Toshkent davlat agrar universiteti agrologistika va biznes fakulteti buxgalteriya hisobi, tahlil va audit kafedrasi


Moliyaviy barqarorlikni balans likvidligi tahlilining an’anaviy usuli orqali aniqlash quyidagilarni o‘z ichiga oladi



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə8/22
tarix28.04.2023
ölçüsü0,8 Mb.
#107501
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22
Ahmadullo Kurs ishi

Moliyaviy barqarorlikni balans likvidligi tahlilining an’anaviy usuli orqali aniqlash quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- minimal moliyaviy tenglik qoidasi
– ijobiy likvidlikka asoslangan bo‘lib, bunda joriy aktivlar likvidligining o‘sishi majburiyatlarga nisbatan yuqori bo‘lishi shart;
- maksimal qarzdorlik qoidasi
– an’anaviy me’yorlarga muvofiq korxona qarzini o‘z mablag‘lari bilan qoplanish chegarasi: uzoq va o‘rta muddatli qarzlar doimiy kapitalning yarmidan yuqori bo‘lmasligi lozim.
- maksimal moliyalashtirish qoidasi – oldingi qoidaga rioya qilinga.
Moliyaviy barqarorlik kapitali barcha qo‘yilmalar uchun to‘lanadigan foiz summalaridan ortib ketmasligi lozim. Funksional balans likvidligini tahlili orqali moliyaviy barqarorlik quyidagi shartlarga rioya qilgan holda aniqlanadi: - moliyaviy muvozanatni saqlanishi uchun stabil resurslar – doimiy kapital va unga tenglashtirilgan mablag‘lar stabil joylashtirilgan aktivlarni 100 % qoplashi lozim. Nisbatni 100 % dan past bo‘lishi stabil joylashgan mablag‘lar stabilga ega bo‘lmagan resurslar bilan, ya’ni qisqa muddatli majburiyatlar shaklida moliyalashtirilganligini ifodalaydi.
Oborot aktivlariga bo‘lgan talab qisqa muddatli moliyalashtirish tufayli hisobot davri mobaynida o‘zgarib turadi va bu o‘zgarishlar quyidagilarga olib keladi:
-oborot aktivlarini ortiqcha ta’minlanishiga, buning natijasida vaqtinchalik erkin harakatdagi oborot mablag‘lari vujudga keladi;
-oborot aktivlari bilan yetarli darajada ta’min etilmasligiga, buning natijasida chetdan qarz mablag‘larini jalb etilishiga;
- umumiy qarzdorlikni baholash – chetdan jalb etilgan qarz mablag‘lari o‘z mablag‘lariga nisbat ko‘rinishidagi ifodasidir.

1.3-chizma. Korxona moliyaviy barqarorligini tahlil etish usullari
Amaldagi iqtisodiy fan o‘z tasarrufida moliyaviy ko‘rsatkichlarni tahlil etishning ko‘plab usullari va uslublarini jamlagan. Ular bozor munosabatlari sharoitida tahlil oldiga qo‘yilgan yangi talablar tufayli o‘zgarib boradi. Korxona moliyaviy barqarorligini tahlil etishning usullari chizmada keltirilgan. Korxona faoliyati murakkab tizim va tizilmalardan iborat bo‘lib, shu tufayli uning barqarorligini baholash kompleks tarzda yondoshgan holda moliyaviy barqarorlik ko‘rsatkichlari tizimidan foydalanish kerak. Ko‘rsatkichlar ikki guruhga bo‘linadi: mutlaq, nisbiy. Moliyaviy barqarorlikni mutlaq ko‘rsatkichlar ishtirokida aniqlash uchun ishlab chiqarish zaxiralarini uni tashkil etuvchi manbalari, ya’ni o‘z aylanma mablag‘lari, bankdan olingan uzoq muddatli va qisqa muddatli kredit va qarzlar summalari bilan taqqoslanadi. Nisbiy ko‘rsatkichlar foiz, koeffitsiyent, indekslar ko‘rinishida ifodalanadi. Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida moliyaviy barqarorlik va to‘lovga qobiliyatlilik korxonaning muhim iqtisodiy ko‘rsatkichi hisoblanadi. Moliyaviy barqarorlik balansdagi ma’lumotlar asosida o‘rganiladi. Undagi ko‘rsatkichlarni bir-biri bilan taqqoslab, mablag‘lar o‘rtasidagi nisbat va o‘zaro bog‘lanish aniqlanadi. Korxonaning moliyaviy barqarorligini belgilovchi eng muhim ko‘rsatkichlar quyidagilardan iboratdir:
1. Jami mablag‘dagi korxonaning o‘ziga qarashli mablag‘ ulushini qanchaligini hisoblashdir yoki bu quyidagi tartibda topiladi:

Bunda o‘ziga qarashli mablag‘ qanchalik ko‘p bo‘lsa, shunchalik moliyaviy barqarorlik yuqori bo‘ladi.
2. Korxonadagi o‘ziga qarashli mablag‘ bilan qarzga olingan mablag‘lar o‘rtasidagi nisbat yoki bu quyidagi tartibda topiladi

O‘ziga qarashli mablag‘ ulushi ortgan sari moliyaviy barqarorlik kuchayib boradi.
3. Uzoq muddatli qarzlardan foydalanish koeffitsiyenti, ya’ni uzoq muddatli qarz mablag‘larini korxonaning o‘ziga qarashli va qarz mablag‘lar summasining yig‘indisiga bo‘linadi yoki bu quyidagi tartibda aniqlanadi:

4. Korxonaning o‘ziga qarashli mablag‘larning chaqqon harakatchanlik koeffitsiyenti quyidagicha topiladi:

5. Eskirishning jamlanish koeffitsiyenti yoki bu quyidagicha topiladi:

Bu ko‘rsatkich balans ma’lumotlari bo‘yicha topiladi:
6. Korxona mulki tarkibidagi asosiy vositalarning aniq qiymati koeffitsiyenti, bu ko‘rsatkich balans ma’lumotlari asosida hisoblanadi va quyidagicha topiladi:

7. Korxonadagi jami mulkning harakatchanligi (chaqqonlik) koeffitsiyenti, buni hisoblash quyidagicha bo‘ladi:

Yuqorida keltirilgan ko‘rsatkichlarni tahlil qilish korxonaning moliyaviy barqarorligini aniqlash va uning ahvolini baholashga yordam beradi.


Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə