Toshkent davlat agrar universiteti


Yettinchi Konstitusiyaviy tamoyil



Yüklə 434,36 Kb.
səhifə7/51
tarix28.11.2023
ölçüsü434,36 Kb.
#136919
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   51
Oʻzbekiston respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirligi toshkent da-fayllar.org

Yettinchi Konstitusiyaviy tamoyil — qonuniylikdir. Qonuniylik jamiyatning bir maromda hayot kechirishini, davlat organlarining maromli faoliyat kо‘rsatishini ta’minlaydi. Davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqaro­lar Konstitusiya va qonunlarga muvofiq ish kо‘rgandagina jamiyatda barqarorlik va taraqqiyot bо‘ladi.
Sakkizinchi Konstitusiyaviy tamoyil — О‘zbekiston Respub­likasi tashqi siyosatining asosiy qoidalarini aniq belgilab qо‘yilganligidadir. Asosiy Qonunning 17 – moddasida О‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosati aks etgan.
Konstitusiyada davlat xalqning manfaatlari va xavfsizligini ta’minlash maqsadida boshqa davlatlar bilan ittifoq va dо‘stona aloqalar о‘rnatishi hamda davlatlararo tuzilmalarga kirishi va ulardan ajralib chiqishi mumkinligi qonunlashtirilgan.
Tо‘qqizinchi Konstitusiyaviy tamoyil — mahalliy о‘zini – о‘zi boshqarishdir. О‘zbekistonda о‘zbek davlatchiligi rivojining tarixiy tajribasiga tayangan holda mahalliy hokimiyat boshligʻi bо‘lgan hokim instituti joriy etildi. Viloyatlar, tumanlar va shaharlarda hokimiyatning vakillik organlari xalq deputatlari kengashlari bо‘lib, ularga viloyat, tuman va shahar hokimlari boshchilik qiladilar. Konstitusiyaning 99 – 104 – moddalarida mahalliy davlat hokimiyati asoslari, hokimlarni tayinlash va tasdiqlash tartiblari, ularning vazifalari belgilab berilgan.
О‘zbekiston Konstitusiyasining barqarorligini va uzoq muddat amal qilishini ta’minlash maqsadida unga о‘zgartishlar va qо‘shimchalar kiritish nazarda tutilgan. Bu jarayon tabiiy va о‘tish davriga xos hodisadir. Mamlakatimizda islohotlar chuqurlashib, jamiyatni modernizatsiyalash, butun ijtimoiy hayotni yangilash jarayoni kо‘lami va miqyosi kengaygani sayin, ular butun salmogʻi bilan Konstitusiyada о‘z ifodasini topishi va huquqiy asosga ega bо‘lishi lozim.
Ma’lumki, 2002- yil 27- yanvarda umumxalq referendumi о‘tkazildi. Referendum О‘zbekiston Respublikasining ikki palatali parlamentini saylash va О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Konstitusiyaviy vakolat muddatini 5 yildan 7 yillik qilib о‘zgartish tо‘gʻrisidagi masalalarga bagʻishlangan edi. Referendum qarorlariga kо‘ra, «Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati tashkil etilishining asosiy prinsiplari tо‘gʻrisida»gi, «О‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tо‘gʻrisida»gi, «О‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qonunchilik palatasi tо‘gʻrisida»gi Konstitusiyaviy qonunlar 2002- yil 12- dekabrda qabul qilingan bо‘lib, ular О‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasiga tegishli о‘zgartirishlar va qо‘shimchalar kiritish uchun asos bо‘lib hisoblandi.
Referendum yakunlariga kо‘ra 2003- yil 24- aprelda ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisning XI sessiyasi «О‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga о‘zgartirishlar va qо‘shimchalar kiritish tо‘gʻrisida»gi Qonun qabul qildi. Qonunga muvofiq О‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining XVIII (О‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi), XIX (О‘zbekiston Respublikasining Prezidenti), XX (Vazirlar Mahkamasi), XXIII (Saylov tizimi) boblariga о‘zgartishlar va qо‘shimchalar kiritilgan.
О‘zbekiston Respublikasining 2007- yil 11- aprelda qabul qilingan Qonuni bilan О‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi 89 – moddasiga, 93 – moddasining 15-bandiga, 102-moddasining ikkinchi qismiga tuzatishlar kiritilgan.О‘zbekiston Respublikasining 2008 -yil 25- dekabrida qabul qilingan Qonuni bilan О‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi 77- moddasining birinchi qismiga oʻzgartirish kiritilgan.О‘zbekiston Respublikasining 2011- yil 18- aprelda qabul qilingan Qonuni bilan О‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi 78, 80, 93, 96 va 98-moddalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilgan.О‘zbekiston Respublikasining 2011- yil 12-dekabrda qabul qilingan Qonuni bilan О‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi 90-moddasining ikkinchi qismiga tuzatish kiritilgan.О‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 16- aprelda qabul qilingan Qonuni bilan О‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi 32, 78, 93, 98, 103 va 117-moddalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilgan.О‘zbekiston Respublikasining 2017- yil 6 -aprelda qabul qilingan Qonuni bilan О‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi80, 81, 83, 93, 107, 110 va 111-moddalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilgan.О‘zbekiston Respublikasining 2017- yil 31- mayda qabul qilingan Qonuni bilan О‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi 80, 93, 108 va 109-moddalariga oʻzgartirish kiritilgan.О‘zbekiston Respublikasining 2017- yil 29- avgustda qabul qilingan Qonuni bilan О‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi99 va 102-moddalariga oʻzgartirish kiritilgan. О‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga kiritilgan bu о‘zgartirishlar va qо‘shimchalar О‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining, hukumatning mas’uliyatini kuchaytirishga, jamiyat siyosiy hayotining faollashuviga, saylov tizimining yanada takomillashuviga xizmat qilmoqda

Yüklə 434,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə