Toshkent davlat agrar universiteti agrologistika va biznes fakulteti buxgalteriya hisobi, tahlil va audit kafedrasi


Moliyaviy barqarorlik va xo’jalik subyektlarining moliyaviy holatini o’rganish tahlili



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə4/22
tarix28.04.2023
ölçüsü0,8 Mb.
#107501
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Ahmadullo Kurs ishi

1.1 Moliyaviy barqarorlik va xo’jalik subyektlarining moliyaviy holatini o’rganish tahlili
Moliyaviy holat barqarorligini tahlili orqali ma’lum davr mobaynida moliyaviy resurslarni korxona qanday boshqarganligiga baho beriladi. Avvalo, moliyaviy resurslar holati bozor va korxona rivojlanishining talablariga mos kelishi kerak, chunki moliyaviy barqarorlikni talab darajasidan past bo‘lishi korxonani to‘lovga qobilligini zaiflashtiradi, ishlab chiqarishni rivojlanishi uchun mablag‘lar yetishmasligiga olib keladi. Buning aksi bo‘lgan holatlarda esa moliyaviy resurslarni ortiqchaligi ishlab chiqarishni rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi, ishlab chiqarish zaxiralari va rezervlarini me’yordan ortib ketishiga sabab bo‘ladi, demak, moliyaviy resurslarni samarali shakllanishi, taqsimlanishi va ulardan foydalanishi moliyaviy barqarorlik mohiyatini ifodalaydi. Iqtisodiy adabiyotlarning ko‘pchiligida moliyaviy mustahkamlikka (barqarorlikka) va balans likvidligiga bir xil ta’rif berishadi va aniqlanayotgan ko‘rsatkichni moliyaviy mustahkamlik yoki balans likvidligi, ya’ni korxonalarning olingan qarzlarni qaytarib berish qobiliyatiga egalik deb tushuniladi.
Moliyaviy mustahkamlik va balans likvidligi – bu o‘z mazmuniga ega bo‘lgan ikki xil moliyaviy ko‘rsatkichlar bo‘lib, korxonalar moliyaviy faoliyatini har xil nuqtayi nazardan ifodalaydi. Bu haqda respublikamizning eng yirik iqtisodchi olimlaridan biri hurmatli ustozimiz E.Akromovning «Korxonalarning moliyaviy holatini tahlili» deb nomlangan o‘quv qo‘llanmasida shunday deyiladi. Moliyaviy mustahkamlik ko‘rsatkichi kompleks sifatidagi ko‘rsatkich bo‘lib, u:
· Korxonalarning murakkab bozor munosabatlari davrida ishlab chiqarishni saqlanib qolish imkoniyatini;
· Korxona mablag‘laridan erkin ravishda foydalanish imkoniyati borligini;
· Ishlab chiqarishni to‘xtatmasdan, mahsulot sotish imkoniyati borligini;
· Korxonalar faoliyatining umumiy mustahkamliligini;
· Korxonalar faoliyatiga to‘g‘ri boshqaruchilik qilinayotganligini;
· Korxonalarda mavjud moliyaviy resurslarni bozor munosabatlarining talablariga javob berishligini;
· Korxonalarning zaxira va xarajatlarga bo‘lgan ehtiyojlarini qoplovchi manbalar borligi darajasini ko‘rsatadi.
Moliyaviy mustahkamlik korxonalar moliyaviy resurslarining shakllanishi va ulardan foydalanish bilan aniqlanadi. Korxonaning moliyaviy barqarorligiga korxonalarning butun xo‘jalik ishlab chiqarish faoliyatining hamma yo‘nalishlari ta’sir ko‘rsatadi. Unga ham ichki, ham tashqi omillar, shart-sharoitlar ta’sir etadi.

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə