Toshkent davlat agrar universiteti


О‘zbekiston Konstitusiyasining birinchi tamoyili



Yüklə 434,36 Kb.
səhifə6/51
tarix28.11.2023
ölçüsü434,36 Kb.
#136919
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51
Oʻzbekiston respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirligi toshkent da-fayllar.org

О‘zbekiston Konstitusiyasining birinchi tamoyili — davlat suverenitetidir. 1 – 6 — moddalarda О‘zbekiston — suveren demokratik respublika, davlat xalq manfaatlariga xizmat qiladi, mustaqil ichki va tashqi siyosat yuritadi, о‘zbek tili davlat tilidir, deb belgilab qо‘yilgan. Konstitusiyada davlatning «О‘zbekiston Respublikasi» va «О‘zbekiston» degan nomlari bir ma’noni anglatadi, deb belgi­lab qо‘yilgan.
Ikkinchi Konstitusiyaviy tamoyil — xalq hokimiyatchiligidir. 7 – 14 — moddalarda xalq davlat hokimiyatining birdan bir manbaidir, О‘zbekiston xalqini millatidan qat’iy nazar uning fuqarolari tashkil etadi, davlat о‘z faoliyatini inson va jamiyat farovonligini kо‘zlab amalga oshiradi, deb kо‘rsatilgan.
Uchinchi Konstitusiyaviy tamoyil — davlat hokimiyatining uch tarmoqqa bо‘linishidir. О‘zbekiston davlat hokimiyati tizimi hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlariga bо‘linishi qonunlashtirildi.
Tо‘rtinchi Konstitusiyaviy tamoyil — bu demokratiyaga sodiqlikdir. Konstitusiyada demokratiya va ijtimoiy adolatga sadoqat e’lon qilinadi hamda insonparvar demokratik – huquqiy davlat barpo etish nazarda tutiladi.
Beshinchi Konstitusiyaviy tamoyil — Konstitusiya va qonunlarning ustuvorligidir. Konstitusiyaning 15 – moddasida «О‘zbekiston Respublikasida О‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi va qonunlarining ustunligi sо‘zsiz tan olinadi. Davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar Konstitusiya va qonunlarga muvofiq ish kо‘radilar», deb belgilab qо‘yilgan.
Oltinchi Konstitusiyaviy tamoyil — xalqaro andozalar darajasida ifodalangan fuqarolar huquqlari, erkinliklari va majburiyatlarining tengligi va daxlsizligidir. О‘zbekiston fuqarolarining huquqlari muhim xalqaro hujjatlar — «Inson huquqlari butun jahon Deklaratsiyasi», «Iqtisodiy, sotsial va madaniy huquqlar tо‘gʻrisida xalqaro akt», «Fuqarolik va siyosiy huquqlar tо‘gʻrisida xalqaro akt» va boshqalar asosida bayon etilgan.
Konstitusiyaning 18 – 52 — moddalari inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlariga bagʻishlangan. О‘zbekiston davlati tomonidan fuqarolarning huquqlari va erkinliklari oliy qadriyat sifatida tan olingan va ular himoya qilinadi. Konstitusiya bо‘yicha har bir shaxsning о‘z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilishi kafolatlanadi.

Yüklə 434,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə