Tillar kafedrasi” Jismoniy madaniyat fanidan



Yüklə 1,4 Mb.
səhifə4/18
tarix01.06.2023
ölçüsü1,4 Mb.
#114882
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Ganbol

Himoya texnikasi: Himoyaning eng asosiy vazifasi o‘z darvozasini raqib hujumidan himoya etishdir. Buning uchun himoyachi maydonda tez harakat qila olishi va harakat tempini keskin o‘zgartira olish qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak. Himoyachi bu vazifalarni muvaffaqiyatli bajarishi uchun albatta himoyachining holatini egallagan bo‘lishi zarur. Himoyachining asosiy holati-oyoqlarni 10-20 gradus bukilgan va 20-40 sm keng qo‘yilgan bo‘lib, bel ozgina oldinga bukilgan, bo‘shashgan holda bo‘ladi. Qo‘llar tirsakda to‘g‘ri burchak holda bukilgan bo‘lib, tana turli harakatlarni keskin bajarish uchun shay holatda bo‘ladi. Tananing og‘irligi ikkala oyoqqa tushadi. Raqiblar bilan yakka olishuv paytida oyoq va bel nisbatan ko‘proq bukilgan bo‘ladi. Gandbolchi (himoyachi) raqibga (hujumchiga) nisbatan qulay o‘rinni egallash uchun maydonda harakatlanishi lozim.
To‘siq qo‘yish: Bu harakat hujumchining yoki to‘pning yo‘lini to‘sish hisoblanadi. To‘pni to‘sish harakati bir qo‘llab yoki ikki qo‘llab bajariladi. To‘sish harakatlari pastdan, yondan, yuqoridan bo‘lishi mumkin. Buning uchun to‘pning harakatini, yo‘nalishini hamda to‘pni tezligini to‘g‘ri aniqlay olish kerak. To‘pni to‘sishda chaqqonlik hamda tezkorlik bilan bir qatorda bilak va barmoq muskullarining kuchi muhim rol o‘ynaydi. To‘p bilan harakatlanayotgan o‘yinchini to‘sish ya’ni harakatlarni chegaralash uning harakat yo‘nalishi qarshiga chiqarilib bajariladi. Bu harakatlar hujumchining darvozaga to‘p otishi yoki sherigiga to‘p uzatishi vaqtida bajarilsa hujumchi bilan keng sakraladi va qo‘llarga muvofiq holda to‘siladi. Gandbolda o‘yinchini to‘sish vaqtida uni ko‘krak bilan to‘xtatish ruxsat beriladi.
To‘pni olib qo‘yish: Bu harakatlar hujumchi to‘pni sherigiga uzatganda yoki darvozaga otganda bajarilish mumkin. To‘pning yo‘nalishi hamda uchish tezligini to‘g‘ri baholagan holda o‘nga qarab sakraladi yoki intiladi. Shuningdek to‘pni hujumchi qo‘lida bo‘lgan holatda ham olib qo‘yish mumkin. Buning uchun kutilmagan tezkor harakat bilan hujumchi to‘pni uloqtirishga shaylaganda to‘p olib qo‘yiladi. Gandbolda to‘pni urib olishga ham ruxsat beriladi. Bu harakatlar hujumchi to‘p olib yurganda yoki uzatishga shaylanganda himoyachi tezkor harakat bilan to‘pni urib yuboradi. Bu urib yuborish kaft va panjalar kuchi hisobiga bajarilish kerak. Musht bilan to‘pni urib yuborish ta’qiqlanadi.
Darvozabon: Darvoza daxilsizligini ta’minlash hamda qarshi hujum uyushtirish darvozaboning muhim vazifasi hisoblanadi. Uning texnik harakatlari himoya va hujum texnikasiga bo‘linadi.
Turish: Darvozaboning asosiy holati hisoblanib uni uloqtirilgan to‘pni qaytarish va ushlab olish uchun shay turgan holatidir. Asosiy holat oyoqlar tizzada bir oz bukilgan hamda oyoqlar yelka kengligida qo‘yilgan bo‘ladi. Darvozabon darvoza bo‘ylab yurib, yugurib, sakrab, tashlanib harakatlanadi. Yurishda va yugurishda oddiy qadamlar yoki mayda va katta qadamlardan foydlanishi mumkin. Sakrash harakatlari oyoqlar bilan siltanib bajariladi. Bu harakatlar oldiga va orqaga, yon tomonlarga yo‘nalgan bo‘lishi mumkin. Murakkab holatlarda darvozabon to‘p yo‘nalishiga qarab tashlanish harakatini bajaradi. Bu holatda oyoqlarni keng ochishi va yon tomonlarga tashlanishi mumkin.
To‘pni ushlash: Darvozaboning asosiy harakati hisoblanib darvozaga yo‘naltirilgan to‘pni ushlashi yoki qo‘l va oyoqlar bilan to‘sib qolishi kerak. To‘pning yo‘nalishi va uchish tezligini hisobga olgan holda to‘sish yoki ushlab qolish harakatlari turlicha bo‘ladi. Past uchib kelayotgan tezligi katta bo‘lgan to‘plarni oyoqlarda to‘sish mumkin. Agar tezligi sust bo‘lgan to‘p bo‘lsa qo‘lda ushlash mukin. Shunga muvofiq tezligi katta bo‘lgan to‘plarni darvozabon urib yuborishi yoki gavda bilan to‘sishi mumkin. Shuningdek tezligi sust bo‘lgan to‘plarni qo‘l bilan ushlash mumkin. Darvozabon to‘pni bir qo‘llab hamda ikki qo‘llab to‘sishi va ushlashi mumkin.

Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə