Toshkent davlat agrar universiteti agrologistika va biznes fakulteti buxgalteriya hisobi, tahlil va audit kafedrasi


Joriy likvidlik (qoplash) koeffitsiyenti yoki umumiy qoplash koeffitsiyenti



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə12/22
tarix28.04.2023
ölçüsü0,8 Mb.
#107501
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22
Ahmadullo Kurs ishi

Joriy likvidlik (qoplash) koeffitsiyenti yoki umumiy qoplash koeffitsiyenti:
- joriy qarzlarning qancha qismi joriy aktivlar bilan qoplanishini;
- joriy majburiyatlarning har so‘miga necha so‘mlik joriy aktivlar (aylanma mablag‘lar) qiymati to‘g‘ri kelishini;
- joriy majburiyatlarni jami aylanma mablag‘lari bilan qoplanish darajasini ifodalaydi.
Joriy likvidlik koeffitsiyenti korxonani chiqargan aksiyalari va obligatsiyalarini xarid etgan subyekt va jismoniy shaxslar uchun muhim ko‘rsatkich hisoblanadi. Aksiyadan olinadigan dividendlar miqdori, obligatsiyalardan foizlar joriy likvidlik koeffitsiyenti darajasiga bog‘liqdir. Joriy aktivlarni qisqa muddatli majburiyatlarga nisbatan yuqori bo‘lishi rezerv zaxirasini hosil qiladi. Rezerv zaxirasi korxona zarar ko‘rganda qoplashga sarflanadi. Bu ko‘rsatkichni qanchalik yuqori bo‘lishi kreditorlarda qarzni uzishga bo‘lgan ishonchini ta’minlaydi. Joriy likvidlik koeffitsiyentining me’yor ko‘rsatkichi 1 dan 2 gacha hisoblanadi, ammo, barcha tarmoqlar uchun yagona me’yor belgilanishi maqsadga muvofiq emas, chunki, bu ko‘rsatkich darajasi korxonaning faoliyat turi, uning tuzilishi va balans aktivining sifati, operatsion jarayon davomiyligi, kreditorlik qarzlarni qoplanish muddatlari va h.k. larga bog‘liq. Joriy likvidlik koeffitsiyenti darajasining hisob – kitobiga ko‘ra likvidlik yil boshi va yil oxirida me’yor darajasida, uning o‘sish su’rati 1,08 koeffitsiyentni tashkil etgan. Joriy likvidlik koeffitsiyentining darajasi ko‘p jihatdan zaxiralarni tashkil etish manbalari uzoq muddatli majburiyat va korxonaning o‘z kapitaliga bog‘liq. Uning darajasini oshirish uchun o‘z kapitalini manbalar bilan to‘ldirish, aktivlar va debitorlik qarzlar o‘sishini turg‘un holda saqlashdan iborat. Mazkur ko‘rsatkichdan korxona aktivi likvidligini baholash va uzoq muddatli istiqbolda to‘lovga qodirligini aniqlashda foydalaniladi. Oborot aktivlarini qisqa muddatli majburiyatlardan ikki marotaba ortiq bo‘lishi korxonaning ishlab chiqarish va moliyaviy holatini barqaror o‘sishi uchun zamin yaratadi. Buning natijasida ishchi kapitali yoki «sof oborot aktivi» shakllanadi.


Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə