Tо‘g‘risida nizom 1-bob. Umumiy qoidalar



Yüklə 447,41 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/7
tarix24.01.2023
ölçüsü447,41 Kb.
#99116
1   2   3   4   5   6   7
Jizzax davlat pedagogika instituti huzuridagi Talabalar akademiyasi

muassasalari 
bilan 
hamkorlikda 
yoshlarni 
ijodiy, 
intellektual 
va tadbirkorlik salohiyatini oshirish sohasida:


Institut kо‘magida ta’lim yо‘nalishlaridagi faol yoshlarni innovatsion 
loyihalari hamda ilm-fan sohasi va innovatsion faoliyatni rivojlantirish bо‘yicha 
bergan taklif va tavsiyalarini о‘rganish asosida iqtidorli va tashabbuskor yoshlarni 
Talabalar akademiyasi a’zoligiga jalb etadi; 
davlat va xо‘jalik boshqaruvi organlari, ilmiy-tadqiqot va ta’lim muassasalari 
bilan hamkorlikda ilmiy-tadqiqot ishlari va innovatsion faoliyatda qatnashayotgan 
yoshlarni har tomonlama qо‘llab-quvvatlash bо‘yicha chora-tadbirlarni ishlab 
chiqish va amalga oshirishga kо‘maklashadi; 
iqtidorli yoshlarni ilmiy-axborot resurslaridan foydalanish uchun zarur shart-
sharoit yaratish bо‘yicha amaliy choralarni kо‘radi; 
yangi, istiqbolli yо‘nalishlar (sun’iy intellekt, qayta tiklanuvchi energiya 
manbalari, robototexnika va mexatronika, bitexnologiya, dasturlash, 3D 
modellash)ni rivojlantirish maqsadida sohaning yetakchi olimlari va malakali 
mutaxassislari ishtirokida yoshlarning ijodiy va intellektual salohiyatini oshirishga 
kо‘maklashadi; 
b) iqtidorli va tashabbuskor yoshlar bо‘yicha yagona ma’lumotlar bazasini 
shakllantirish va muntazam yangilab borish hamda ularni mamlakatning yetakchi 
olimlari va ishbilarmonlari bilan hamkorligini ta’minlash sohasida:
iqtidorli va tashabbuskor yoshlar bо‘yicha yagona ma’lumotlar bazasini 
shakllantirish va yuritish bо‘yicha onlayn platformani (keyingi о‘rinlarda elektron 
baza deb ataladi) yuritadi; 
yetakchi olimlari va ishbilarmonlari bilan hamkorlikda elektron bazani 
muntazam yangilab boradi; 
Talabalar akademiyasi a’zolarining takliflari asosida elektron bazani va uning 
yuritilishini takomillashtirib boradi; 
iqtidorli va tashabbuskor yoshlarning g‘oyalari va startap loyihalarini elektron 
baza orqali qabul qilinishi va kо‘rib chiqilishini ta’minlaydi; 
d) ilmiy tadqiqotlarni bajarish ishtiyoqiga ega iqtidorli yoshlarni qо‘llab-
quvvatlash, amaliy va innovatsion tadqiqotlarni olib borishlariga imkon yaratish


yangi avlod yosh olimlarini tayyorlash bо‘yicha tizimli ishlarni amalga oshirish 
sohasida:
ilmiy tadqiqotlarni bajarish ishtiyoqiga ega iqtidorli yoshlarni qо‘llab-
quvvatlash choralarini kо‘radi, ularni institut va ilmiy tashkilotlarning laboratoriya 
bazasidan foydalanishlari uchun zarur shart-sharoit yaratadi; 
iqtidorli va tashabbuskor yoshlarning amaliy va innovatsion tadqiqotlarni olib 
borishlari uchun imkon yaratish maqsadida loyihalarni shakllantirishga 
kо‘maklashadi, olim va mutaxassislar ishtirokida loyihalarni rasmiylashtirish, 
biznes rejalarni tayyorlash bо‘yicha treninglar о‘tkazadi; 
ilmiy tadqiqotlarni bajarish ishtiyoqiga ega iqtidorli yoshlarni yetakchi 
olimlarga biriktirish va ilmiy maktablarning mustahkam bazasini shakllantirish 
asosida yangi avlod yosh olimlarini tayyorlashga qaratilgan tizimli ishlarni amalga 
oshiradi; 
ye) iqtidorli yoshlar tomonidan aniq vazifalarni hal etishga, ichki va tashqi 
bozorlarda talab yuqori bо‘lgan ilg‘or texnologik ishlanmalarni yaratishga qulay 
sharoitlar yaratish sohasida:
institut kо‘magida iqtidorli yoshlarni davlat va xо‘jalik boshqaruvi organlari 
hamda ishlab chiqarish korxonalari faoliyatini о‘rganishga jalb etadi, iqtisodiyot 
tarmoqlarida ilg‘or texnologiyalarga bо‘lgan ehtiyojlarni aniqlash bо‘yicha tizimli 
ishlarni olib boradi; 
ilmiy ishlanmalarning ichki va tashqi bozorda raqobatbardoshligini ta’minlash 
maqsadida iqtidorli va tashabbuskor yoshlarga patentlash, ilmiy ishlanmalarni 
baholash va sertifikatlashtirishda amaliy yordam kо‘rsatadi; 
iqtidorli va tashabbuskor yoshlar tomonidan ishlab chiqilgan ilg‘or texnologik 
ishlanmalar asosida tajriba namunalarini yaratish va tayyor mahsulot bosqichiga 
olib chiqish uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlaydi; 
f) yoshlarning startap-loyihalarini xо‘jalik boshqaruvi organlari va davlat 
ulushi mavjud korxonalarni izchil rivojlantirish bо‘yicha zamon talablariga javob 
beradigan, tijoratlashtirish darajasi yuqori bо‘lgan mahsulotlar va xizmatlarni 
ishlab chiqarishga yо‘naltirish sohasida:


xо‘jalik boshqaruvi organlari va davlat ulushi mavjud korxonalar 
muammolarini 
о‘rganish bо‘yicha sayyor tashriflarni tashkil etishni 
tashkillashtiradi; 
korxonalarda mavjud muammolar muhokamasi yuzasidan davra suhbatlarini 
о‘tkazishda va yechimi yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishda amaliy 
yordam kо‘rsatadi; 
tijoratlashtirish darajasi yuqori bо‘lgan raqobatbardosh mahsulotlar va 
xizmatlar ishlab chiqarishga yо‘naltirilgan startap loyihalar shakllantirishni 
qо‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlaydi; 
g) iqtidorli yoshlarni rivojlangan respublikaning nufuzli ilmiy markazlari, 
universitetlari, texnoparklari va ishlab chiqarish korxonalarida malaka 
oshirishlariga kо‘maklashish sohasida:
respublikadagi ilmiy markazlar, universitetlar, texnoparklar va ishlab 
chiqarish korxonalari bilan doimiy hamkorlikni amalga oshiradi va shu asosda 
iqtidorli yoshlarni maqsadli hamda tizimli stajirovka va qisqa muddatli о‘qishlarini 
tashkil etadi; 
ilmiy tadqiqotlarni bajarish ishtiyoqiga ega iqtidorli yoshlarni respublikadagi 
ilmiy markazlarning laboratoriya bazasidan foydalanishlari uchun hamkorlikni 
rivojlantiradi, ularning zamonaviy laboratoriya uskunalaridan foydalanishni 
о‘rganishlari uchun zarur choralarni kо‘radi; 
respublikadagi texnoparklarning ilg‘or tajribalarini о‘rganish maqsadida 
tajriba almashish dasturlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi; 
tashabbuskor yoshlarga respublikadagi yetakchi ishlab chiqarish korxonalari 
faoliyatini о‘rganishlariga imkoniyat yaratadi; 
h) xalqaro va mahalliy darajada e’tirof etilgan tashkilotlar, universitetlar, 
ilmiy markazlar bilan yaqindan aloqalar о‘rnatish, ularning olimlari va 
mutaxassislari ishtirokida mahorat darslari, treninglar, shuningdek, dolzarb ilmiy-
innovatsion yо‘nalishlar bо‘yicha konferensiyalar, seminarlar va tanlovlar 
о‘tkazish sohasida:


institut kо‘magida xalqaro darajada e’tirof etilgan tashkilotlar, universitetlar, 
ilmiy markazlar bilan yaqindan aloqalar о‘rnatadi va iqtidorli yoshlarning ilmiy 
ishlanmalarini aprobatsiya qilish maqsadida ilmiy-innovatsion yо‘nalishlar 
bо‘yicha konferensiya, forum, seminar va tanlovlar о‘tkazadi; 
buyurtma asosida nufuzli ilmiy markazlardan yetakchi olimlar va 
mutaxassislar ishtirokida mahorat darslari, trening va seminarlar о‘tkazadi; 
mahalliy 
tashkilot, 
universitet 
va 
ilmiy 
markazlardan 
olim 
va 
mutaxassislarning, Talabalar akademiyasi barcha a’zolarining hamda iqtidorli 
yoshlarning ilmiy nashrlarini chop etish, ilmiy ma’ruzalarini tayyorlash va 
namoyish etishga tayyorlashda hamkorlik qilishga jalb etadi; 
Talabalar akademiyasi a’zolarining ilmiy maqolalarini institutda iqtidorli 
talabalar uchun tashkil qilingan “Tadqiqot olami” elektron jurnalida chop etib 
boriladi. 

Yüklə 447,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə