Toshkent davlat agrar universiteti agrologistika va biznes fakulteti buxgalteriya hisobi, tahlil va audit kafedrasi


Ichki omillar sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə5/22
tarix28.04.2023
ölçüsü0,8 Mb.
#107501
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Ahmadullo Kurs ishi

Ichki omillar sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:
· korxonada ishlab chiqarishning barqarorligi; · ishlab chiqarishni tashkil qilish;
· ishlab chiqarishni boshqarish; · korxona ustav jamg‘armasining hajmi;
· korxona xarajatlari va daromadlarining nisbati;
· o‘zlik mablag‘larining manbalari va korxona majburiyatlarining nisbati;
· korxona aylanma mablag‘lari tarkibi.
Korxonalar o‘z faoliyati davomida boshqa xo‘jalik subyektlari bilan iqtisodiy aloqalarda bo‘lar ekan, korxonalar moliyaviy barqarorligiga tashqi omillar ham ta’sir etadi.. bunday omillar tarkibiga quyidagilarni kiritish mumkin:
· korxonaning tovarlar bozoridagi holati;
· korxonaning eksport va import aloqalari;
· korxonaning boshqa korxonalar bilan ishga doir aloqalarda aktivligi;
· bank organlari, debitor va kreditor korxonalar bilan aloqalar;
· respublikada amalga oshirilayotgan iqtisodiy siyosat, soliq, narxnavo va moliya, bank siyosati, texnika, texnologiya siyosati.
Moliyaviy mustahkamlikka korxona ichidagi va undan tashqaridagi vaziyat, omillar, shart-sharoitlar ta’sir ko‘rsatadi, bundan ko‘rinadiki, moliyaviy mustahkamlikning darajasi korxonalarning hozirgi va kelgusidagi faoliyatiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Yuqoridagi fikr-muloha-zalardan kelib chiqib talabalar oldiga shunday muammoli savolni qo‘yish mumkin.
Korxonaning moliyaviy mustahkamlik (barqarorlik) ko‘rsatkichlarining darajasiga binoan, korxonadagi qanday muammolarni yechish mumkin bo‘ladi? Bu savolga talabalarning munosabat qanday? Moliyaviy mustahkamlik bir qancha omillar, shart-sharoitlar ta’sirining yakuni bo‘lib, u o‘z navbatida, korxona faoliyatining ko‘p tomonlariga ta’sirini ko‘rsatadi. Moliyaviy mustahkamlik tahlilini boshlamasdan oldin yana bir muammoni hal qilish lozim. Bu moliyaviy mustahkamlik atamasining mazmuni haqidagi muammodir. Ushbu muammoli savolni yechish maqsadida quyida iqtisodchi olimlarning fikrlari bilan tanishish lozim.
Moliyaviy mustahkamlikning mazmuni shundan iboratki, moliyaviy mustahkamlikni o‘lchash, baholash uchun foydalaniladigan ko‘rsatkichlar tizimini chegaralab olish lozim. Bunga ko‘ra, V.G.Artemenko, M.V.Bellendirlarning fikricha moliyaviy mustahkamlik korxona moliyaviy resurslarini shakllanish, taqsimlanish va foydalanish samaradorligini ifodalaydi. Ma’lumki, korxonalar moliyaviy resurslarining shakllanish, taqsimlanish va foydalanish samaradorligi ularning umuman moliyaviy holati bo‘lsa, moliyaviy mustahkamligi korxonalar faoliyatini faqat bir shaklini, yo‘nalishini ifodalaydi.

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə