Tillar kafedrasi” Jismoniy madaniyat fanidan



Yüklə 1,4 Mb.
səhifə6/18
tarix01.06.2023
ölçüsü1,4 Mb.
#114882
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Ganbol

Hujum taktikasi: Hujum o‘yinchilarning asosiy vazifasi bo‘lib uni samarali tashkil etish va ijobiy yakunlash jamoadan jismoniy texnik va taktik maxorat talab etadi. Hujum tashkil etishda to‘p olib yurish to‘pni uzatish darvozaga to‘p otish hamda aldov harakatlari asosiy rol o‘ynaydi. Shu bilan birga qochish –hujumchini to‘p bilan himoyachi qo‘rig‘idan qochish va darvozaga hujum uchun qulay vaziyat tanlashi ham muhim hisoblanadi. Hujumda to‘p olib yurish shakillari yo‘nalishilari va tezliklari xilma xil bo‘ladi. Samarali hujum tashkil etishda, to‘p uzatishning murakkab usullaridan foydalanish raqib jamoasini chalg‘itadi. Bu usullar ochiq va yopiq usulda to‘p uzatish turlaridir. Hujumchining darvozaga to‘p otishi ham kutilmaganda bo‘lishi, yaxshi rejalashtirilgan bo‘lishi, aldov harakatlari natijasida amalga oshirilishi darvozaboni qiyin sharoitga soladi. Darvozaga to‘p otish ochiq va yopiq holatda to‘p otish turlariga ham bo‘linadi. Hujumda aldov harakatlari–Fintlar harakatlanishda to‘p uzatishda to‘p qabul qilishda va darvozaga to‘p uloqtirishda qo‘llaniladi. Shuningdek hujumda hujumchilarning o‘zaro paralel holda harakatlanishi ham ijobiy natijalarga olib keladi.
Tezkor hujum: Jamoaning tezkor o‘yinchilarining himoyachilar qo‘rig‘idan qochib tezkor hujum tashkil etish usulidir. Bu usul yakka holda yoki bir necha hujumchi ishtirokida amalga oshiriladi. Buning uchun to‘pni epchillik bilan egallab olish hamda imkoni boricha raqib zonasidagi hujumchiga uzatish va shu hujumchi yakka holda yoki sheriklari ko‘magida hujumni yakunlashi kerak. Buning uchun o‘yin sharoitida tezkorlik va chaqqonlik bilan harakatlanish, to‘p egallash va olib yurishning yuqori texnikasiga ega bo‘lish, doimo tezkor hujumni rejalashtirib borish hamda tezkor hujumda tashkil etuvchi a’zolardan darvozabon ham ishtirok etishi.
Yo‘nalishdagi hujum: bu hujum usuli o‘yinchilardan yuksak texnik va taktik maxorat talab etadi. U tezkor hujum amalga oshmaganda ya’ni raqib himoyachilari himoya chizig‘ini egallashganda tashkil etiladi. Buning uchun hujumda o‘yinchilarni deyarli barchasi ishtirok etadi. Yo‘nalishdagi hujumda raqib himoyachilarni bir joyga surib kelish, ularni yoyib tashlash usullari qo‘laniladi. Yo‘nalishdagi hujumning oqim usulida tashkil qilinishi ham samarali natijalar berishi mumkin. Bu usulda hujumchilar ketma-ket o‘rin almashtirib boradilar. Bu holat raqib himoyachilarni chalg‘itadi. Bu hujum usulida texnik harakatlarni tezkorlik va epchililk bilan bajarish, uzoq masofadan to‘p uzatish va uloqtirish hamda mo‘ljalga olish qobiliyati takomilshgan bo‘lishi kerak.

Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə