Tо‘g‘risida nizom 1-bob. Umumiy qoidalar


-bob. Talabalar akademiyasining boshqaruvi va tuzilmasi



Yüklə 447,41 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/7
tarix24.01.2023
ölçüsü447,41 Kb.
#99116
1   2   3   4   5   6   7
Jizzax davlat pedagogika instituti huzuridagi Talabalar akademiyasi

7-bob. Talabalar akademiyasining boshqaruvi va tuzilmasi
30. Talabalar akademiyasi prezidenti vazifasini Jizzax davlat pedagogika 
instituti rektori bajaradi. 
31. Talabalar akademiyasi Prezidenti: 
Talabalar akademiyasiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi hamda 
Talabalar akademiyasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun 
shaxsan javob beradi; 
Talabalar akademiyasiga, vitse-prezidentlar va a’zolarni tanlab olish 
jarayonini boshqaradi; 
Talabalar akademiyasining yillik va istiqboldagi ish rejalarini ishlab chiqadi, 
tasdiqlash uchun institut kengashiga kiritadi va bajarilishi monitoringi ta’minlaydi; 
Talabalar akademiyasi kengashi yig‘ilishlarida raislik qiladi; 
davlat va xо‘jalik boshqaruvi organlarida va boshqa tashkilotlarda Talabalar 
akademiyasi nomidan vakillik qiladi; 
Talabalar akademiyasining faoliyati yuzasidan institut kengashiga hisobot 
beradi. 
32. Talabalar akademiyasi Prezidentiga о‘rinbosar sifatida tо‘rtta vitse-
prezident faoliyat yuritadi. Vitse-prezident Talabalar akademiyasining eng faol 
a’zolari orasidan Talabalar akademiyasi Prezidenti tavsiyasiga kо‘ra Talabalar 
akademiyasining Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
33. Talabalar akademiyasi vitse-prezidenti: 


Talabalar akademiyasining tо‘rtta vitse-prezidenti mavjud tо‘rtta platformaga 
boshchilik qiladi; 
Talabalar akademiyasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning platformalar 
kesimida bajarilishi uchun mas’ul hisoblanadi; 
Talabalar akademiyasiga a’zolarni tanlab olish jarayonida ishtirok etadi; 
Talabalar akademiyasining yillik va istiqboldagi ish rejalarini ishlab chiqishda 
qatnashadi, tasdiqlangan rejalarning о‘z platformasida bajarilishini ta’minlaydi; 
Talabalar akademiyasining platformalari faoliyati yuzasidan Talabalar 
akademiyasi Kengashiga hisobot beradi. 
34. Talabalar akademiyasining ishchi guruhi Jizzax davlat pedagogika 
institutining Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish bо‘limi 
hisoblanadi. 
35. Ishchi guruh: 
Talabalar akademiyasi yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishiga 
qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshiradi; 
Talabalar akademiyasiga a’zolarni tanlab olish jarayonini tashkillashtiradi; 
iqtidorli va tashabbuskor yoshlar bо‘yicha yagona ma’lumotlar bazasini 
shakllantiradi va yuritadi; 
Talabalar akademiyasi kengashi yig‘ilishlariga zarur materiallarni о‘z vaqtida 
tayyorlaydi; 
Talabalar akademiyasi kengashi yig‘ilish bayonlarini rasmiylashtiradi va 
kengashlarning a’zolariga tasdiqlangan bayonlarning yetkazilishini ta’minlaydi. 
36. Talabalar akademiyasi kengashi yig‘ilishlarida Iqtidorli talabalarning 
ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish bо‘limi boshlig‘i kotiblik qiladi 

Yüklə 447,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə