Tillar kafedrasi” Jismoniy madaniyat fanidan



Yüklə 1,4 Mb.
səhifə2/18
tarix01.06.2023
ölçüsü1,4 Mb.
#114882
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Ganbol

GANDBOL (QO‘L TO‘PI)
O‘yin Daniyadan kelib chiqqan bo‘lib, bu o‘yinni Ordrup shahrining o‘qituvchisi Xolger Nilsen tomonidan 1898 yil kashf qilindi. Dastlabki yillarda o‘yin futbol maydonida o‘tkazilib, jamoalarda 11 kishidan o‘ynaladi. Qo‘l to‘pi o‘yini juda tezlikda Yevropada tarqaldi. 1928 yilda Amsterdamda Gandbol xalqaro xavaskorlar uyushmasi - XGF tashkil etildi. 1936 yilda u 11x11 shaklda Olimpiyada o‘yinlari dasturiga kiritildi. Bir necha yillar davomida gandbolda o‘yinchilar ko‘p ishtirok etishi va qo‘pol ko‘rinishi bilan Olimpiada o‘yinlari dasturidan chiqarib yuborildi. 1972 yil qo‘l to‘pi o‘yini yana Olimpiada o‘yinlarida o‘ynala boshlagandi, endi bu o‘yin 7x7 sistemasida o‘ynalmoqda. Jamoa asosan 12 kishi bo‘lib, maydonda 7 kishi harakat qiladi. O‘yinchilar almashtirilishi cheksiz. Qo‘l to‘pi nemischa so‘zdan olingan bo‘lib, gand-qo‘l, bol-to‘p degan ma’noni bildiradi.
Dastlabki davrlarda gandbol o‘yini ayollar uchun mo‘jalangan edi. Keyinchalik o‘yin qoidalar murakkablashib va takomilashib bordi, shu bilan birga bu o‘yin bilan erkaklar ham shug‘ullana boshladi. Gandbolchining jismoniy fazilatlari rivojlangan va o‘zini boshqara olish qobilyati–koordinatsion imkoniyatlar takomilashgan bo‘ladi. Davrlar o‘tib gandbol o‘yini qoidalari o‘zgarib bordi va murakkablashib bordi. Shuningdek maydon xajmi va musobaqa qoidalar ham o‘zgartirildi. Hozirgi qoidaga asosan gandbol o‘yinida himoyachilar hujumchi vazifasini ham bajara oladilar. Bu holat o‘yinchini butun maydon bo‘ylb harakatlanishini taminlaydi. Gandbol to‘pi xajmini kichkaytirilshi ham o‘yinchilarni chaqqonligini yanada oshirdi. Chunki bu to‘pni bir qo‘lda ushlash qulay bo‘lib uni uloqtirishda katta tezlikka erishish mumkin.
Asosiy qoidalar: Gandbol o‘yinida maydonda olti o‘yinchi va bir darvozabon ishtirok etadi. Darvozaboning besh metirli maydoni bo‘lib u shu maydonda to‘pni ushlashga xaqqi bor. Maydondan tashqaridagi to‘pni ushlash taqidlanadi. Darvozabon maydondan so‘ng 4 metr hujum maydoni bo‘lib bu yerga hujum qilib kirgan hujumchini to‘xtatish va uning qarshi qo‘pol harakatlar taqidlanadi. Aks holda yetti metrli jarima to‘pi belgilanadi. Hujumchining to‘qqiz metirli hujum maydonidan tashqarida qo‘pollik bilan to‘xtatilsa to‘qqiz metrli erkin to‘p uzatish jarimasi belgilanadi. Hujumchi darvozabon maydoniga kirishi va to‘p bilan harakatlanishi ta’qiqlanadi.
Gandbol maydoning xajmi 20 x40 metr. Maydon darvozabon maydoni, 9 metrli jarima maydoni hujum va himoya maydonlariga bo‘lingan. Gandbol darvozasi balandligi 2 metr eni 3 metr. Gandbol to‘pi erkaklarniki og‘irligi 425 –475 gr, aylanasi 58-60 sm. Ayollar uchun og‘irligi 325-400 gr, aylanasi 54-56 sm to‘plardan foydalaniladi. Gandbol o‘yini 2 tayimdan iborat. Har bir tayim 25 minut davom etadi. Taymlar orasida 15 minut tanaffus qilanadi. Gandbol musobaqasini hakamlar xa’yati boshqarib boradi.

Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə