Toshkent davlat agrar universiteti agrologistika va biznes fakulteti buxgalteriya hisobi, tahlil va audit kafedrasi


Kirish ………………………………………………………………………



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə2/22
tarix28.04.2023
ölçüsü0,8 Mb.
#107501
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Ahmadullo Kurs ishi

Kirish ………………………………………………………………………

4

1.1 Moliyaviy barqarorlik va xo’jalik subyektlarining moliyaviy holatini o’rganish tahlili..................………………………………………..…………

5

1.2 Korxonaning to‘lov qobiliyati o’rganishning tahlili maqsadi va vazifalari ……………………………………….………………………...…

17

2.1 Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotning asosiy ko‘rsatkichlari, ular bilan shug‘ullanuvchilarning iqtisodiy manfaatlari………………..


23

2.2 Moliyaviy natijalarning shakllanishi, ularning turlari va axborot manbalari…………………………………………………………...……….

30

Xulosa………………………………………………………..........................

37

Foydalanilgan adabiyotlar………...………………...………………...........

38



KIRISH
Respublikaning iqtisodiy va moliyaviy barqarorlikka erishishida muhim omil, ishlab chiqarish hajmining o‘sishi, pul qadrsizlanishini pasaytirish, eksport hajmini oshirish va boshqa shu kabi makroiqtisodiy o‘sishni ta’minlash bilan birga mamlakatda faoliyat yuritayotgan har bir korxona, firma, kompaniyalarni xo‘jalik subyektlari sifatida rivojlantirishni taqozo etadi. Korxona, firma va kompaniyalarning iqtisodiy mustaqil hamda moliyaviy barqaror faoliyat ko‘rsatishlarida ularni oqilona boshqarish, hisob-kitob yuritilishini bozor iqtisodiyoti talablariga moslash, moliyaviy menejment ishlarini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, bor moddiy, moliyaviy va mehnat boyliklaridan samarali foydalangan holda ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatishni tashkil etish, natijada yuqori foyda olib, davlat budjeti oldidagi majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarish, rezervlar tashkil etish eng dolzarb vazifalardan sanaladi. Shu bois, bozor iqtisodiyotini erkinlashtirish har birimizdan buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit haqida ma’lum bilimga ega bo‘lishimizni talab etadi. Tadbirkorlik faoliyatining muvaffaqiyati hisobkitoblarning puxtaligiga, pul oqimlarining oqilona boshqarilishiga, moliyaviy masalalardagi qarorlarni to‘g‘ri va o‘z vaqtida qabul qilinishiga hamda moliyaviy tahlilning sifatli tashkil etilishiga uzviy bog‘liqdir. Ayniqsa, bozorni to‘g‘ri o‘rganishda, hamkorlarning moliyaviy ishonchliligini bilishda, o‘zaro hisob-kitob ishlarida yutqazib qo‘ymaslik va boyliklardan o‘rinli foydalana olishda kompleks iqtisodiy tahlilning natijalariga asoslanib boshqaruv qarorlarini belgilash, foyda olishning zaruriy sharti ekanligi tajribada bir necha bor isbotlangan. Iqtisodiy tahlil boshqaruvning bir funksiyasi sifatida mavjud axborotlarga tayanadi, ammo axborotlar hali hech narsani hal qilmaydi. Ularni menejerning maqsadidan kelib chiqqan holda qayta ishlashni, tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha tizimlashtirishni, moliyaviy hisobotlarni iqtisodiy jihatdan o‘qishni talab qiladi. Bu esa, o‘z navbatida, iqtisodiy tahlil orqali amalga oshiriladi. Shu tufayli zamonaviy mutaxassislar shu fanni mukammal o‘rganishi lozimligini obyektiv zaruratga aylantirdi. Bunday zaruriyat tufayli barcha iqtisodiyotga oid mutaxassisliklar iqtisodiy tahlil fanini, uning tarkibiy qismi bo‘lgan moliyaviy va boshqaruv tahlilni o‘rganishi majburiy qilib belgilangan va mutaxassislarni shakllantiruvchi fan sifatida ularning o‘quv rejasiga kiritilgan. Moliyaviy tahlilni axbarot manbalari va ularga qo’yiladigan talablar, moliyaviy hisobot shakllarini o’qish, gorizontal va vertikal tahlil etish, trend va asos tahlili, moliyaviy koeffitsentlar va omilli tahlil etish, daromad-xarajat-natija aloqadorligi va uning tahlil etishni uslubiy asoslari, firma va kompaniyalarning bozor va ish faolligini tahlil etish, kreditga qobillik va to’lov layoqatini tahlili, investitsion faoliyat tahlili kabi masalalar amaliy asosda bayon etilgan.

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə