Toshkent davlat agrar universiteti agrologistika va biznes fakulteti buxgalteriya hisobi, tahlil va audit kafedrasi



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə6/22
tarix28.04.2023
ölçüsü0,8 Mb.
#107501
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Ahmadullo Kurs ishi

A.D.Sheremet, R.S.Sayfulinlarning fikricha moliyaviy mustahkamlik va to‘lashga qodirlik bir mazmunga ega bo‘lib, to‘lashga qodirlik moliyaviy mustahkamlikning tashqari ko‘rinishini ifodalaydi deb ta’kidlanadi. A.N.Li va S.I.Shevchenkolar ham xuddi shu fikrga ega. Ular o‘z maqolalarida moliyaviy mustahkamlik koeffitsiyentining tahlili to‘g‘risida to‘xtalib, to‘lashga qodirlik ko‘rsatkichini tahlil etganlar. Haqiqatda moliyaviy mustahkamlik va to‘lashga qodirlik har xil mazmunga ega bo‘lib, bu moliyaviy ko‘rsatkichlar turli usulda aniqlanadi. Undan tashqari A.N.Li va S.I.Shevchenkolar moliyaviy mustahkamlikni moliyaviy barqarorlik deb qabul qilishgan. Bu ham bizning fikrimizcha noto’g‘ri.
Moliyaviy barqarorlik bu – korxonalarning moliyaviy holatini zaruriy bir xil darajada turishini, pasaymasligini ifodalaydi. Moliyaviy mustahkamlik to‘g‘risida gap borar ekan, yana ikkita narsaga e’tibor berish lozim. Bu moliyaviy mustahkamlikning kriteriyasi va moliyaviy mustahkamlikni ifodalovchi ko‘rsatkichlar tizimi. A.N.Li va S.I.Shevchenkolarning fikricha, moliyaviy mustahkamlikning kriteriyasi aniqlanishi lozim va bu kriteriya sifatida korxonalarning bankrot bo‘lishi ehtimolligining past darajasi tavsiyaetiladi. Bizningcha esa, avvalambor, moliyaviy mustahkamlikning darajasiga binoan korxonalarning bankrot bo‘lish ehtimolligi aniqlanilmaydi. Moliyaviy ko‘rsatkichlarni, shu jumladan, moliyaviy mustahkamlik bo‘yicha ham kriteriyalar emas, optimal yoki me’yoriy darajalari tasdiqlanishi kerak. Iqtisodiy adabiyotlarda moliyaviy mustahkamlik darajasini o‘lchash uchun har xil ko‘rsatkich tizimlari tavsiya etiladi. A.N.Li va S.I.Shevchenkolar moliyaviy mustahkamlikni aniqlash uchun korxona kapitalining tarkibiy ko‘rsatkichlari, V.G.Artemenko va M.V.Bellendirlar esa moliyaviy mustahkamlikni tahlil etishda nisbiy ko‘rsatkichlar bilan birga absolut ko‘rsatkichlardan ham foydalanishgan. Moliyaviy mustahkamlik albatta, nisbiy ko‘rsatkichlar, zaxiralar va xarajatlar hamda ularni qoplovchi manbalar nisbati bilan aniqlanishi lozim. Zaxira va xarajatlar bilan ularni qoplovchi manbalar o‘rtasidagi absolut farq esa – moliyaviy mustahkamlikni ko‘rsatmaydi. Ulardan faqat moliyaviy mustahkamlikni aniqlash uchun axborot bazasi sifatida foydalaniladi. Shunday qilib, iqtisodiy adabiyotlarda moliyaviy mustahkamlikni tahlil qilishdagi eng asosiy muammo, uning iqtisodiy mazmuni bo‘yicha iqtisodchi olimlar o‘rtasida kelishuvchanlik hali mavjud emas ekan. Moliyaviy barqarorlik keng qamrovli ko‘rsatkich bo‘lib, korxona faoliyatining barcha tomonlari natijasi unda aks etadi.
Moliyaviy barqarorlikka erishgan korxonalar quyidagi xususiyatlarga ega bo‘ladi:
- bozor munosabatlarini har xil sharoitlarida ham faoliyat yurita olishi;
- korxona pul mablag‘larini erkin harakat qilishi;
-moliyaviy resurslarni bozor talablariga mos kelishi;
-moliyaviy resurslar holati ishlab chiqarishni rivojlantirish va to‘lov qobiliyati, kreditga layoqatligini ta’minlay olishi;
-ishlab chiqarish zaxiralari va xarajatlarini manbalar bilan qoplanishi.
Iqtisodiyotga oid adabiyotlarda moliyaviy barqarorlikka taalluqli ko‘rsatkichlar, ularni hisoblash yo‘llari va tahlili yetarlicha yoritilmagan. Moliyaviy barqarorlik mazmun jihatidan turlicha ta’riflanadi. To‘lov qobiliyati, balans likvidligi, korxonani bozor faolligi ko‘rsatkichlari, moliyaviy barqarorlik ko‘rsatkichlari sifatida ko‘rilishi mutlaqo noto‘g‘ri. Tahlil davomida moliyaviy barqarorlikka ta’sir etuvchi ichki va tashqi omillarga e’tiborni qaratmoq lozim.
Ichki omillarga quyidagilarni kiritish mumkin:
- korxona faoliyatini tarmoq xususiyatiga mos kelishi;
-ishlab chiqarilayotgan mahsulot, ko‘rsatilayotgan xizmat tuzilishi (strukturasi);
- ustav kapitaliga to‘langan miqdor hajmi;
- xarajatlar miqdori, ularni daromadlarga nisbati dinamikasi;
- mol-mulk va moliyaviy resurslar holati, shu jumladan, zaxira va rezervlar, ular tarkibi va tuzilishi.
Tashqi omillarga xo‘jalikni yuritishning iqtisodiy shartlari, to‘lovga qodirlik, xaridorlarning daromadlik darajasi, davlatning soliq va kredit bo‘yicha siyosati, tashqi iqtisodiy aloqalar va boshqalar kiradi.


Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə