlarini ogohlantirishdan so‘ng o‘zgartirmasa va darvozaga to‘p otilmasa, to‘p egallagan jamoaga qarshi erkin to‘p tashlash belgilanadi.
To‘pga ega bo‘lgan jamoani erkin to‘p tashlash bilan jazolanish harakatini aniqlashda hakamlar ogohlantirish ishorasini qo‘llamasligi ham mumkin. Masalan, o‘yinchi yaqqol darvozani olishi imkoniyatidan ataylab foydalanmasligi mumkin.

Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə