Toshkent arxitektura qurilish instituti muxandislik qurilish infrastrukturasi fakulteti


 Passiv va aktiv isitish tizimlarida quyosh energiyasidan foydalanish



Yüklə 0,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/15
tarix28.11.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#136676
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
1. Passiv va aktiv isitish tizimlarida quyosh energiyasidan foydalanish
Passiv isitish tizimida issiqlik tashuvchilarning harorati 70
0
S dan yuqori emas. 
Bunday isitish tizimida ishlatilayotgan issiqlik tashuvchi an‘anaviy va 
noan‘anaviy issiqlik man‘balarining ishlatilishi bilan ajralib turadi. Bu turdagi 
issiqlik man‘balariga quyosh nuri, ishlab chiqarsh jarayonida chiqarib 
tashlanayotgan issiq suv, suv bug‗i, gaz va ximiya kombinatlarida yonib turgan 
mash‘ala va geotermal suvlarni misol keltirish mumkin. Passiv quyosh isitish 
tizimlarining ishlash prinsipi quyidagi jarayonlarga, ya‘ni shaffof qoplama bilan 
himoyalangan va qoraytirilgan sirtlarga quyosh nurlanish energiyasini to‗plashga 
va ularni qizdirishga, issiqlik o‗tkazuvchanlik va erkin konveksiya orqali 
issiqlikni isitiladigan honaga uzatishga asoslangan.
Passiv tizimlar binoning konstruksiya elementlaridan va issiqlik yo‗qotishlarni 
kamaytirish chora-tadbirlaridan kompleks foydalanish asosida amalga oshiriladi. 
Passiv tizimlarda issiqlik tashuvchi sifatida havo xizmat qiladi [32].
Isitiladigan xonaga issiqlikni uzatish usuliga qarab passiv isitish tizimlarini 
uch turga bo‗lish mumkin: 1) to‗g‗ridan-to‗g‗ri; 2) bilvosita 3) 
izolyatsiyalangan (ajratilgan) usullar bilan issiqlikni qabul qilish va uzatish.
Passiv quyosh isitish tizimlarini keng qo‗llash, ya‘ni quyosh radiatsiyasi 
o‗tishini rostlash va issiqlik yo‗qotishlarni kamaytirish uchun binoning 
konstruksiya elementlaridan foydalanish, turli xil qaytargich, ekran, parda, jalyuz 
va xk. larni ishlatish "quyosh me‘morchiligi"ning rivojlanishiga olib keldi.
O‗zbekiston sharoitida passiv quyosh isitish tizimlaridan foydalanish 
tajribalari va tahlilidan quyidagi hulosalarni chiqarish mumkin :
1)
To‗g‗ridan-to‗g‗ri quyosh radiatsiyasi utish tizimlarining samaradorligi past. 
Qish paytida qo‗shimcha issiqlik manbai talab etiladi, yozgi vaqtda esa 
xonalar qizib ketadi.


29
2)
Katta massali issiqlik akkumulyatorlariga ega bo‗lgan bilvosita yoki 
izolyatsiyalangan (ajratilgan) isitish o‗sullaridan foydalanish maqsadga 
muvofiq.
3)
Qaytarish va ekranlash tizimlaridan foydalanilganda samaradorligi yanada 
oshadi, ya‘ni ular yozda quyosh radiatsisini binoga o‗tishini kamaytiradi, qish 
faslida kunduzgi vaqtda quyosh radiatsiyasi o‗tishini ko‗paytiradi, tunda esa 
- issiqlik yo‗qotishlarini kamaytiradi.
4)
O‗zbekiston sharoitida passiv tizimlar isitish uchun kerakli issiqlik 
yuklamasining 30...60% ni quyosh energiyasi hisobidan ta‘minlashi mumkin.
Isitish tizimida issiqlik man‘bai sifatida quyosh energiyasidan foydalanilsa, 
buni isitish tizimida quyosh nuridan foydalanish deyiladi (gelio qurilma).
Quyosh nurini qabul qiluvchi gelio qurilma quyosh radiatsiyasini uziga qabul 
qilib, uni issiqlik energiyasiga aylantirib beradi.
Bunday isitish tizimlari quyosh radiatsiyasini ishlatish uslubiga kura past 
haroratli passiv va aktiv isitish tizimiga bulinadi.
Quyosh radiatsiyasini issiqlikka aylantirib beruvchi moslama - gelio qurilma 
binoning uzida yoki biror bir qurilish konstruksiyasida qullanilsa, passiv past 
haroratli quyosh nuri bilan isitish tizimi deb ataladi
Masalan, bino - kollektor, devor - kollektor tom kollektor va hokazo.
3

Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə