Tillar kafedrasi” Jismoniy madaniyat fanidan



Yüklə 1,4 Mb.
səhifə7/18
tarix01.06.2023
ölçüsü1,4 Mb.
#114882
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18
Ganbol

Hujumda jamoa taktikasi: taktikaning bu usuli butun jamoa o‘yinchilarining o‘zaro kelishgan holda texnik harakatlarni bajarishlari va taktik hujumlarni amalga oshirishlaridir. Buning uchun hujumchilar sonini ortirib borish va ularni maydon bo‘ylab harakatlarni tez-tez o‘zgartirib turish, qanot o‘yinchilarni va markaz hujumchisini ham hujum zonalarini tez-tez almashtirib turish kerak bo‘ladi. Jamoaning hujumdagi taktik haraktalari murabbiyning har bir raqib jamoa kamchiliklari va ustunliklarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan reja asosida ham tashkil etiladi
Himoya taktikasi: Yaxshi tashkil etilgan himoya darvozaning daxilsizligini taminlabgina qolmay g‘alabaga ham olib boradi. Himoya harakatlari hujum harakatlariga javob harakat hisoblanib uni tashkil etish va boshqarishning o‘ziga xos xususiyatlari bor.
Yakka holdagi taktika harakatlar: Darvozani himoya qilishda va hujumchining harakatlarni cheklab qo‘yishda himoyachi taktik jixatdan to‘g‘ri harakat qilish kerak. Buning uchun u hujumchidan o‘z vaqtida to‘pni olib qo‘yishi shart. To‘pni olib qo‘yish harakati hujumchi yo‘nalishini to‘g‘ri tanlash, to‘p uzatish vaqtini to‘g‘ri aniqlash, to‘pning yo‘nalishi va uchish teziligini to‘g‘ri belgilsh hamda hujumchi to‘p olib yurganda uni qo‘riqlab to‘pini olib qo‘yish. Shu bilan birga himoyachi hujumchi to‘p olib yurganda to‘pni urib yuborish harakataini qo‘llashi mumkin. Himoyachining asosiy harakatlaridan biri hujumchiga to‘siq qo‘yishdir. To‘p bilan harakatlanayotgan o‘yinchini yoki hujumchi uloqtirgan to‘pni to‘sish muhim vazifa hisoblanadi. Buning uchun himoyachi hujumchini yo‘nalishi tezligi va qo‘llayotgan aldov harakatlarini oldindan aniqlash, shu bilan birga hujumchi darvozaga otgan yoki sherigiga chiqargan to‘pni tezligi va yo‘nalishini to‘g‘ri baholab uni to‘sish himoyachining to‘siq qo‘yish usuli hisoblanadi. Himoyachining yakka holdagi taktik harakatlariga to‘p bilan hamda to‘psiz harakatlanayotgan o‘yinchilarni qo‘riqlash ham kiradi.

Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə