Tizimli tahlilni amalga oshirish metodlari



Yüklə 57,5 Kb.
səhifə2/4
tarix23.01.2023
ölçüsü57,5 Kb.
#99091
1   2   3   4
Ijtimoiy xizmatlar

Biografik metod (yunon tilida bios - xayot, graho - yozayapman) - shaxs hayot yo’lini tadqiq etish, tashxislash, korreksiyalash, rejalashtirish uslubi. Biografik usul XX asrning birinchi choragida tatbik etila boshlandi. Birlamchi biografik usullardan yordamida siyosatchilar, tarixiy shaxslar o’tmishdagi siyosiy hayotni retrospektiv tahlil etish maqsadida foydalanilgan. Keyinchalik bunga muhim va kelajakda bo’lishi mumkin bo’lgan xodisalarni (bo’lajak avtobiografiya, boshqariladigan fantaziya, hayotni rejalashtirish, kao’zometriya)ni, shuningdek, shaxsning muloqot doirasini (qo’shimcha biografiya, sub’ektning munosabatlar doirasini) kushishdi. Zamonaviy biografik metodlar siyosatchi shaxsini tarixiy, ijtimoiy va individual borliq doirasida o’rganishga asoslangan bo’lib, shaxs rivojining ssenariysi va hayotiy dasturlari, uning kasbiy, oilaviy, ma’naviy, tabiiy va ijtimoiy makonda «makon-vaqt» doirasida tahlil etadi. Biografik metodlarni qo’llashda so’rovnoma, intervyu, test, yaqinlarining ko’rsatmalari, zamondoshlarining xotiralari, faoliyat mahsulini o’rganish (xatlari va kundaliklarini, ma’ruzalari nutqlarining kontent-tahlili va b.)dan manba va vosita sifatida foydalaniladi.
Tarixiy-qiyosiy usullarga tarixiy tavsif, aniq tahlil, qiyoslash, davriylashtirish, xronologik, muammoli-xronologik, retrospektiv, istikbolni belgilash, tarixiy analogik va boshqa uslublar kiradi. Qiyosiy- tarixiy uslublar siyosiy-psixologik dalillar va hodisalar yuzaga kelganda hamda amalga oshganda, rivojlanishning turli bosqichlarida sifat ko’rsatkichi jihatidan o’zgarib borishini tarixiy muhit bilan uzviy bog’liq holda o’rganish imkonini beradi.
Shu asnoda tizim deganda, nafaqat tizimning (boshqarish ob’ektining) o’zaro bog’langan tarkibiy kismlarini yig’indisi va uning o’zaro ichki bog’liklik darajalari tushunilishi lozim. Balki tashqi aloqadorliklarni darajalari xam uning tarkibiga kirishini inobatga olish maqsadga muvofiqdir. Bu o’z navbatida tizimli tahlilni amalga oshirish yo’lini, ya’ni yondashuvni belgilab olishni taqozo etadi.
Tahlil, bu turli hajm va mazmundagi axborotni jamlab, manba shakliga keltirish bo’lib, bunga tizimli yondashish maqsadga muvofiqdir. Tizimli yondashish, bu ob’ektni yaxlit majmua sifatida o’rganishga asoslangan metodologiya, ilmiy anglashni ta’minlovchi “yo’l”dir. Fanda tizimli yondashuv turli fan sohalarining vakillari tomonidan shakllantirilgan. Tizimli yondashuv, bu o’zaro aloqador bo’lgan jihatlarni qamrab olgan majmua bo’lib, tahlilni amalga oshirishda metodologiya vazifasini bajara oladi. Bular:

  • tizimli - xossaviy (elementli), tizim nimalardan tarkib topgan? degan savolga javob topish uchun xizmat qiladi;

  • tizimli - strukturaviy, tizimni ichki to’zulishini, uning tarkiblarini ta’minlashuvini belgilash uchun xizmat qiladi;

  • tizimli - funksional, tizim va uni vujudga keltiruvchi qanday vazifalarni

bajarishini ajratib berish uchun xizmat qiladi;

  • tizimli - kommunikativ, tizimning boshqa tizimlar bilan gorizontal va vertikal alokadorliklarni mohiyatini belgilash uchun xizmat qiladi;

  • tizimli - integrativ, tizimni saklanish mexanizmi, saklanish omillari va takomillashuvi belgilash uchun xizmat qiladi;

  • tizimli - tarixiy, “tizim qanday shakllangan?”, “rivojlanish davomida qanday bosqichlardan o’tgan?”, “tizimni istiqboli qanday?” degan savollarga javob berish uchun xizmat qiladi.

Ko’rinib turibdiki, tizimli yondashuv, bu tizimli tahlilni amalga oshirish yo’lini belgilab berish uchun xizmat qiladigan majmua hisoblanadi.Tizimni
(ob’ektni) boshqaruvi bilan bog’lik bo’lgan masalani xavfsizlikni ta’minlash nazari asosida tizimli tahlil qilishni tadqiqotchi quyidagi ketma-ketlikda amalga oshirishi maqsadga muvofiq:

  • o’zining ilmiy saloxiyatini inobatga olib, tadqiqotning vazifa va maqsadini (ya’ni, istiqboldagi istakli holatini) belgilab olishi;

  • tahlil uchun tanlangan tizimni (bunda faoliyat sohalari nazarga olingan) xamda tashqi muhitning rivojlanish tarzi va prognozini tadqiqotda belgilanishi;

  • tashqi muhit omillarini (iste’molchilar bozori, mol etkazib beruvchi xamda

raqobatchilar va boshqalar) tadqiq qilib, uning istiqbolini belgilashi;

  • maqsad va vazifalarning tizim tuzilishi(yaratilishi)da ifodalanishini belgilab olishi lozim.

-

Yüklə 57,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə