Toshkent davlat agrar universiteti agrologistika va biznes fakulteti buxgalteriya hisobi, tahlil va audit kafedrasi


Moliyaviy natijalarning shakllanishi, ularning turlari va axborot manbalari



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə20/22
tarix28.04.2023
ölçüsü0,8 Mb.
#107501
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Ahmadullo Kurs ishi

2.2 Moliyaviy natijalarning shakllanishi, ularning turlari va axborot manbalari
Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida respublikamizda qabul qilingan amaldagi huquqiy me’yorlarga muvofiq xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliyaviy natijalarining shakllanishi Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan hamda 1999-yil 5-fevralda tasdiqlangan «Mahsulot (ish, xizmat)lar ishlab chiqarish xarajatlarining tarkibi va moliyaviy natijalarning shakllanish tartibi to‘g‘risida»gi Nizomga asosan belgilanadi.
Mazkur Nizomga muvofiq moliyaviy natijalarning shakllanish qatorlariga quyidagilar kiritiladi:

1. Mahsulot (ish, xizmat)lar sotishdan olingan yalpi moliyaviy natija.


2. Asosiy faoliyatning yalpi moliyaviy natijasi.
3. Moliyaviy faoliyatdan ko‘rilgan natija.
4. Umumxo‘jalik faoliyatidan olingan yalpi moliyaviy natija.
5. Favqulodda kutilmagan holatlardan natija.
6. Soliq to‘langungacha bo‘lgan yalpi moliyaviy natija.
7. Yilning sof foydasi (zarari).
Moliyaviy natijalarning bu tarkib turkumlanishini xalqaro hisob andozalariga nisbatan berilgan deyish mumkin. Bunda asosiy faoliyatning moliyaviy natijalari qatorida korxonaning mahsulot sotishdan olgan natijasi, asosiy vositalarni sotishdan olgan natijasi va boshqa aktivlarni sotishdan olgan moliyaviy natijasi aks etadi. Davr xarjatlari ulardan chegiriluvchi qator sifatida olinadi. Nizomda keltirilgan xarajatlar tasnifi eng avvalo buxgalteriya hisobida xarajatlarni to‘g‘ri va to‘liq aks ettirishga, shuningdek, xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy hisobotini tuzish uchun uning faoliyati moliyaviy natijalarini (foyda yoki zararni) aniqlashga yo‘naltirilgan. Xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatining moliyaviy natijalari foydaning quyidagi ko‘rsatkichlari bilan tavsiflanadi: mahsulotni sotishdan olingan yalpi foyda, bu sotishdan olingan sof tushum bilan sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi o‘rtasidagi tafovut sifatida aniqlanadi:

bunda, YaF - yalpi foyda; SST- sotishdan olingan sof tushum; .
IT - sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi;
asosiy faoliyatdan ko‘rilgan foyda, bu mahsulotni sotishdan olingan yalpi foyda bilan davr xarajatlari o‘rtasidagi tafovut, va plyus asosiy faoliyatdan ko‘rilgan boshqa daromadlar yoki minus boshqa zararlar sifatida aniqlanadi:

bunda, AFF-asosiy faoliyatdan olingan foyda; DX-davr xarajatlari;
BD-asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar;
BZ-asosiy faoliyatdan ko‘rilgan boshqa zararlar;
xo‘jalik faoliyatidan olingan foyda (yoki zarar), bu asosiy faoliyatdan olingan foyda summasi plyus moliyaviy faoliyatdan ko‘rilgan daromadlar va minus zararlar sifatida hisoblab chiqiladi:

bunda, UF - umumxo‘jalik faoliyatidan olingan foyda;
MD - moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar;
MX - moliyaviy faoliyat xarajatlari; soliq to‘langungacha olingan foyda, u umumxo‘jalik faoliyatidan olingan foyda plyus favqulodda (ko‘zda tutilmagan) vaziyatlardan ko‘rilgan foyda va minus zarar sifatida aniqlanadi:

bunda, STF - soliq to‘langungacha olingan foyda;
FP - favqulodda vaziyatlardan olingan foyda;
FZ - favqulodda vaziyatlardan ko‘rilgan zarar;
YaF=SST-IT AFF = YaF-DX+BD-BZ UF=AFF+MD-MX STF=UF+FP-FZ yilning sof foydasi, u soliq to‘langandan keyin xo‘jalik yurituvchi subyekt ixtiyorida qoladi, o‘zida daromad (foyda)dan to‘lanadigan soliqni va minus qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa soliqlar va to‘lovlarni chiqarib tashlagan holda soliqlar to‘langunga qadar olingan foydani ifodalaydi:

bunda, SF - sof foyda;
DS - daromad (foyda)dan to‘lanadigan soliq;
BS - boshqa soliqlar va to‘lovlar.
Moliyaviy faoliyatdan olingan daromad va xarajatlar qatoriga korxonaning moliya bozoridagi faolligidan oladigan daromadlari va mulkiy munosabatlardagi ishtirokidan olinadigan daromadlari, erkin almashtiriladigan valuta resurslarini boshqarishdan oladigan daromadlari, korxonaning moliyaviy faoliyatidan kelib chiqadigan turli xarajatlar kiritiladi. Ularning korxona hisob foydasidagi salmog‘i so‘nggi yillarda tobora oshib bormoqda. Favqulodda kutilmagan holatlardan daromadlar va xarajatlar qatoriga korxonining asosiy va moliyaviy faoliyatidan tashqari tasodifiy holatlar bo‘yicha oladigan daromad va xarajatlari kiritiladi. Ularning tarkibiga kiritiladigan aniq ko‘rsatkichlar «Xarajatlar tarkibi to‘g‘risida»gi Nizomda ifoda etilmagan, faqat ularning farqlanishiga ta’rif berilgan xolos, ya’ni korxona uchun yaqin uch yillik oraliqda odatiy hol yoki faoliyat turi hisoblanmagan holatlardan oladigan daromadlari yoki yo‘qotishlar ushbu qatorga kiritiladi (shuningdek, tasodifiy holatlar ham).
Moliyaviy natijalarning shakllanishi bo‘yicha tahlilni quyidagi jadval ma’lumotlari asosida berish mumkin. Jadval ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, biz tahlil qilayotgan xo‘jalik subyektining sof foydasi joriy yilda o‘tgan yilga nisbatan 4843 ming so‘mga kamaygan. Sof foydaning kamayishiga, asosan, davr xarajatlarining o‘tgan yilga nisbatan 189388 ming so‘mga ortishi hamda to‘langan soliqlarning, ya’ni daromad solig‘i va boshqa soliq hamda ajratmalarning o‘tgan yilga nisbatan 182230 ming so‘mga ko‘p to‘langanligi ta’sir etgan. Ushbu omillar korxonaning mahsulot sotishSF= STF-DS-BS 375 dan olgan yalpi foydasining 349154 ming so‘mga ortganini ham qoplab yubordi demak, korxona ma’muriyati birinchi navbatda davr xarajatlarini qisqartirish choralarini ko‘rishi lozim bo‘ladi. Bundan tashqari to‘langan soliqlarning keskin ortishiga qanday omillar sabab bo‘lganligini ham o‘rganib chiqish lozim bo‘ladi.


Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə