Toshkent davlat agrar universiteti


«О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolat muddatini 1997- yildan 2000- yilgacha uzaytirishga siz rozimisiz»



Yüklə 434,36 Kb.
səhifə5/51
tarix28.11.2023
ölçüsü434,36 Kb.
#136919
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51
Oʻzbekiston respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirligi toshkent da-fayllar.org

«О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolat muddatini 1997- yildan 2000- yilgacha uzaytirishga siz rozimisiz» degan savolga 11 mln. 199 ming 415 kishi, yoki ovoz berishda qatnashganlarning 99,6 % ijobiy javob berdi.
Shunday qilib, mamlakat fuqarolarining mutlaq kо‘pchiligi О‘zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti I.A. Karimovning vakolat muddatini 2000- yilgacha uzaytirishni ma’qulladilar va referen­dum natijalari Markaziy saylov komissiyasi qarori hamda О‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining tegishli qarori bilan mustahkamlandi.
О‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1999- yil 19 – 20- avgust kunlari bо‘lib о‘tgan XV sessiyasi I.A. Karimovning Prezidentlik vakolati muddati 1999- yil oxirlarida tugashini e’tiborga olib, 2000-yil 9-yanvarda О‘zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti saylovini о‘tkazishga qaror qildi. Markaziy saylov komissiyasi О‘zbekiston «Fidokorlar» milliy demokratik partiyasi nomzodi Islom Abdugʻaniyevich Karimovni hamda О‘zbekiston xalq demokratik partiyasidan kо‘rsatilgan Abdulhafiz Jalolovni Prezidentlikka nomzod etib rо‘yxatga oldi, yashirin ovoz berish byulleteniga kiritdi.
2000-yil 9-yanvarda muqobillik va demokratik tamoyillar asosida О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bо‘lib о‘tdi. Saylovda rо‘yxatga olingan saylovchilarning 95,10 foi­zi, 12 mln. 123 ming 199 saylovchi qatnashdi. Saylovda qatnashganlarning 91,90 foizi Islom Karimov uchun, 4,17 foizi A. Jalolov uchun ovoz berdi. 3,93 foiz byulleten haqiqiy emas deb topildi.
О‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Islom Abdugʻaniyevich Karimovning О‘zbekiston Respubli­kasi Prezidenti lavozimiga saylanganligi tо‘gʻrisida qaror qabul qildi. I.A. Karimov ikkinchi bor О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi.
Ma’lumki, 2002-yil 27-yanvarda о‘tkazilgan umumxalq referendumi natijalariga hamda uning asosida О‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 24- aprelda qabul qilingan Qonuniga kо‘ra О‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyaga о‘zgarishlar kiritildi. Bu о‘zgarishlarga muvofiq ravishda I.A. Karimov 7 yil muddatga О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi.
2007 -yil 23 -dekabrida muqobillik asosida о‘tgan saylov natijalariga kо‘ra, I.A. Karimov 7 yil muddatga О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining vakolat muddati 2015-yildekabrda tugashi munosabati bilan Prezidentlik lavozimiga saylov oʻtkazildi.2015-yil 29-mart kungi prezident saylovida Islom Karimov 90,39 foizovoz bilan gʻalaba qildi.
2016-yil 2-sentabrda Islom Karimov ogʻir xastalik tufayli vafot etdi.Shu munosabat bilan navbatdan tashqari umumxalq prezidentlik saylovlarioʻtkazildi. 2016-yil 4-dekabrda Oʻzbekiston Konstitutsiyasi va «OʻzbekistonRespublikasi Prezidenti saylovi toʻgʻrisidagi»gi qonunga muvofiq, muqobillik va sogʻlom raqobat asosida Prezidentlik saylovi oʻtkazildi. Unda 88,61 % ovoz bilan Shavkat Miromonovich MirziyoyevOʻzbekistonRespublikasi prezidenti etib saylandi.
Oʻzbekiston davlat mustaqilligiga erishgach, oʻining xalqaro talablar va me’yorlar doirasida qiyofasini koʻrsatmogʻi, buning uchun esa oʻzining butun imkoniyatlarini , oʻziga xos jihatlarini ifodalovchi davlat ramzlariga ega boʻlmogʻi lozim edi. Mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab ana shu moʻhim siyosiy hodisaga alohida e’tibor qaratildi.
О‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991- yil 18- noyabr VIII sessiyasida 13 moddadan iborat bо‘lgan «О‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi tо‘gʻrisida»gi Qonuni qabul qilindi. Davlat bayrogʻi mamlakatimiz hududida ilgari mavjud bо‘lgan gʻoyat qudratli saltanatlar bayrogʻiga xos bо‘lgan eng yaxshi an’analarni davom ettirgan holda respublikaning tabiatiga xos bо‘lgan xususiyatlarni, xalqimizning milliy va madaniy sohalardagi о‘zligini ham aks ettiradi. О‘zbekiston Respublikasi davlat bayrogʻi yurtimizning о‘tmishi, bugungi kuni va kelajagining yor­qin ramzi bо‘lib ­qoldi.
1992-yil 2-iyulda О‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X sessiyasida 8 moddadan iborat bо‘lgan «О‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tо‘gʻrisida»gi Qonuni qabul qilindi. Davlat gerbidagi h­ar bir belgi chuq­ur ma’noga ega. Gerb rangli tasvirda bо‘lib, Xumo qushi kumush rangda, q­uyosh, boshoq­lar, paxta chanogʻi va «О‘zbekiston» degan yozuvlar tilla rangda, gʻо‘za shoxlari, barglari va vodiylar yashil rangda, togʻlar ­havo rangida, chanoqdagi paxta, daryolar, yarim oy va yulduz oq­ rangda. О‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi tasvirlangan lenta tо‘rt xil rangda berilgan.
1992-yil 10-dekabrda О‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XI sessiyasida «О‘zbekiston Respublikasining Davlat mad­hiyasi tо‘gʻrisida»gi (12 moddadan iborat) Qonun qabul qilindi. Davlat madhiyasining matni О‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov, musiqasi О‘zbekiston xalq bastakori Mutal Burhonov tomonidan tayyorlangan.
Har bir mustaqil davlatning asosiy belgisi, asl poydevori – milliy valyutasidir. О‘zbekiston davlat mustaqilligini kо‘lga kiritib о‘zining milliy valyutasini muomalaga kiritishga kirishdi. Biroq, bu jarayon uchun ma’lum vaqt, tajriba kerak edi. Shu boisdan О‘zbekiston 1991 – 1993- yillarda sobiq itttifoqdan meros qolgan rubl zonasida bо‘lib turdi. Ammo sovetlardan keyingi makonda yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarishning keskin pasayishi natijasida rublning qadri ham shunga mos ravishda tushib bordi.
О‘zbekiston muomalaga yangi milliy valyuta kiritish ishiga jiddiy kirishdi. 1992-yildayoq muomalaga chiqarishga mо‘ljallangan sо‘m – kupon nusxalari tayyorlanadi. Nihoyat, 1993-yil 1-noyabrda О‘zbekistonda sо‘m – kupon muomalaga kiritildi, uning kursi oldin muomalada bо‘lib kelgan rublga tenglashtirilgan edi. О‘zbekiston rahbariyati sо‘m – kuponlar asosida zarur tajriba orttirdi, haqiqiy milliy valyutani joriy qilish tadbirlarini kо‘rdi.
О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994 yil 16 iyunda e’lon qilingan «О‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasini muomalaga kiritish tо‘gʻrisida»gi Farmoniga muvofiq 1994- yil 1- iyulidan boshlab respublika hududida yagona, cheklanmagan va qonuniy tо‘lov vositasi sifatida milliy valyutasi – Sо‘m muomalaga chiqarilgan.
Muomalaga 1994- yilda 1, 3, 5, 10, 25, 50, 100 sо‘mlik, 1997- yil 1- martdan 200 sо‘mlik, 2000 -yil 1- iyuldan 500 sо‘mlik, 2001- yil 1- sentabrdan 1000 sо‘mlik banknotlar chiqarilgan. Keyinchalik, 1, 5, 10, 25, 50 sо‘m qiymatidagi tangalar muomalaga kiritilgan.
О‘zbekiston mustaqillikni qо‘lga kiritgach, tabiiy ravishda davlat mustaqilligi va suverenitetini Konstitusiya asosida mustahkamlash zarurati yuzaga keldi.
О‘zbekistonning yangi Konstitutsiyasini tayyorlash gʻoyasi dastlab I.A. Karimov tomonidan 1990- yilning mart oyida ilgari surildi. 1990- yil 20- iyun kuni bо‘lib о‘tgan О‘zbekiston Oliy Kengashining II sessiyasida yangi Konstitusiya ishlab chiqish lozim, degan xulosaga kelindi. Sessiya О‘zbekiston Prezidenti I.A. Karimov boshchiligida 64 kishidan iborat Konstitusiya loyihasini tay­yorlash bо‘yicha komissiya tuzish tо‘gʻrisida qaror qabul qiladi. Komissiya tarkibiga Oliy Kengash deputatlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar vakillari, davlat, jamoat tashkilotlari va xо‘jaliklarning rahbarlari, olimlar, mutaxassislar kiritildi.
Konstitusiyaviy komissiya О‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasini ishlab chiqish ustida 2,5 yil ishladi. Konstitusiya loyihasini ishlab chiqishda konstitusiyaviy rivojlanishning jahon tajribasi о‘rganildi, inson huquqlari, demokratiya va qonunchilik sohasida jahonda qо‘lga kiritilgan yutuqlar hisobiga olindi. Milliy davlatchiligimizning tajribasi, Amir Temur va boshqa allomalarimizning davlatni idora qilish sohasidagi gʻoyalari yangi Konstitusiyaga asos qilib olindi.
Loyihaning dastlabki varianti 1991- yil oktabr – noyabrigacha tayyorlab bо‘lindi. U muqaddima, olti bо‘limga bо‘lingan 158 moddadan iborat edi. Bu loyiha hali mukammallik darajasidan ancha yiroq edi. Uning ustida yanada jiddiyroq va talabchanlik bilan ishlash zarur edi. 1992- yil bahorida esa loyihaning 149 – moddadan iborat ikkinchi varianti ishlab chiqildi. 1992- yil 26- sentabrda О‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi loyihasi umumxalq muhokamasi uchun matbuotda e’lon qilindi. Muhokama 2 oycha davom etdi. Muhokama jarayonida bildirilgan takliflar asosida tuzatishlar kiritilgan loyiha 1992- yil 21- noyabrda matbuotda ikkinchi marta e’lon qilindi. Umumxalq muhokamasi davrida 6 mingdan ortiq taklif va mulohazalar bildirildi, ular inobatga olindi.
1992- yil 8- dekabrda о‘n ikkinchi chaqiriq О‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashning XI sessiyasi bо‘ldi. Unda mamalakatning Asosiy Qonunini qabul qilish masalasini muhokama qildi. Sessiyada deputatlar loyihaga 80 ga yaqin о‘zgartirish, qо‘shimcha va aniqliklar kiritdilar. Shunday qilib, shu kuni О‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XI sessiyasi «О‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasini qabul qilish tо‘gʻrisida», «О‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi qabul qilingan kunni umumxalq bayrami deb e’lon qilish tо‘gʻrisida» va «О‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasini amalga kiritish tartibi tо‘gʻrisida»gi Qonunlarni qabul qildi.
О‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi 6 bо‘lim,26 bob 128 moddadan iborat. U «Mustaqillik Deklaratsiyasi», «О‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari tо‘gʻrisida»gi Qonunda mustahkamlangan tamoyillar va gʻoyalarni о‘zida tо‘la mujassamlashtirdi.
О‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasini о‘rganish jarayonida uning mohiyatini ochib beravchi quyidagi asosiy tamoyillarini bilib olishga ahamiyat berish zarur:

Yüklə 434,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə