Toshkent arxitektura qurilish instituti muxandislik qurilish infrastrukturasi fakulteti



Yüklə 0,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/15
tarix28.11.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#136676
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Yaponiyada
«70000 quyoshli tomlar» (1994) dasturi doirasida fotoelektrik 
qurilmalardan uy xo‗jaligida foydalanish investitsiyasi subsidiyalashtiriladi. 
Quyosh batareyasi ishlab chiqaruvchilar va uni o‗rnatuvchilarga soliq imtiyozi va 
subsidiya beriladi.
Shuningdek, 2002 yilda qayta tiklanadigan energiya manbalariga qat‘iy texnik va 
ekologik standartlar joriy etilgan.
Germaniyada 
«Elektr ta‘minoti haqida» (1991), «Qayta tiklanadigan 
energiya manbalari haqida» (2000) kabi qonunlar qabul qilinib, energiya tarmog‗i 
va kommunal xizmatni qayta tiklanadigan energiya manbalaridan sotib olish 


34
majburiyati yuklangan. Sotib olinadigan energiya narxi hukumat tomonidan 
belgilangan.
AQShda 
«Million quyoshli tomlar» (1997) tashabbuslari doirasida 2010 yilgacha 
1 mln. fotoelektrik tizim va quyosh kollektorlari o‗rnatish maqsadi qo‗yilgan. 
Federal hukumat maqsadli moliyalashtirmaydi, shtatlar o‗zlari qonunlar qabul 
qiladilar. PURPA dasturi doirasida korxonalarga qayta tiklanadigan energiyadan 
sotib olish majburiyatlari yuklatilgan.
Bunda sotib olish narxi xarajatlardan ozgina ko‗p qilib, shtatlar hukumati 
tomonidan belgilanadi. Bundan tashqari, 1978 yildan energiya solig‗i 
dalolatnomasiga ko‗ra, 10 foizli kredit solig‗i quyosh, shamol va geotermal 
energetika 
firmalarining 
investitsiyalariga 
qo‗llanila 
boshlangan. 
Dalolatnomaning bir bo‗lagida quyosh energiyasi uskunalarini sotib olishga o‗z 
ulushlarini qo‗shganlarga soliq imtiyozlari beriladi. Jumladan, agar oila quyosh 
energiyasi olish uskunasiga 10 ming dollar sarflasa, daromad solig‗i 2200 
dollarga qisqartirilishi mumkin. 2 ming dollar soliq imtiyozi 30 foiz xarajatlar 
yig‗indisiga teng keladi
Aktiv (faol) past haroratli quyosh nuri bilan isituvchi asboblar uzi alohida 
urnatilib binoning biror bir qurilmasiga kirmaydi. Hozirgi davrda quyosh nuri 
bilan isituvchi gelio qurilmalar ikki turga bulinadi: birinchisi nur yig‗uvchi gelio 
qurilmalar va ikkinchisi - yassi gelio qurilmalar.

Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə