Tojiqulov islomjon ilhomjovichkning pedagogika nazariyasi tarixi fanidan taqdimoti sh I



Yüklə 271,27 Kb.
səhifə3/4
tarix11.05.2023
ölçüsü271,27 Kb.
#109526
1   2   3   4
oliy talim

Ushbu qonunga ko‘ra, ta’lim muassasasi qonun hujjatlariga muvofiq ishlab chiqilgan ustav asosida faoliyat ko‘rsatadi. Ta’lim muassasasi attestatsiya natijalariga binoan davlat akkreditatsiyasidan mahrum etilishi mumkin. Ta’lim muassasalari o‘quv-tarbiya majmualariga hamda o‘quv-ilmiyishlab chiqarish birlashmalari va uyushmalariga birlashishga haqli.

  • Ushbu qonunga ko‘ra, ta’lim muassasasi qonun hujjatlariga muvofiq ishlab chiqilgan ustav asosida faoliyat ko‘rsatadi. Ta’lim muassasasi attestatsiya natijalariga binoan davlat akkreditatsiyasidan mahrum etilishi mumkin. Ta’lim muassasalari o‘quv-tarbiya majmualariga hamda o‘quv-ilmiyishlab chiqarish birlashmalari va uyushmalariga birlashishga haqli.
  • “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunning 7-moddasida Davlat ta’lim standartlari umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim mazmuniga hamda sifatiga qo‘yiladigan talablarni belgilaydi, deb ko‘rsatilgan.
  • Davlat ta’lim standartlarini bajarish O‘zbekiston Respublikasining barcha ta’lim muassasalari uchun majburiy xisoblanadi. Ta’lim muassasalarida ta’lim berish tilidan foydalanish tartibi Davlat tili to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan tartibga solinishi aloxida qayd etilgan.

O‘zbekiston Respublikasining ta’lim tizimi o‘z ichiga quyidagilarni oladi:

  • -davlat standartlariga muvofiq ta’lim dasturlarini amalga oshiruvchi davlat va nodavlat ta’lim muassasalari;
  • -ta’lim tizimining faoliyat ko‘rsatishi va rivojlanishini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan tadqiqot ishlarini bajaruvchi ilmiy-pedagogik muassasalar;
  • -ta’lim sohasidagi davlat boshqaruv organlari, shuningdek ularga qarashli korxonalar, muassasalar va tashkilotlar.
  • O‘zbekiston Respublikasida ta’lim maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, oliy ta’lim, oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash, maktabdan tashqari ta’lim turlarida amalga oshiriladi.

Qonunda ta’lim turlariga quyidagicha ta’rif berilgan:

  • Maktabgacha ta’lim odatda davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi, qisqa muddatli guruxlar tuzish orqali amalga oshiriladi. Bu ta’lim olti-yetti yoshgacha oilada, bolalar bog‘chasida va mulk shaklidan qat’iy nazar boshqa ta’lim muassasalarida olib boriladi, xamda u bola shaxsini sog‘lom va yetuk, maktabda o‘qishga tayyorlangan tarzda shakllantirish maqsadini ko‘zlaydi.
  • Umumiy o‘rta ta’lim odatda umumiy o‘rta ta’lim olish uchun zarur bo‘lgan savodxonlik, bilim va ko‘nikma asoslarini shakllantirish, bilimlarning zarur hajmini berish, mustaqil fikrlash, tashkilotchilik qobiliyati va amaliy tajriba ko‘nikmalarini rivojlantirish, dastlabki tarzda kasbga yo‘naltirish va ta’limning navbatdagi bosqichini tanlash maqsadini ko‘zlaydi.
  • O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi akademik litsey yoki kasb-hunar kollejida amalga oshiriladi. Uning asosiy maqsadi o‘quvchilarning intellektual qobiliyatlarini jadal o‘stirishni, ularning chuqur, tabaqalashtirilgan va kasb-hunarga yo‘naltirilgan bilim olishlarini ta’minlash, o‘quvchining kasb-hunarga moyilligi, mahorat va malakasini chuqur rivojlantirish, tanlangan kasblar bo‘yicha bir yoki bir necha ixtisos olishni ta’minlash hisoblanadi.

Yüklə 271,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə