Toshkent davlat agrar universiteti


Davlat boshqaruvida sudlarning roli



Yüklə 434,36 Kb.
səhifə15/51
tarix28.11.2023
ölçüsü434,36 Kb.
#136919
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   51
Oʻzbekiston respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirligi toshkent da-fayllar.org

Davlat boshqaruvida sudlarning roli. Har bir davlatda boʻlgani kabi Oʻzbekistonda ham odil sudlov organlari tizimi ma’muriy-hududiy tuzilmalarda tashkil etilgan hamda sudlar jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy sohalarini rivojlantirish jarayonida korxona va tashkilot, davlat organlari va fuqarolar oʻrtasidagi huquqiy munosabat natijasida kelib chiqadigan masalalarni belgilangan hududiy birliklar miqyosida koʻrib chiqadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 107-moddasida“Oʻzbekiston Respublikasining sud tizimi besh yil muddatga saylanadigan Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Xoʻjalik sudi, Qoraqalpogʻiston Respublikasining Oliy sudi, QoraqalpogʻistonRespublikasining xoʻjalik sudi bilan shu muddatga tayinlanadigan viloyat sudlari, Toshkent shahar sudi, tuman, shahar va xoʻjalik sudlaridan iborat”, deb belgilangan. 2000- yil 14- dekabrda qabul qilingan “Sudlar toʻgʻrisida”gi qonunning yangi tahririga koʻra, yuqorida sanab oʻtilgan sud tizimiga oʻzgartirishlar kiritilib, sudlar ixtisoslashtirildi. Ya’ni, jinoyat ishlari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha Oliy sudi, fuqarolik va jinoiy ishlar boʻyicha viloyat va Toshkent shahar sudlari, fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo tuman (shahar) sudlari,jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudlari joriy etilgan.
Oʻzbekistondagi iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solishda sud organlarining ta’siri kuchli boʻlib,bu jarayonni davlat nomidan kafolatlaydi. Sud organlari Konstitutsiya va qonunlarda belgilab berilgan fuqarolarni huquq va erkinliklarini, millatlarning tengligi tamoyillari asosida amalda qoʻllanilishini nazorat qiladi. Shuningdek, sud organlari mamlakat ijtimoiy hayotidagi ishlab chiqarish muassasalarida, davlat idoralarida, jamoat birlashmalarida fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda belgilangan huquqlarini mulk shaklidan qat’iy nazar himoya qilinishini ta’minlaydi.Sud hokimiyati qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlardan, siyosiy partiyalardan, jamoat birlashmalaridan mustaqil holda ish yuritadi.

Yüklə 434,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə