Toshkent davlat agrar universiteti


Oliy majlis va uning faoliyati



Yüklə 434,36 Kb.
səhifə13/51
tarix28.11.2023
ölçüsü434,36 Kb.
#136919
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   51
Oʻzbekiston respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirligi toshkent da-fayllar.org

Oliy majlis va uning faoliyati. “Oʻzbekiston Respublikasi Oliymajlisiga saylov toʻgʻrisidagi” Qonun loyihasi 1993- yil 4- sentyabrda matbuotda e’lon qilindi. Respublikadagi koʻplab yetakchi olimlar, huquqshunoslar, mutaxassislar uning muhokamasida ishtirok etdilar. Natijada mazkur Qonun loyihasiga bir qancha oʻzgartirishlar kiritildi. 1993- yil 28- dekabrdagi Oliy kengashning oʻn toʻrtinchi sessiyasi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy majlisiga saylov toʻgʻrisida”gi Qonunni qabul qildi. Oliy majlisga birinchi saylovlar 1994- yil 25- dekabrda boʻlib oʻtdi. Birinchi turda 205 ta deputat, qolgan ikki turda (1995- yil 8 va 22- yanvar) 45ta deputat (jami 250 ta) saylandi.
Oliy majlis - Oʻzbekiston Respublikasining oliy vakillik va qonun chiqaruvchi organi hisoblanadi. U ikki palatadan iborat boʻlib, quyi palata –Qonunchilik palatasi, yuqori palata – Senat deb nomlanadi. Qonunchilik palatasi saylov okruglari boʻyicha koʻppartiyaviylik asosida saylanadigan120 nafar deputatdan iborat. Qonunchilik palatasini ishi palata barcha deputatlarning professional doimiy faoliyat koʻrsatishiga asoslanadi. Qonunchilik palatasining vakolat muddati – besh yil. Vakolat muddati tugagach, u yangi Qonunchilik palatasi ishi boshlaguniga qadar oʻz faoliyatini davom ettirib turadi. Oʻzbekiston Respublikasining saylov kuniga qadar 25 yoshga toʻlgan hamda kamida besh yil Oʻzbekiston hududida muqim yashayotgan Respublika fuqarosi Qonunchilik palatasining deputati boʻlishi mumkin.
Senat – hududiy vakillik palatasi hisoblanib, senatorlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining tegishli qoʻshma majlislarida mazkur deputatlar orasidan yashirin ovoz berish yoʻli bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan teng miqdorda – 6 kishidan saylanadi. Yuqori palataning 16 nafar a’zosi fan,san’at, adabiyot, ishlab chiqarish sohasida hamda davlat va jamiyatfaoliyatining boshqa tarmoqlarida katta tajribaga ega boʻlgan hamda alohida xizmat koʻrsatgan eng obroʻli fuqarolar orasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi.
Oliy majlis tarkibida 12 ta qoʻmita va 4 ta doimiy komissiya mavjud.
Qoʻmitalar:
1. Byudjet, bank va moliya masalalari.
2. Qonunchilik va sud – huquq masalalari.
3. Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar.
4. Аgrar, suv xoʻjaligi masalalari va oziq-ovqat.
5. Sanoat, qurilish, transport va aloqa.
6. Iqtisodiyotni isloh qilish va tadbirkorlik masalalari.
7. Ijtimoiy masalalar va bandlik.
8. Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari.
9. Аtrof – muhit va tabiatni muhofaza qilish.
10.Matbuot va axborot.
11.Mudofaa va xavfsizlik.
12.Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning
oʻzini-oʻzi boshqarish organlari.



Yüklə 434,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə