Tillar kafedrasi” Jismoniy madaniyat fanidan



Yüklə 1,4 Mb.
səhifə3/18
tarix01.06.2023
ölçüsü1,4 Mb.
#114882
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Ganbol

Gandbol o‘yini texnikasi gandbolchining maydondagi asosiy jismoniy harakatlari turkumi hisoblanadi. Gandbol o‘yinchilarining maydondagi o‘yin faoliyatiga qarab maydon o‘yinchisi o‘yin texnikasi va darvozabon texnikasiga bo‘linadi. Har bir texnik harakatlar maydon o‘yinchisining hujum texnikasi va himoya texnikasiga bo‘lingan bo‘lib, bu yerda hujum texnikasi, maydon joy almashtirish texnikasi va to‘pni olib yurish texnikalaridan iboratdir.
Gandbolchining harakatlanishlari: Gandbol o‘yini jarayonida o‘yinchi ko‘p marta har-xil sharoitlarda harakatlar bajaradi. O‘yin jarayonida gandbolchi doimo maydonda harakat qiladi, to‘pni qabul qilish uchun qulay vaziyatlarni o‘ziga yaratadi va to‘pni qabul qilish uchun tayyor turgan o‘yinchini holati ma’lum holatda, ya’ni qo‘li salgina bukilgan, to‘pni qabul etish uchun mo‘ljallangan qo‘llari tirsakda bukilgan, yelkalari bo‘shashgan, beli to‘g‘ri holda turgan bo‘lishi zarur. Bu gandbolchining asosiy turishi deyiladi. Mana shu turish gandbolchiga turli vaziyatlarga mos holda harakatlarini bajarish uchun dastlabki holat hisoblanadi. Gandbolchi maydonda harakatlanishda yugurish, yurish, sakrash, to‘xtash va burilishlardan iboratdir. Yugurish gandboldagi eng tarqalgan harakat bo‘lib, turli xil ko‘rinishlarda bajariladi. Qadamlab yugurish oldinga va orqaga, yonlarga, oyoq uchida va oyoqni to‘la bosib yugurishdir, oxirgisi gandbolda juda ko‘p qo‘llaniladi, chunki har bir harakatni bajarish uchun yer bilan qattiq aloqada bo‘lib, o‘yinchining turg‘unligi yuqori darajada bo‘lishi zarur. To‘xtash ham gandbolchi harakatining eng asosiy turlaridan biridir.
To‘p bilan harakatlar: Gandbolchi o‘yinda to‘pni olib yurish uchun birinchi navbatda uni avval albatta qabul etish zarur, qabul qilish (ushlab olish) vaziyatga qarab bir qo‘l bilan yoki ikki qo‘l bilan bajariladi. Gandbolda to‘pni uzatish bir va ikki qo‘l bilan bajariladi. To‘p uzatishlar o‘yin vaziyatiga qarab yugurib ketayotib, yurib ketayotib yoki joydan uzatiladi. Gandbol to‘pini uzatishni bir necha xillari va usullari mavjuddir. Gandbolchi maydonda to‘pni olib yurish uchun u albatta to‘pni yerga urib yurishi zarur. Ko‘p paytlarda gandbolchi to‘pni olib yurishda bir yoki ikki martaba urib yurishni qo‘llaydi. Har bir o‘yinchining eng asosiy vazifasi to‘pni darvozaga otishdir. To‘pni darvozaga sakrab otish, yiqilayotib otish, yugurib kelib otish va tayanib turgan holdagi usullari bilan otish o‘yin vaziyatidan kelib chiqqan holda bajarish mumkin. Jarima to‘pini otish gandboldagi eng zarur harakat bo‘lib, o‘yin davomida ko‘p uchraydigan holatdir. Jarima to‘pi albatta to‘p qo‘lidan chiqquncha oyoqni yerga qo‘ygan bo‘lishi shart, qolgan bajarishlar yuqorida darvozaga otishga qanday bo‘lsa shu usullar qoladi, faqat oyoq harakatiga e’tibor beriladi.

Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə