Tiplari. Tokarlik-vintqirqar stanoklari va ularni sozlash


Ko'p kesklchli stanoklar. Tokarlik yarim avtomatlari va avtomatlari



Yüklə 63,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/7
tarix24.12.2023
ölçüsü63,01 Kb.
#160172
1   2   3   4   5   6   7
Yangi matnli hujjat

Ko'p kesklchli stanoklar. Tokarlik yarim avtomatlari va avtomatlari 
Ko'p keskichli tokarlik stanoklari seriyali va keng ko'lamli ishlab chiqarish 
sharoitida pog'onali valiklar, tishli g'ildiraklar bloklari va shunga o'xshash detallarni 
tayyorlash uchun mo'ljallangan. Bu stanoklar ikki va undan ortiq supportga ega 
bo'lib, supportlarning har birida bir necha bir vaqtda ishga tushuvchi keskichlar 
o'rnatilgan. Oldingi support bo'ylama 
s
h
 
va ko'ndalang 
s
k

orqa support esa faqat 
ko'ndalang 
s
k
 
surishlarga ega. Mashina vaqtining qisqarishi tufayli ish unumdorligi 
ortadi. Bir vaqtda bir necha keskichlar yordamida qirindi katta kesimli qilib olinishi 
sababli stanokning yuqori bikirligi ta'minlangan bo'ladi. Ko'p keskichli stanoklar 
yarim avtomatik sikl bo'yicha ishlaydi (10.6-rasm). 


1H713 modelli ko'p keskichli tokarlik yarim avtomati diametri 400 mm gacha 
bo'lgan shesterna, val, halqa, flanes tipidagi detallar-ga zagotovkani patron yoki 
opravkada ko'p keskichli sozlash yoki kopir vositasida ishlov beradi. Bu stanok 
avtomatik liniyalar tarkibiga kiritilishi mumkin. 
Tokarlik avtomatlari va yarim avtomatlari 
(avtomat va yarim av-tomat 
stanoklarning umumiy ta'rifi 8- bobda berilgan). 
Avtomat-stanokda texnologik siklni bajarish, shuningdek tayyor bo'lgan detalni 
bo'shatib olish va yangi zagotovkani o'rnatib mahkam-Iash uchun zarur bo'lgan 
barcha asosiy va yordamchi harakatlar av-tomatlashtirilgandir. 
Yarim avtomat-stanokda bir zagotovkani ishlash siklini tashkil etuvchi barcha 
asosiy va yordamchi harakatlar avtomatlashtirilgan. Detaining ishlovi tugagandan 
so'ng yarim avtomat to'xtatilib, ishchi detalni bo'shatib oladi, yangi zagotovkani 
o'rnatadi va stanokni qay-tadan ishga tushiradi. 
Tokarlik avtomatik stanoklari bir va ko'p shpindelli bo'ladi. Za-monaviy bir 
shpindelli avtomatlarda 3-60 mm, ko'p shpindelli av-tomatlarda esa 15-125 mm Ii 
chiviqlardan detallar tayyorlanadi. Avtomat tipini tanlash ishlab chiqarishning 
hajmi (seriyaliIigi)ga, ishlov berish aniqligiga, shuningdek iqtisodiyjihatlarga 
bog'liqdir. 
Tokarlik avtomatlarida stanokning aniqIigi, ishlov turi va qo'llaniladigan 
kesuvchi asbobga qarab detallarga 8...13 kvalitetlar va yuza tozaligi
dan
oraliqda ishlov berish 
mumkin. 


Zagotovka sifatida avtomatik tokarlik stanoklarida chiviq (пруток)1аг, donali 
zagotovkalar va diametri 12 mm gacha bo'lgan simlar olinadi. 
Shpindellarningjoylashishi bo'yicha gorizontal va vertikal, bajara-digan 
operatsiyalari bo'yicha bir shpindelli avtomatlar shakldor-kesib tushiruvchi
shakldor-bo'ylama yo'nish va tokarlik-revolver tur!ariga bo'linadi. 
Shakldor-kesib tushirish avtomatlari 0 3-25 mm Ii kalta shakldor detallarga 
ishlov berish uchun mo'ljallangan. Zagotovka shpindelda sangali qisqich 
yordamida mahkamlanadi. Stanokda 2 dan 4 tagacha support bo'lib, ularning 
shakldor va kesib tushiruvchi keskichlari faqat ko'ndalang yo'nalishda 
harakatlanadi (10.7-rasrn). 
Shakldor-bo'ylama yo'nish avtomatlari kichik diametrli uzun de-tallar uchun 
mo'ljallangan. Avtomatda 4-5 ta ko'ndalang support bo'lib, ular alohida 
kulachoklardan ko'ndalang surish harakati olib zagotov-ka atrofidajoylashtirilgan 
bo'ladi. 
Tokarlik-revolver avtomatlari keng tarqalgan bo'lib, murakkab shaklli detallarga 
bir necha xil kesuvchi asboblar yordamida ishlov berishga mo'ljaUangan. 
Zagotovka sifatida asosan kalibrlangan chiviqlar olinadi. Ba'zan maxsus yuklash 
qurilmasi vositasida donali zagotovkalar-ga ham ishlov beriladi. Ko'pchilik 
operatsiyalarbu avtomatlarda shpin-delning chap aylanishida yuqori tezliklarda, 
rezba ochish, teshiklarni razvyortkalash kabi operatsiyalar esa, shpindelning o'ng 
aylanishida past tezliklarida bajariladi. Avtomat ikkita ko'ndalang va 


bo'ylamajoylashgan taqsimlovchi val-ga ega va ular har sikl (detaining tayyor 
bo'lish vaqti) mobaynida 1 marta to'la aylanadi. 
Ko'p shpindelli avtomatlardan 1Б265 modeli asosida yaratilgan gorizontal 
tipdagi ketma-ket harakatga tushiriladigan 4-(lB265-4K), 6-(lB265-6K) va 8-
(lB265-8K) shpindelli avtomatlarko'p uchraydi. 
UlardanlB265-6K modelli olti shpindelli avtomat kalibrlangan chiviq yoki 
trubadan ko'p seriyali va keng ko'lamli ishlab chiqarish sharoitida keng qo'llaniladi. 
Bu avtomatning texnik xarakteristikasi quyidagicha: 
Chiviqning eng katta diametri 65 mm; shpindel 73... 1065 mhr

oralig'ida 29 
aylanish chastotasiga ega; ko'ndalang supportlar soni 6 ta; bitta bo'ylama supporti 
bor. Detal olti pozitsiyada ketma-ket ishlov o'tadi. Shpindel bloki taqsimlash vali 
va besh ariqchali malta kresti mexanizmi vositasida buriladi. 


A
dabiyotlar ro'yxati
:

Yüklə 63,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə