Tizimli tahlilni amalga oshirish metodlari


Umumilmiy va xususiy metodlar



Yüklə 57,5 Kb.
səhifə3/4
tarix23.01.2023
ölçüsü57,5 Kb.
#99091
1   2   3   4
Ijtimoiy xizmatlar

2. Umumilmiy va xususiy metodlar.
Ijtimoiy-iktisodiy rivojlanish jarayoni davomida tabiiy tarzda vujudga keladigan har qanday mazmundagi muammolarni/o’zgarishlarni tizimli o’rganish galdagi rivojlanish bosqichiga, ya’ni mikdoriy ko’rsatkichdan, sifat ko’rsatkichiga o’tishni ta’minlash uchun xizmat qiladi. Bu o’z navbatida jarayonni ilmiy o’rganishni (bilishni) taqozo etadiki, bunda abstraksiya, induksiya va deduksiya kabi metodlardan foydalanishni taqozo etadi.
Bilish, olamning inson ongida aks ettirish jarayoni hisoblanib, inson o’zini qurshab olgan atrof-muxit tugrisida bilim va tasavvurga ega bulmay turib, faoliyatning biron-bir turi bilan shug’ullana olmaydi. Buning mahsuli, natijasi bilim bo’lib, bilimlar maishiy, ilmiy va maxsus kabi turlarga ajratiladi. Har qanday muammoni o’rganish uchun bilim kerak bo’ladi va tahlilni amalga oshirish davomida ehtiyoj sifatida, kasbiy zaruriyat ko’rinishida namoyon bo’ladi.
Har qanday bilish mavhumlik jarayonlari bilan zaruran bog’liq. Bu jarayonlarsiz narsa(jarayon)ning mohiyatini ochib berish, uning “ichi”ga chuqur kirish mumkin emas. Narsa(jarayon)ni bo’laklarga bo’lish, undagi muhim jihatlarini qismlarga ajratish, ularni “sof” holida har tomonlama tahlil kilish, tafakkurning mavhumlashtiruvchi faoliyati natijasidir. Shu sababli muammoni o’rganishda jarayonida abstraksiyaning axamiyati juda katta. Abstaksiya nechog’lik chinakam ilmiy bo’lishiga qarab amaliyot mezoni tarzida xizmat qiladi.
Abstraksiya (lot. abstaktio - mavxumlik) bilish shakllaridan biri bo’lib, u narsa(jarayon)larning bir qancha xossalarini va ular o’rtasidagi aloqadorlilarni fikran nazardan soqit qilishdan hamda biron bir xossa yoki munosabatni ajratib ko’rsatishdan iborat. Nazardan chetlatish jarayoni abstraksiyalash mahsuli hisoblanib, voqea, hodisa, predmetlar kuzatilayotganda nihoyasizlik abstraksiyasi,
“sanab chiqilgan”, “tugallangan” abstraksiyalaridan foydalanish mumkin.
Har bir muammoni o’rganishda abstraksiyasiz biror bir natijaga erishib bo’lmaydi. Uningsiz predmet(jarayon)ni mohiyatini ochish, uning ichki tabiatiga kirish mumkin emas. Narsa, hodisa, predmetni bo’laklarga bo’lish, ularni muhim tamoyillarini o’rganish, bo’laklarga ajratish abstraksiya metodi orqali bajariladi.
Tizimli tahlil etish jarayonida, fikr, murakkablikdan oddiylikka, tasodifdan zaruratga qarab, xilma-xillikdan ayniyatga va birlikka qarab harakat qiladi. Shu sababli, tizimli idrok alohida o’rin tutadi. Chunki, tizili tahlilning maqsadi kismlarni, murakkab butunning unsurlari sifatida o’rganib, ular o’rtasidagi aloqa va qonuniyatlarni aloqadorlik darajasini belgilab olishdan iborat. Biroq, tizimli tahlil jarayonning mohiyatini ajratib, mavhum holda qolayotgan birlik, xilmaxillikdagi birlikni ochish uchun xizmat qiladi. Bunda sintezlashuv jarayoni vazifadorligi jixatidan muhim urin tutib, tahlil davomida ajratilgan qismlar, xossalar, munosabatlarni yagona bir butunlikka keltirish uchun xizmat qiladi. Sintez birlikdan, tafovutga va xilma-xillikka karab yunaltirilgan bulib, umumiylik va xususiylikni, birlik va xilma-xillikni muayyan organik yaxlitlikga birlashtiradi. Maydonini kegaytirishi bo’yicha murakkab vaziyatga tushirsada, ammo tadqiqotchining tahliliy faoliyatining mazmundorligini ta’minlaydi. Chunki o’rganilayotgan jarayonga ta’sir ko’rsatadigan barcha omillar (sub’ekti, ob’ektiv)ning ta’sir ko’rsatishini darajaviyligini (ular, kuchli ta’sir ko’rsatadi, to’ldiruvchi tarzida amal qilishi mumkin) belgilab olish imkoniyatini yaratadi. Bu o’z navbatida tizimli tahlil turining tuzulishiga oid tasavvurga ega bo’lishni takozo etadi.

Yüklə 57,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə