Tillar kafedrasi” Jismoniy madaniyat fanidan



Yüklə 1,4 Mb.
səhifə9/18
tarix01.06.2023
ölçüsü1,4 Mb.
#114882
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18
Ganbol

O‘yin maydoni uzunligi 40 metr, eni 20 metrli to‘rt burchakdan iborat bo‘lib, o‘z ichiga ikki darvoza maydonini oladi. Maydonni belgilovchi bo‘ylama chiziq, yon chiziq, ko‘ndalang chiziq yuza chiziq deb ataladi. O‘yin maydonining atrofida yon chiziqdan 1 metr va yuza chiziqda 2 metrli xavfsizlik zonasi joylashgan bo‘lishi lozim. O‘yin jarayonida maydon u yoki bu jamoaga imtiyoz beruvchi o‘zlashtirishlar kiritilishi man etiladi.
Darvoza yuza chiziq o‘rtasiga o‘rnatiladi. Darvoza polga yoki orkadagi devorga markam o‘rnatilishi lozim. Darvozaning ichki tarafidagi o‘lchami balandligi 2 metrni va eniga 3 metrni tashkil qiladi. Darvoza ustunlari gorizontal joylashib, ularning o‘lchami taraflari 6 kv.m ni hosil qiladigan kvadratdan iboratdir. Maydon tarafidan ko‘rinadigan darvoza ustunlarining tarafi atrofdagi asosiy rangdan ajralib ko‘ndalang ikki xil ranga bo‘yalishi shart.
Darvoza orka tarafdan bo‘sh osilgan ip to‘r bilan berkitiladi. To‘r shunday bog‘lanishi kerakki, to‘p undan o‘tib ketmasligi kerak. Barcha belgilovchi chiziqlar eni, maydonga, chegaralangan maydonchaga va masofaga kiradi. Belgilangan chiziqlar eni 5 sm bo‘lib, ular aniq va ravshan ko‘rinishi shart. Darvoza ustunlari orasidan o‘tadigan chiziqning eni esa 8 sm bo‘lishi kerak.
Yondosh zonalar har xil rangda bo‘yalishi mumkin. Har bir darvoza oldida darvoza maydonchasi joylashiladi. Darvoza maydonchasi maydonga chizig‘i (6 metrli chiziq) bilan qo‘yidagicha aniklanadi: darvoza oldidan 6 metr masofada yuza chiziqqa parallel 3 metrli chiziq o‘tkaziladi va darvoza ustuni pastki burchagidan radiusi 6 metrli aylanmaning to‘rtdan ikki kismi shu chizig‘ga kelib qo‘shiladi.
Erkin to‘p tashlash chizig‘i (9 metrli chiziq) darvoza maydonchasi chizig‘i tashqarisidan 3 metr masofada parallel punktir chiziq chiziladi. Bu chiziq shtrixli va oralik masofa 15 sm uzunlikda bo‘ladi.
7 metrli jarima to‘p tashlash chizig‘i - darvoza o‘rtasidan 7 metr masofada, darvoza maydonchasi chizig‘idan parallel o‘tkazilgan 1 metrli chiziqdan iborat bo‘ladi. 7 metrli jarima to‘p tashlash chizig‘iga parallel 3 metr masofada, darvozabon maydonchasida uzunligi 15 sm bo‘lgan, jarima to‘p tashlashda darvozabon o‘tishga xuquqsiz chiziq belgilanadi. Maydon o‘rtasidan ko‘ndalang yuza chiziqga parallel chiziq o‘tkazilib, u o‘rta chiziq deb ataladi.
O‘yinchilarni almashtirish zonasining chizig‘i - yon chiziqga maydon o‘rtasidagi chiziqning ulangan nuqtasida har bir maydon bo‘lagi tomonga bir hil masofada markaziy chizig‘ga parallel yon chiziqdan 15 sm chiziq belgilanadi.
Kotib va sekundometristlar uchun qo‘yilgan stol hamda zaxiradagi o‘yinchilar uchun qo‘yilgan skameyka shunday joylashishi kerakki, o‘tirgan o‘yinchilar almashish zonasining chiziqlarini bemalol ko‘rishlari lozim. Kotib stoli zaxiradagi o‘yinchilar skameykasiga nisbatan yon chiziqcha yakinrok joylashadi, faqat 50 sm dan yaqin bo‘lmasligi lozim.
O‘yin vaqti: Odatda 16 yoshdan yuqori bo‘lgan o‘yinchilardan tashkil topgan jamoalar uchun o‘yin 30 daqiqadan 2 taymdan, taymlar orasidagi tanaffus daqiqadan iborat bo‘ladi. Yosh bolalar jamoalari uchun o‘yin davomi qo‘yidagicha belgilangan: 12-­16 yoshdagilar uchun 2 taym 25 daqiqa, 8-12 yoshdagilar uchun 2 taym 20 daqiqani tashkil etadi. Har ikki holatda ham taymlar orasidagi tanaffus 10 daqiqa belgilanadi.
Agar o‘yinning asosiy vaqtida durrang holati qayd etilsa, lekin g‘oliblarni aniklash zarur bo‘lsa, u holda 5 daqiqali tanaffusdan so‘ng qo‘shimcha vaqt belgilanadi. Qo‘shimcha vaqt 5 daqiqali ikki taymdan bo‘lib, taymlar orasida 1 daqiqali tanaffus beriladi. Agar yuqorida ko‘rsatilgan holatlarda g‘olib aniqlanmasa, u holda musobaqa Nizomida ko‘rsatilgan shartlar orqali aniqlanadi.

Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə